www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
ega bo'ldim, yana ikki yildan keyin ularning soni yetmish beshtaga yetdi va yillik
daromadim bir necha million funtni tashkil etdi.
— Barcha muvaffaqiyatlaringiz Haqiqiy Boylik sirlariga taalluqli deb hisoblaysizmi?
— so'radi yigitcha.
— Hech shubhasiz, — dedi janob Bruks. — Hayotimga ko'proq ta'sir ko'rsatgan sir
— bu halollik quvvati edi.
— Halollik? — ishonqiramay takror so'radi yigitcha.
— Ha. Biznesga halol, to'g'ri munosabat,
— Rostdanmi? — dedi yigitcha. — Halollik muvaffaqiyatga yordam beradimi?
— Albatta. Agar hayotda hamma narsaga ulgurib,- o'zingiz Haqiqiy Boylik
yaratmoqchi bo'lsangiz, halollik va samimiylik nima uchun muhim o'rin tutishini hozir
tushuntirib beraman. Birinchidan, ozgina bo'lsa ham iymoni bor odam agar o'z ishlarida
halol bo'lmasa, o'zi haqida yaxshi fikrda bo'lolmaydi. Basharti o'zingiz va bajarayotgan
ishingiz to'g'risida yaxshi fikrda bo'lmasangiz, kelgusida ravnaqni saqlash qiyin.
Ikkinchidan, hayotingizda nimaiki qilsangiz, o'zingizga qaytadi. «Nima eksang, shuni
o'rasan» maqolini eshitganmisiz?
— Albatta.
— Bu haqiqat. Hayotning asosiy qonuni bu, hamma dinlar bir xil fikrda: hindular
buni Karma deydilar, Injilda Xudoning jazosi — nima eksang, shuni o'rasan, — buni
qanday atamasinlar, hech birimiz qochib qutilolmaydigan qonun bu. Bajarayotgan
ishlarimiz, so'zlarimiz, hatto fikrlarimiz qaytar zamon singari o'zimizga qaytadi.
— Demoqchisizki, agar odamlarni aldasangiz, sizni ham albatta aldaydilar,
shundaymi? — dedi yigitcha.
— Mutlaqo to'g'ri. Sizni aynan o'sha siz laqillatgan kishi aldamasa-da, bu
aldamchilik bir kun o'zingizga qaytadi.
Yigit o'z ishi to'g'risida o'ylanib qoldi. U ba'zan nohalol holatlarni ham boshidan
kechirganini esladi, — hammadan aniqroq xotirasida qolgani— sog' bo'lsa-da, ish
beruvchisiga o'zini bemor deya bahona qilgan edi.
U nojo'ya ish qilayotganini anglab tursa-da, hamma shunday qiladi, nima uchun u
bunday qilmasligi kerak, deya o'zini oqlagandi.
— Xo'sh, agar boshqalar aldam-qaldam bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, qanday yo'l
tutish kerak? — so'radi yigitcha.
— Boshqalar nima ish qilsa, — javob berdi janob Bruks. — bu ularning ishi. Ular
baribir xudoning jazosidan qutulolmaydilar, shu bois o'z xulg’ingni o'zgalar qilig'iga
chog'ishtirib oqlashing ahmoqlik.
Undan tashqari, har qanday yolg'on va firibgarlik ertami-kechmi oshkor bo'ladi. Oxir-
oqibatda ularning ajri bizga yetadi. O'shanda siz bunyod etganlarning barchasi qarsillab o'z
boshingizga qulaydi.
— Lekin haqiqatga tik qaraylik, — dedi yigitcha, — badavlat kishilarning ko'pchiligi
u yoki bu holatda nohaloldirlar, shunday emasmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |