doirasida 2-chorakda sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish va servis yo’nalishlarida 855 ta loyihalarni amalga oshirish, 7076 ta yangi ish o’rinlari yaratilishini ta’minlash zarur.
Loyihalarni amalga oshirish uchun barcha manbaalar hisobidan
175 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirish, shundan tijorat banklari tomonidan 101 mlrd.so’mlik bank kreditlarini ajratish choralarini ko’rishimiz lozim.
Shuningdek, 2-chorakda viloyatning 17 ta shahar va tumanlarida
66,3 gektar er maydonlarida kichik sanoat zonalari faoliyatini boshlash, er maydonlariga istiqbolli loyihalarni joylashtirish, sanoat zonalariga elektr va gaz tarmoqlarini tortish ishlarini yakunlash talab etiladi.
Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, ommaviy savdolarda turgan 6 ta davlat mulki ob’ektlarini hamda 14 ta jamiyatdagi davlat ulushlarini xususiy mulkka sotishimiz, ob’ektlarni harid qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini faol jalb etishimiz zarur.
Shu bilan birga, 9 ta aktsiyadorlik jamiyatlariga - “Qo’qon mexanika zavodi”, “Mastona”, “Farg’onaazot”, “Qo’qon superfosfat zavodi” AJ, “Farg’ona yog’-moy”, “Kvarts”, “MTPlar birlashmasi” “Qo’qonneftegazparmalash” “Qishloqxo’jalikkimyo” AJlargachet el investorlarni jalb qilish bo’yicha vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat Raqobat qo’mitasi bilan hamkorlikda tizimli ishlarni tashkil etishimiz lozim.
Mazkur jamiyatlariga 2016 yilning 1 iyuliga qadar xorijiy investorlarni jalb qilishimiz, ularning ustav fondida xorijiy investorlarning ulushini kamida 15 foizga etkazishimiz talab etiladi.
Keyingi muhim ustuvor yo’nalish hisoblangan - muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so’zsiz amalga oshirish bo’yicha boshlangan ishlar davom ettiriladi.
2016 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan 167 ta ob’ektlarni joriy yilning 1 sentyabriga qadar foydalanishga topshirish bo’yicha tarmoq jadvali asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 68 ta (46 ta aholi yashash punktlari va 22 ta namunaviy massivlarni) ichimlik suvi ob’ektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishimiz, barcha ob’ektlarni joriy yilning 2-choragida foydalanishga topshiriladi.
Qishloq massivlarida qurilayotgan 1095 ta uy-joylardan 125 tasini 1 iyunga qadar, 410 tasini 1 iyulga qadar foydalanishga topshiriladi.
Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 118,8 km shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlanadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida viloyatda 2016 yilning
2-choragida 28,0 km optik tolali aloqa liniyalari quriladi va
740 portga teng, keng polosali telekommunikatsiya qurilmalari o’rnatiladi.
Uzmobayl milliy mobil operatorining aloqa tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha hududlarda 12 ta baza stantsiyalar (antenna) o’rnatiladi.
Shu bilan birga Farg’ona va Qo’qon shaharlari, So’x tumanida raqamli televideniya tarmog’ini kengaytirish maqsadida 4 ta raqamli teleuzatkichlar o’rnatiladi.
Qishloq xo’jaligida islohotlarni va tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish borasidaMuhtaram Prezidentimizning 2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qaroriga asosan, joriy yilda qisqartiriladigan ekin maydonlari negizida sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog’-moy olinadigan va boshqa o’simliklar ekish, bog’ va uzumzorlar barpo etish ishlarini tashkil etishimiz zarur.
Shu bilan birga, Muhtaram Prezidentimizning “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga (PK-2520) asosan qayta ishlash korxonalarini xomashyo resurslari bilan muntazam ta’minlash, ichki iste’mol bozorini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror to’ldirish, shuningdek, tashqi bozorlarga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko’paytirish bo’yicha yangicha tizim asosida ishlar tashkil qilinishi zarur.
"Sog’lom ona va bola yili" Hududiy dasturini amalga oshirish borasida joriy yilning 2-choragida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu Dastur doirasida qariyb 200 mlrd.so’mlik tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |