Апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 30 б


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/32
Sana18.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#388857
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Usmonov K, Sodiqov M., Oblomurodov N. Oʼzbekiston tarixi. I - qism. - T.: 2002. - B. 

6-21.

2. Oʼzbekiston tarixi / R. Murtazaeva umumiy tahriri ostida, - T.: Yangi asr avlodi, 2003. -B. 



7-20.


28

Апрель  2021  3-қисм

Тошкент

AMIR TEMUR YIRIK DAVLAT ARBOBI VA YUKSAK MA’NAVIYAT EGASI.

Madumarova Zaxro Miralimovna

Toshkent viloyati Qibray tumani XTB ga qarashli 

17-umumta’lim maktabi tarix fani òqituvchisi 

Annotatsiya: 

ushbu  maqolada  Amir  Temurning  hayot  faoliyati,  ‘Temur  tuzuklari’asarida 

uning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. 

Kalit so’zlar: 

Amir Temur, sarkarda, Temur tuzuklari, Movarounnahr,siyosat.

Amir  Temur–  buyuk  shaxs,  yirik  davlat  arbobi,  sarkarda,  qonunshunos,  iste’dodli 

me’mor,  notiq,  ruhshunos,  shu  bilan  birga  el  yurtini,  xalqini  sevgan  va  uni  jahonga  mashhur 

qilgan  inson.  Amir  Temurning  tarixi  ko’p  jildlik  kitoblar  yozishga  arziydi.  Mustaqillikka 

erishgunimizga qadar buni amalga oshirishning imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik 

g’oya  bunga  yo’l  bermasdi.  Amir  Temurning  o’zi  tahqirlanib,  tuhmatu-malomatlarga  qoldi. 

Mustaqillik  tufayli  ko’p  ming  yillik  boy  tarixmizni,  shu  jumladan  ulug’  bobomiz  Amir 

Temurni  o’rganish  imkoniga  ega  bo’ldik.Amir  Temur1336  yilning  9  aprelida  Shahrisabzning 

Xo’ja  Ilg’or  qishlog’ida  tavallud  topdi.  Temurning  yoshligi  va  yigitlik  yillari  mamlakat 

og’ir  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  qiyinchiliklar  iskanjasiga  tushib  qolgan  bir  davrda  kechdi.  

Amir  Temur  ibn  Tarag’ay  Bahodir  hayoti  va  faoliyatida  ikki  davr  yaqqol  ko’zga  tashlana

di.                                                                                                                                                             

Birinchi  davr  1360-1386  yillarini  (25-46  yoshlarda)  o’z  ichiga  oladi.  Temur  bu  davrda 

Mavorounnahrda  mo’g’ul  hokimligidan  mustaqil  kuchli  markazlashgan  davlat  tuzish  yo’lida 

kurashdi.  Mavorounnahrni  birlashtirishdan  manfaatdor  bo’lgan  turk  va  tojik  zodagonlari  – 

oqsuyaklari kabi sotsial kuchlar bilan birgalikda O’rta asr o’zboshimcha feodallariga, markazlashish 

va birlashishga zid harakatlari mamlakatni parchalangan holatda saqlashga intiluvchilarga o’zaro 

urushlarga undovchilarga qarshi kurash olib bordi.                                                                       

 Amir Temur o’zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar 

zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan 

hisoblandan  Boyadzid  Yildirimni  (Qaysar)  tor-mor  keltirib  Bolqon  yarim  oroli  va  Yevropa 

xalqlariga  ozodlik  bag’ishladi,  Oltin  O’rta  xoni  To’xtamishxonni  ikki  marta  tor-mor  etib 

Rossiyani  mo’g’ullar  hukmronligidan  qutilishini  qariyib  300  yilga  tezlashtirdi.    Temur  25 

yoshida Shahrisabz hokimi bo’lishga muyassar bo’ldi. Uning otasi shu yilning oq suyaklardan 

bo’lgan  Amir  Tarag’ay  Bahodir  vafot  etdi.      Sohibqironning  bunyodkorlik  sohasidagi  tarixiy 

xizmatlaribeqiyos.  Temur  va  uning  avlodlari  say’i-harakatlari  bilan  qurilgan  madrasalar, 

masjidlar, xonakohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog’i 

yo’q. Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir, Axmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy, 

Ko’ksaroy va Shohi Zinda me’moriy mo’jizalari, Bog’i Chinor, Bog’i Baland, Bog’i Dilkusho, 

Bog’i Behishtsingari o’nlab go’zal saroy-bog’lar va shu kabi boshqa inshootlar uning bevosita 

rahnamonligida bunyod etilgan. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir 

Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoe bo’lishini ravo ko’rmasdi». Tarix 

bu qo’xna dunyoda juda ko’p jahongirlarni ko’rgan.   Amir Temurning boshqa sarkardalardan 

farqi  shundaki,  u  umr  bo’yi  bunyodkorlik  bilan  mashg’ul  bo’lgan.  Uning  «qay  bir  joydan  bir 

g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta daraxt ektirdim» 

degan so’zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig’idir. «Agar bizning qudratimizni 

bilmoqchi bo’lsangiz, qurgan binolarimizga boqing»deganda Amir Temur, avvalo, o’z xalqiga, 

kelajak avlodlariga murojaat qilgan desak yanglishmaymiz. “Temur tuzuklari” XIV –XV asrlar 

voqealari va hayotini yorituvchi qimmatli manba, Amir Temurning harbiy, siyosiy faoliyatidan 

ma’lumot beruvchi asar kim tomonidan qachon so’ralgani noma’lum. 

“Temur  tuzuklari”da  do’stlik,  vafodorlik,  imon  va  e’tiqod,  kasb  –hunar  va  boshqa  insoniy 

fazilatlarga  rioya  qilish  to’g’risida  fikr  yuritiladi,  fuqarolarning  shariat  qonun  –qoidalariga 

buysunish  lozimligi  aytib  o’tiladi,  qozilarning  qonunlarga  to’la  amal  qilish,  tartibbuzarlarni 

ayamay  jazolash,  sipohlar  va  askarlarni  saqlash  va  ularga  oziq  –ovqat,  maosh  to’lash  qoidasi, 

vazirlar va ularning vazifalari, amirlar, sipohlar va ularni taqdirlash tartiblari, ularning bir –biriga 

muomalasi  va  turli  boshqa  masalalar  bo’yicha  mufassal  ma’lumot  beriladi.  “Temur  tuzuklari” 

eski o’zbek tilida yozilgan va boshqa tillarga tarjima qilingan “Temur tuzuklari” ikki qismdan 




29


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish