5
5
11
15
2
|
II. BOB II BOB AQSHNING XIX ASR OXIRI XX BOSHLARIDAGI IJTIMOIY AXVOL
2.1. XIX-XX asrlarda Amerika Qo'shma Shtatlari tarixi..
2.2 XX asr Amerika Qo'shma Shtatlari tarixi.
|
18
18
24
|
XULOSA...........................................................................................................
|
28
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI....................................
|
30
|
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Jаmiyat rivоjlаnib bоrgаn sаri insоnlаr, хаlqlаr, millаtlаr o’rtаsidаgi mа’nаviy-mаdаniy, iqtisоdiy, siyosiy munоsаbаt vа аlоqаlаr rivоjlаnib bоrаvеrаdi. Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlidir. Madaniy tradisiya deyilganda ham o’tmish madaniyatidagi halqchil, gumanistik tomon, ularni o’zlashtirish, ulardagi yuksak badiiy mahoratni yangi asarda taraqqiy ettirish, yutuqlari, ijodiy metodlaridan samarali foydalanish nazarda tutiladi. Mavzuning maqsad vazifasi ham aynan ana shu jihatlarga qaratilgan. Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan Yevropaning bir qatordavlatlari o’tmishi tarixi va madaniyati har qanday insonni qiziqtirishi tabiiy hol. Mavzuning dolzarbligi ham Jahon siyosati va madaniyati tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan bu hududning nisbatan qisqa davridagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy yutuq va kamchiliklarini ochib berishga qaratilgan.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Bu davr Yevropa va AQSH tarixi va madaniyati tarixchilar, madaniyatshunoslar, faylasuflar va san’atshunoslar tomonidan yaxshi o’rganilgan. Ayniqsa Rus tarixchilarining bu boradagi tadqiqotlari va izlanishlarini a’lohida ta’kidlab o’tish kerak. Lekin bu borada O’zbek tarixchilarining olib borgan ishlarini ijobiy baholab bo’lmaydi. Ya’ni juda ozchilikni tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqotlar asosan shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qaratilgan. O’zbek tarixchilaridan ham bir qator tarixchilar jumladan Sh. Ergashov1 bu borada samarali ishlar olib borgan.
Kurs ishining obyekti. XIX asr oxri XX asr boshlaridagi Yevropa va AQSHning madaniy hayoti tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti. Dunyo ilm-fani va madaniyatiga yuksak hissa qo’shgan Yevroa madaniyatining unchalik katta bo’lmagan davrini o’rganish, vorisiylik asosida kechgan madaniyat yutuqlarini yoritib berish uni tadqiq qilishga qaratilgan. Madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar birinchidan, materialning ijtimoiy jihatiga asoslanadi. Tadqiqotchilarning ko’rsatishi bo’yicha madaniyat obyektlari bo’lmish – insonlarning yashash tarzi, ularning madaniy dunyoqarashi, tili, tafakkuri va boshqa jihatlari o’rganishga kirishilganda, har qanday tadqiqotchi uchun begona bo’lgan davr va madaniyatni tushunish oson bo’lmaydi. Shuning uchun, tadqiqotchi madaniyatshunoslikka doir muammolar yechimini topishdan avval, o’zi izlayotgan hodisaning mazmunini mukammal nazariy jihatdan tushunib yetishi lozim. Madaniyatshunoslikning metodining ikkinchi jihati, bu tahlil qilinayotgan madaniyatni boshqa madaniyatlar bilan taqqoslab ko’rishdir. Madaniyat taraqqiyotining muhim umumsotsiologik qonuniyatlaridan biri vorisiylik qonunidir. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o’zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. ―Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo’lmaganida edi, biz uchun o’tmish sovuq, befoyda, o’lik va qiziqarsiz bo’lib qolaverardi‖, deb takidlaydi J.Neru2
Tadqiqotning manbalari. Yevropada nashr etilgan ingliz mualliflari va xorijiy davlatlardagi tadqiqotchilar tomonidan nashr etilgan Angliyaning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy masalalariga bag’ishlangan ilmiy jurnallar materiallari, ilmiy tahlili natijalari hamda shu davrda yashagan madaniyat arboblari yaratgan asarlari. Muziy va Arxiv matiriallari.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar, avvalo, o’rta maxsus va oily ta’lim tizimlari uchun, shuningdek keng jamoatchilik, tarix fakulteti talabalari, yangi zamon madaniyati va san’at bilan qiziquvchilar, Yevropa va AQSH Respublikalarining yangi zamon tarixiga bag’ishlangan referat, mustaqil ishlar yozish jarayonida foydalanishi mumkin. Ishda qayd qilingan mulohazalar ayniqsa yevropaning XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi madaniyati borasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi. AQSH va Yevropaning yangi tarix davrini o’rganish bo’yicha to’planayotgan manbashunoslik bazasini ma’lum darajada kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |