Contents Title
Example Text : Get a modern PowerPoint Presentation that is beautifully designed. I hope and I believe that this Template will your Time, Money and Reputation.
Contents_Here
Aqli zaif bolalarni keyingi kuzatishlari natijasida yig‘ilgan ma’lumotlarning ko'rsatishicha, ularda ayrim rivojlanishlar kuzatilishi mumkin. Keyinchalik aqli zaiflarning rivojlanish imkoniyatining “chegarasi’'ni aniqlashga doir ishlar paydo bo‘ldi (Demor, Kreplin, A.S.Griboedov va boshqalar) ayrim mualliflar aqli zaiflarning rivojlanish imkoniyatlarini normal aspektlarda qiyoslashgan. Masalan, Damorning fikricha, idiot bolalar o'zlarining rivojlanish jarayonida 2 yoshli normal bolaning rivojlanish darajasiga erishishi mumkin, imbesil - 6 yoshli, debil esa - 12 yoshli bolaning rivojlanish darajasiga teng bo'ladi. Krepelin esa aqli zaiflikni bu kategoriyalari yana ham yuqori darajada rivojlanishi mumkin. Bunday tasniflashlar ilmiy jihatdan to‘g‘ri kelmagan, yuzaki va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Oligofreniya muammolariga oid yangi axborotlarni to‘planishi natijasida, bir necha belgilarga asoslangan tasniflar yuzaga kela boshladi. Tredgold o‘z tasnifini etiopatogenik va klinik ma’ lumotlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqdi, shu bilan birga u etiologik omillarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Oligofreniyaning klinik normalarining, birlamchi oligofreniyada endogen - nasliy etiologiyali bo‘lsa ikkilamchi oligofreniya esa, endokrin buzilishlar ovqatlanishning buzilishlaridan kelib chiqadi degan hulosa keldi. Djervis etiologik omillardan kelib chiqqan holda oligofreniyani endogen ya’ni nasliy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan va ekzogen infeksiya, intoksikasiya jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan turlarini ajratgan. Key in esa oligofreniyaning har bir turiga tavsif berishgan.
Ayrim olimlar oligofreniyaning patogenezida ichki sekresiya bezlarining buzilishlariga katta ahamiyat berishgan. Sante de Sanktis oligofreniyaning hamma holatlarini 2 guruhga ajratadi: birinchisiga MNS ning zararlanishi bilan bog‘liq boigan, ikkinchisiga endokrin sistemaning zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan guruhlar. Bu tasnifni S.Sandi, D.A.Azbukin va boshqalar qo‘llab-quvvatlashgan.
Professor D.A.Azbukinning fikricha, oligofreniya guruhidan bir qator o‘xshash holatlarni chiqarib tashlash kerak. Bu holatlar quyidagilardan iborat: pedogogik qarovsiz bolalar, somatik zaiflashuv, psixologik rivojlanishning vaqtinchalik sekinlashishi (imbesil bolalar), ma’lum bir qobiliyatlarning lokal buzilishlari (aritmosteniya. Grafosteniya, legastaniya), demensiya (shizofreniyaning oddiy holati, Epilipsiyaning yashirin shakllari).
Do'stlaringiz bilan baham: |