Aqsh ning siyosiy partiyalar tizimi. Kelib chiqish tarixi



Download 17,63 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2022
Hajmi17,63 Kb.
#572742
1   2   3
Bog'liq
AQSH siyosiy partiyalar tizimi

Ziddiyatlar.
AQShda ikki yirik partiya – Respublikachilar va Demokratlardan tashqari boshqa partiyalardan nomzodlar prezidentlikka intilgan bo’lsa-da, Oq uyni hech qachon qo’lga kirita olmagan.
Ko’pchilik amerikaliklar nazarida mayda partiyalarning nomi saylov varaqasida qolib ketadi. Ammo, siyosatdonlar nazarida, bu siyosiy guruhlardan chiqqan nomzodlar saylov natijalariga ta’sir o’tkazmay qolmaydi.
1992 yilgi prezidentlik saylovida demokratlar partiyasidan nomzod Bill Klinton respublikachi prezident keksa Jorj Bushni, 6 million ko’p ovoz yig’ib mag’lub etgan edi.
Lekin uchinchi bir partiyadan nomzod Ross Perot ham o’shanda qariyb 20 million ovoz to’plagan. Siyosiy sharhlovchilar fikricha, Perotga berilgan ovozlar keksa Bush va Klinton o’rtasidagi bellashuv natijasiga ta’sir etgani aniq.

Qo’shma Shtatlarda ikki yirik partiya – demokratlar va respublikachilar partiyasi hukmron. Shuningdek, yashillar, libertarianlar va sotsialistlar partiyasi ham mavjud. Biroq shunga o’xshash uchinchi partiyalar hech qachon Oq uyga saylana olmagan. Sabab – prezidentni saylovchi tizim tuzilishida, deydi Jons Xopkins Universiteti xodimi Benyamin Ginsberg.


«Umummamlakat saylov tushunchasi yo’q bizda, chunki 50 shtatda bir kunning o’zida 50 ta saylov o’tadi. Aholi eng ko’p ovoz bergan nomzodga shtat Saylov Kengashi ham ovoz beradi».
Ralf Neyder Yashillar partiyasi a’zosi. 1996, 2000 va 2004 yillarda prezidentlikka nomzodini qo’ygan. «Gap Saylov Kengashida ham emas»,- deydi u.
«Tizim ko’p-partiyaviylikni targ’ib qilmaydi. Shtatlarning ovoz berish ulushi har xil. Qayta saylov degan tushuncha yo’q»,- deydi Neyder.
Uchinchi partiyalar nomzodlari hech qachon yutmasa-da, ularni ba’zilar “buzg’unchi” deb ayblaydi. 2000 yil saylovida Ralf Neyder ishtiroki aynan shunday baholangan.

O’shanda saylovning yakuniy natijasini Florida shtatida ovozlarni sanash hal qilgan edi. Respublikachi nomzod Jorj Bush demokrat raqibi Al Gordan atigi 537 ta ovoz ko’proq ovoz to’plagan edi.


Gap shundaki, Al Gor butun mamlakat miqyosida ko’proq ovoz yiqqan bo’lsa-da, Bush g’alabasini Saylov Kengashida berilgan ovozlar belgilagan. Ralf Neyder Floridada 97 ming ovoz to’plagan edi. Barchani qiziqtirgan savol: u ishtirok etmaganida, saylov natijasi o’zgargan bo’larmidi?
Siyosatdonlarning aytishicha, hokimiyat tepasiga demokrat va respublikachilardan tashqari boshqa partiyalarning kelishi qiyin. Amerika Universiteti professori Kendis Nelson:
«Ular ko’taradigan mavzular odamlarda qiziqish uyg’otgan taqdirda ham, boshqa kattaroq partiyalar ular nonini yarimta qilib qo’yishi hech gap emas. Nufuzga ega emas ular».
Amerikada istagan kimsa partiya tuzishi mumkin. Partiyalar soni yoki mafkurasi cheklanmagan. Biroq yangi harakatlar omma e’tiborini qozonmasa, uzoqqa bormaydi. Moliya to’play olmaydi

AQShda siyosiy partiyalar shunchalik muhimki, butun boshli mamlakat ikkiga bo‘lingan: demokratlar va respublikachilarga. Ko‘pchilik nega AQShda ikkitagina siyosiy partiya bor hayron ham qoladi. Birinchidan, AQShda 40 ta siyosiy partiya bor. Demokratlar va respublikachilarning gegemonligini ham oddiy fakt bilan tushuntirish mumkin. O‘zi inson tabiatan ikki xil bo‘ladi: yoki konservativ yoki demokrat. Shu mantiqqa qaralsa, AQShda deyarli butun mamlakat ikkita siyosiy partiya tarafdori bo‘lishi tushunarli holat.
Download 17,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish