2016-yil 20 aprel kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida 2016 yilning 1-choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirlishinibaholashga bag‘ishlangan yig`ilishda viloyat hokimining tahliliy ma’ruzasi
Joriy yilning 15 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida 2016 yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvarida respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini baholashga bag’ishlangan majlis bo’lib o’tdi.
Majlisda Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” mavzusidagi ma’ruzasida 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini nechog’lik bajarilishini chuqur tahlillar asosida, tanqidiy ruxda muhokama qilindi. Hamda aniq topshiriqlar va vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kengaytirilgan yig’ilishimizdan maqsad viloyatimizda 2016 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy muhokama etib, yo’l qo’ygan kamchiliklarimizni chuqur tahlil qilish, 2016 yil
2-choragida barcha sohalarda ijobiy natijalarga erishishning mustahkam poydevorini yaratishdan iborat.
2016 yilning 1-choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,9 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 13,3 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 15,3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 6,3 foizga, qurilish-montaj ishlari 10,8 foizga o’sdi.
Chakana tovar aylanmasi 7,8 foizga, xizmatlar ko’rsatish hajmini
12,4 foizga o’sib, yalpi hududiy mahsulot tarkibida xizmat ko’rsatish sohasini ulushi 55,5 foizga etdi.
Joriy yilning 1-choragida jami 108,7 mln.dollarlik mahsulotlar jahonning 100 ga yaqin davlatlariga eksport qilindi.
Mahalliy byudjet harajatlari jami 475,6 mlrd. so’mni tashkil etib, ushbu mablag’larning 92 foizi yoki 439,5 mlrd. so’mi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlariga yo’naltirildi.
Aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq, 20 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, belgilangan reja ortig’i bilan (104,8 foiz) bajarildi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash borasida asosiy kapitalga 484 mlrd.so’mlik investitsiyalar kiritildi.
O’zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 70 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy texnika va texnologiyalarni sotib olishga yo’naltirildi.
“Farg’ona viloyatini 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”
Do'stlaringiz bilan baham: |