Aqsh uchun Ikkinchi jahon urushi natijalari


G.Trumenning ichki siyosati



Download 27,85 Kb.
bet6/10
Sana15.06.2022
Hajmi27,85 Kb.
#673260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AQSh 2-JU keyin

G.Trumenning ichki siyosati
1945-yil 12-aprelda R.D.Ruzvelt to`satdan vafot etgach, ushbu vazifaga sobiq vitse-prezident GTrumen keldi. Mamlakat ichki hayotida GTrumen o`zidan oldingi prezident siyosatini davom ettirdi. Bundan tashqari aholini ijtimoiy himoyalash borasida u ilgarilab ketdi. G.Trumen kongress oldiga to`liq ish bilan bandlikni ta'minlash, adolatli mehnat munosabatlarini joriy etish, davlat uy-joylari qurilishi va xaroba kulbalarni yo`q qilishni o`z ichiga olgan ijtimoiy dasturni kuchaytirish bo`yicha takliflarni qo`ydi. "Yangi yo'nalish"dan farqli ravishda G.Trumen dasturi "adolatli yo`nalish" deya yuritila boshladi. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida qonuniy ravishda eng kam ish haqi miqdori ko`paytirildi, davlat tomonidan ajratiladigan sug`urta nafaqalari oshdi, nafaqa ta'minoti tizimiga ilgari nafaqa olmagan qo`shimcha 10 mln. kishi jalb etildi. Ayniqsa, turar-joy qurilishi dasturi katta taassurot qoldirdi: bir necha yil ichida kam ta'minlangan oilalar uchun 800 ming yangi uy-joy qurildi. Ushbu choralar Amerika xalqining xarid quwatini oshirib, arzon ommaviy iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga mo`ljallangan AQSh sanoati uchun ichki bozorni ta'minladi. Har bir oila avtomobil, sovutgich, kir yuvish mashinasi sotib olish imkoniyatiga ega bo`ldi. Kreditga tovar berish tizimi ommaviy talab bo`lgan tovarlar ishlab chiqarish rivojini rag`batlantiruvchi xaridorlar faolligini ta'minladi. Mamlakatda hali dunyoning biror davlatida yo`q tovar — televizor paydo bo`ldi. AQSHda tijorat televideniyesi Ikkinchi jahon urushiga qadar paydo bo`lgan edi. Hozirda u ommaviy voqeaga aylandi. Ommaviy telefonlashtirish boshlandi. Har bir amerikalik oila shaxsiy telefon o`rnatish va har qanday paytda dunyoning istalgan burchagi bilan bog`lanish imkoniga ega bo`ldi.
Xalqaro munosabatlar
Shu bilan birga G.Trumen va uning ma'muriyati Amerika tashqi siyosatida keskin burilish yasadilar. AQSHda doimiy ravishda mintaqaviy, mahalliy va global miqyosda hujum operatsiyalari rejasini ishlab chiqish bilan shug`ullanuvchi harbiy partiya tashkil topdi. U ham demokratik, ham respublikachilar partiyasida bir xil hal qiluvchi ta'sir kuchiga ega bo`lib, uning ko`rsatmalariga, hatto, prezident va kongress bo`ysunishga majbur edi. Yaponiyada atom bombasining muvaffaqiyatli qo`llanishi harbiy partiyada jangovarlik tashabbusi xurujini uyg'otdi. Amerika diplomatiyasi atom bilan shantaj qilib qo`rqituvchi atom diplomatiyasiga aylandi. "Trumen doktrinasi", "Marshall rejasi", NATO harbiy blokining tashkil etilishi Amerika tashqi siyosatini "kuch pozitsiyasi"dan yuritishning ketma-ket bosqichi edi. Xitoy inqilobi va 1949-yil XXRning tashkil topishi Amerika strategiyasiga nisbatan katta zarba bo`ldi. AQSH Uzoq Sharqda Chan Kay-Shi o`rnatgan tartib tufayli muhim strategik suyanchni yo`qotdi. AQSHning "tiyilib turish" siyosatining eng yuqori cho`qqisi Koreyadagi urush bo`ldi. Qo`shma Shtatlar bu urushda 142 ming kishini yo`qotdi. Bu mamlakatning butun Ikkinchi jahon urushi davomida yo`qotgan kishilar sonining yarmi demakdir Nihoyat, 1949-yil sovet atom bombasining sinovdan o`tishi "kuch pozitsiyasi"dan siyosatni amalga oshirish umidini butkul yo`qqa chiqardi.


Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish