“Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya darslarida qo‘llash



Download 310,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi310,26 Kb.
#905938
  1   2   3
Bog'liq
aqliy-hujum-va-keys-study-metodlarini-texnologiya-darslarida-qo-llash



“Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya 
darslarida qo‘llash 
Oygul Olimovna Xalloqova 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada muammoli ta’lim texnologiyalaridan “Aqliy 
xujum” va “Keys stadi” metodlari yordamida Texnologiya faninig mavzularini 
o‘qitishda qo‘llash namunalari keltirilgan. Avvalo, shu ikki metod bo‘yicha umumiy 
ma’lumotlar, yutuq va kamchiliklari o‘rganilgan. Berilgan topshiriqlar yechimlari 
bilan birga tahlil qilinib, dars maqsadiga erishish yo‘llari o‘rganilgan. Jarayoni 
o‘rganishda Ta’lim oluvchilarning aktiv qatnashganliklari tufayli mavzu xotiralarida 
uzoq saqlanib, faol bilim zahirasini tashkil etishi xaqida aytib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar:
“Keys stadi” metodi, “Aqliy hujum” metodi, muammoli ta’lim, 
texnologiya fani, ta’lim, ta’lim oluvchilar. 
Use of Brainstorming and Case Study in Technology Lessons 
Oygul Olimovna Khallokova
Pedagogical Institute of Bukhara State University 
 
Abstract:
This article provides examples of problem-based learning 
technologies used in the teaching of Technology using the Brainstorming and Case 
Study methods. First of all, the general information, advantages and disadvantages of 
these two methods are studied. The assignments are analyzed along with the 
solutions, and ways to achieve the objectives of the lesson are explored. It was noted 
that due to the active participation of learners in the study of the process, the topic is 
stored in the memory for a long time and forms an active reserve of knowledge. 
Keywords:
Case Study, Brainstorming, Problem-Based Learning, Technology
Education, Learners. 
Muammoli ta’lim - o’quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga 
oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga 
kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir. 
Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: 
- Ijtimoiy
- Konstruktiv
- Badiiy ifodaviy
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1126


- Ilmiy-tadqiqot yo’nalishlaridir 
Muammoli ta’limning bosh maqsadi - o’quvchilarning muammoni to‘liq 
tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli 
ta’limni amaliyotda qo‘llash asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan 
bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha 
o‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish 
usullarini oldindan ko‘zda tutishlari kerak. Shunday muammoli texnologiyalardan 
biri - “Aqliy hujum”dir. 
“Aqliy hujum” biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan 
erkin fikr-mulohazalarni to‘plab, ular orqali natijada ma’lum bir echimga kelinadigan 
metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki 
shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri 
o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda 
bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini 
qog‘oz varaqcha (kartochka)lariga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. 
Ta’lim oluvchilarda o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish 
mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar 
baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi.
“Aqliy hujum” metodining o‘tkazilish tartibi quyidagilardan iborat: 
1. Ta’lim oluvchilar e’tiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z 
javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari to‘planadi.
4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. Bu metod 
ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab 
amalga oshiriladi, ya’ni:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib 
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad 
qilib qo‘yilganda, yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda, mavzudan so‘ng 
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
● bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;
● bildirilgan har qanday fikr-g‘oya, u hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga 
olinadi;
● jarayonda har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1127



Download 310,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish