Oligofreniyani tasniflash. Bolalar aqli zaifligini ko'p yillar davomida 0‘rganib olingan ma’lumotlardan sistemalashtirishga o‘ziga xos sabablarda guruhlashga urindilar. Lekin oligofreniyani tasviflashda yangi muammolar to'sqinlik qilaveradi.
Shuni qayd etishimiz kerakki, bolalar aqli zaifligi sohasidagi muvafaqqiyatlar ko‘p hollarda boshqa fanlarning rivojlanish darajasi bu aniqlaniladi. Hozirgi paytda boshqa fanlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa, hali ham aniq javoblar topilgani yo‘q. Bu aqli zaiflikning etiologiyasi. patagenezi, klinikasiga bog'liq.
Dastawal bolalar aqli zaifligini o'rganish bu shifokorlar shug‘ullanishgan klinik sharoitda ruhiy faoliyatning zararlanishi og‘ir darajadagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalar o‘ziga xos xususiyatlari haqida ayrim fikrlar bildirishga imkon yaratildi (Eskirol, Vuazen va boshqalar).
Tarixdan olingan ayrim ma’limotlarga qaraganda aqli zaiflik namoyon bo‘lgan. Birinchi kasallik kretinizm termini bilan ifodalangan. Bu kasallikni sinchiklab tekshirishlar o‘tkazildi. Keyinchalik bu kasallik endokrin sistemasining buzilishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Keyinchalik bolalar aqli zaifligining boshqa shakllarida ta’riflash boshlandi.
Eskirol intelektining zararlanishning og‘ir shakllaridan tasviflab berdi. Ularning orasidan idiotlik va intelektning kamroq namoyon bo'ladigan aqli zaiflikka ajratib berdi. Eskirol bolalar aqli zaifligini yorqin ta’riflab berdi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berdi. U miyaning zararlanishi tug‘ma va keyinchalik hayot davomida orttirilgan holatlarni ajratib berdi. Muallifning ta’kidlashicha, tug‘ma va orttirilgan aqli zaiflik o‘rtasida farqlar juda katta bo‘ladi. Shu tariqa Eskirol aqli zaiflikning oligofreniya va demensiya kabilami ajratib berdi.
Aqli zaif bolalar bolalarni o'rganish jarayonida Eskirol ularda nutq rivojlanish darajasini o'ziga xosligiga ahamiyat bergan. Uning fikricha, nutqiy nuqson bolaning ruhiy rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Eskirol ikkita omilni o‘z tasnifiga asos qilib oladi: ruhiy faoliyatning o‘z tasnifiga asos qilib oladi: ruhiy faoliyatning zararlanish darajasi va nutq funksiyasining holati.
Ruhiy faoliyatning zararlanishini Eskirol ikkita kategoriyasini ajratib berdi: idiotizm va aqli zaiflik, har bir kategoriyaning nutq holatiga qarab quyidagilarga bo‘Idi: idiotizmda nutq yo‘q, faqat shovqin, boshqa holatlarda alohida bo‘g‘in so‘z va iboralatdan iborat boMadi, aqli zaiflikda esa nutq bor, lug'ati chegarlangan bo‘ladi.
Burnevill idiot bolalarni o'rganib, bu bolalarda ruhiyati zararlanishining o‘rta darajaga ega ekanligini aniqladi. Bu bolalar bilan maxsus ishlarni olib borish jarayonida ularning rivojlanishida sezilarli darajadagi 0‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. Burnevill XIX asr boshlarida bu guruh bolalaridan imbesillik terminini qo‘llashni taqlif qiladi.
XIX asrning o‘rtalarida Leyzaj intellektning yengil zararlanish holatini “debillik” terminini ishlatdi. Aqliy faoliyati buzilgan bolalarning klinik ma’lumotlar asta-sekinlik bilan to‘plangan. Nuqsonlarni o‘rganish II bosqichida har bir tadqiqotchi o‘z tasnifini ishlab chiqishda nuqsonning kelib chiqishida 1-2 ta sabablarni hisobga olgan ho Ida tuzish mumkin deb hisoblashgan. Vuazen bu bolalarning asosiy buzilishlarini instruktiv faoliyatining namoyon bo'lish darajasiga bog‘liq bo‘ladi deb hisoblaydi.
Keyinchalik Segen, Geller, Solelar aqli zaiflikda iroda, diqqat xohishlarning zaifligiga katta ahamiyat bera boshladilar. Masalan, Sole idiotlarda diqqat bo'lmaydi. imbesillarda diqqat boshlang‘ich holatda, debillarda diqqat kuchsiz bo‘ladi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida sanoat sohasi rivojlanishi munosabati bilan aholining savodini oshirish masalasi yuzasidan savollar tug‘ ildi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida maktab tarmoqlari kengaytirildi, umumtalim dasturlari ishlab chiqildi. Ta’lim jarayonida qo‘yilgan talablarni uddalay olmayotgan bolalar aniqlanib ularni ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga qo‘shib qo‘yildi. Bu bolalarni o‘rganishda psihologlar faol ishtirok etishdi. Bine va Simonlar turli xil yoshdagi bolalarning intellektual darajasini turli xil tekshirish metodlarini ishlab chiqildi. Ulgurmovchi bolalar tekshirilib intellektning rivojlanish koeffitsenti aniqlangan va bolalar maktabda o‘qishda yuzaga kelayotgan muammmolarni yechishga oid ishlar amalga oshirilgan.
Bolalar tekshirishning bu metodikasini o‘zini oqlamadi. Chunki bu metod bolalarning intellektiga ob’ektiv baho berish ishonchini bermaydi.
Krepelin bolalarni ta’lim olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘z tasnifini ishlab chiqdi. Uning xizmati shundan iborat bo‘ldiki, u o'sha davrda ma’lum bo‘lgan simptomlar tug‘ma va orttirilgan aqli zaiflikni oligofreniya nomi ostida bitta guruhga birlashtirdi. '‘Idiotlik”, •‘Imbesillik”, ‘‘debillik” terminlarini intellektual faoliyatning zararlanish darajalari sifatida ishlatdi.
Shu tariqa oligofreniya bolalari maxsus maktabda yengillashtirilgan dastur asosida ta’lim olishlari mumkin. Imbesil bolalar esa ta’limda kam qobiliyatlar, lekin ularning ayrimlari maxsus sinfda boshlang‘ich savodni egallashlari mumkin. Shu bilan birga ular unchalik murakkab bo‘lmagan, mehnat jarayonlarini egallashlari mumkin. Idiot darajasidagi oligofren bolalar umuman mehnat va ta’limni egallay olmaydilar. Ular uchun maxsus internatlarda davolovchi tarbiyalovchi tadbirlar amalga oshiriladi.
Bolalar aqli zaifligining boshqa turdagi tasniflar ham bo‘lgan. Ayrim olimlar o‘z tasniflarining asosiga anatomik tamoyilini qo‘yadilar. (Tomashevskiy, Ayrlend, Grizenger, Burnevil va boshqalar)
Masalan, Burnevill klassifikasiyasiga ko'ra idiotlar miyasining tuzilishini patalogik o‘zgarishi xarakteriga ko‘ra quyidagi shakllarni ajratgan:
- gidrotsefaliya.
- mikrotsefaliya
v) miya burmalarining rivojlanishining to‘xtashidan kelib chiqqan idiotlik.
g) miya bo‘limlarining tug‘ma yo‘qligi bilan bog'liq bo‘lgan idiotlik.
d) miyaning gipertronik sklerozi natijasida yuzaga kelgan idiotlik.
ye) bosh miyaning atrofik sklerozi natijasida yuzaga kelgan idiotlik.
yo) meningit, yensifalitdan keyingi idiotlik.
j) miksedemadan keyingi idiotlik.
Lekin miya tuzilishining qo'pol o‘zgarishlari hamma vaqt ham patologiyani yuzaga keltirmaydi; aqli zaiflikning keyingi darajalari uchun spesifikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |