www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
odamning obro'si bir puldir. Har qancha pulingiz bo'lmasin, o'zingiz hech qachon badavlat
hisoblay olmaysiz. -Agar halol bo'lmasangiz, to'plagan har qanday boyligingiz muvaqqat
bo'ladi. Yo’lg'onchilik va qalloblik bilan boylik yaratish qum ustida imorat qurish
demakdir. U qumda uzoq turmaydi.
Yodimda, ilk mashg'ulotlarimdan biri oyna qo'yadigan kompaniyada ishlash edi.
Mohiyatan bu haqiqiy firibgarlik edi: biz uyma-uy yurib, odamlarga derazalarining
oynalari qay ahvoldaligini bepul ko'rib berishni taklif qilardik. Odatda ularga yangi oyna
qo'ydirishni maslahat berib, keyin uylarini bizning materialimiz reklamasi uchun
foydalanishga rozilik bildirsalar, oddiy oyna qo'yishdan ko'ra yarim bahosiga arzonroq
yangi oyna qo'yib berishni taklif qilardik. Ishning o'rtacha narxi 6000 funt bo'lib, agar
uylarini oyna qo'yilishidan avval va qo'yilganidan so'ng suratga olishga rozi bo'lsalar,
ularni 3000 funt pulni iqtisod qilishlari mumkinligiga ishontirar edik.
Hammasi juda oddiy edi. Men odamni ishontirish, har qanday hujjatga imzo
qo'ydirish qobiliyatiga egaligimni bilib qoldim. Har bitimdan yigirma olti foyiz ulush
hamda mukofotlar olardim va bundan to'la mamnunligimni tassavur qihshingiz mumkin.
Haftasiga 2000 funtdan ortiqroq pul topishim mumkin edi.
Lekin kunlardan bir kun hammasi o'zgardi. Men birovning eshigini qoqqandim, keksa
xitoylik ochdi. U meni ichkariga taklif qildi va valdirashlarimni diqqat bilan tingladi.
Gapimni tugatganimdan so'ng:
«Yangi oyna qo'ydirsam, kimga foyda bo'ladi: mengami, sizgami?», deb so'radi.
«Ikkimizga deb umid qilaman», — javob berdim men.
Shunda u ko'zlarimga tikilib dedi:
«Haqiqatan ham menga oynalaringiz kerak deb hisoblaysizmi? Kasbingiz nuqtai
nazaridan qaraganda hozirgi deraza oynalari yaroqsizmi?».
Bu qariyada hozir nimaligini ishonch bilan aytolmayman-u, meni noqulay ahvolga
solishga majbur qilgan allanima bor edi. Unga yo’lg'on gapirolmadim va bu ishni
bajarayotganim davomida ilk bor to'g'risini aytdim. Chol o'rnidan turib, qo'limni siqdi va
rostgo'yligim uchun minnatdorchilik bildirdi. U hayotda tezroq nufuzga erishish
ishtiyoqida shoshayotganimni ko'rib turganini aytdi va hayotimni qurishning yaxshiroq
usulini bilish istagimni so'radi.
Tabiiyki, uning nima deyishi meni qiziqtirardi. Men pul topishning qandaydir
g'aroyib usulini bilib olish to'g'risida o'ylagandim, lekin buning o'rniga u Haqiqiy Boylik
sirlari to'g'risida so'zlay boshladi. Chol qo'limga bu sirlar haqida batafsil so'zlab beruvchi
kishilar ro'yxatini berdi, keyin bu sirlar haqida imkon qadar ko'proq bilib olish uchun
ularning hammasi bilan uchrashdim.
Mazkur sirlar hayotga munosabatimni butkul o'zgartirib yubordilar. Ikki yil ichida
daromadim to'rt barobar o'sgani ham bunda katta rol o'ynadi.
— Bunga qanday erishdingiz? — so'radi yigitcha.
— Men shahar bozorida chodir tagida maishiy mollar sota boshladim. Ikki yildan
so'ng shaxsiy do'konimga ega bo'ldim. Uch yil o'tib, o'ttizta do'kondan iborat majmuaga
Do'stlaringiz bilan baham: |