Applikasiya haqida umumiy tushuncha Geometrik shaklli applikatsiyalar Sehrli Gulcha


Geometrik figuralardan predmetli applikasiya



Download 3,14 Mb.
bet3/3
Sana06.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#747921
1   2   3
Bog'liq
Applikasiya haqida umumiy tushuncha

Geometrik figuralardan predmetli applikasiya
Bolalarning predmetlarni fazoviy idrok etish qobiliyati rivojlanishi kerak. Buni o’rab turgan narsalar: uy, archa daraxt, mashina, idishtovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.
Rangli qog`ozdan kvaratlarni chizish orqali, har xil gullarni yasash namunasi berilgan.(6-rasm) O`qituvchi tomonidan tayorlangan geometrik shakllardan tuzilgan qiziqarli topshiriqlar o`quvchilarni aqliy , ijodiy qobiliyatiga ijobiy ta`sir etadi. (7-rasm)
Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya bo’yicha juda ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan kontur paydo bo’lsin. Ishni qo’ziqorin, pufak kabi oddiy shakllarni bajarishni 1 sinfdanoq boshlash lozum bo`ladi. 2-3 sinflarda murakkabroq ishlarni bajarish mumkin(8-9rasmlar).
Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatlik, tartiblik tarbiyalanadi, uyushqoqlik bilan ishlash ko’rsatmalarga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari, ijodkorlik faoliyati shakllanishiga turtki bo`ladi. O’quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib dedaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Naqshli applikatsiyalar asosan albomlarni, devoriy gazetalarni, taklifnomalarni, tabriknoma sahna dekaratsiyalarini bezashda qo`llanilaniladi.(9-rasm).
Ko’p rangli applikasiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak.

6-rasm




7-rasm
Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan kompozitsiyaga bog’liq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va o’lchamlarning uyg’unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar kontorlarini oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-eskizlar bo’yicha qirqiladi.





8-rasm

9-rasm
Ko’p rangli applikasiyalardan biri – dikorativ applikasiyadir: Dekorativ applikasiya – u naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.

10-rasm
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materiallardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. Sharq naqshi applikasiyani bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin.
Shakliga ko’ra ornamentlar cheksiz va cheklangan bo’ladi. Cheksiz ornamentda uni tashkil etuvchi ayrim elementlar ritmik yoki simmetrik almashinib turadi. Bu elementlarning rangi, shakli bir xil bo’lishi kerak. Cheklangan ornament shakl-kvadrat, to’g’ri burchak, doira, oval va shu kabilar ichiga joylashadi yoki kompanovka qilinadi.
Shriftli applikatsiyalar asosan matn, tektli chiroyli harflar bilan shiorlar, o`quv jadvallar, sarlovhalar bezashda qo`llaniladi.

11-rasm

12-rasm

13-rasm




14-rasm
Xulosa

Tasviriy san`at ta`limi yo`nalishlaridan biri badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, yelim yordamida yelimlash, qog`ozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, o`rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qo`shish orqali tasvir yaratish kabi malakalar hosil qilinadi.


Bolalarni ijodiy, abstrakt, mantiqiy fikrlashga, ayniqsa ijodiy qobiliyatlari va fantaziyalarini o`stirishga yo`naltirish . Bu malakalarni hosil qilish boshlang`ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni tasviriy san`at mashg`ulotlari orqali amalga oshiriladi.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Applikatsiyada ishlash bolalarda ijodni rivojlanishiga, fantaziyasini boyitishga yordam berib irodani mustahkamlaydi. Shuningdaek ulardagi qo’l mehnati orqali qog’oz va materiallarga ishlov berishdagi badiiy didini o’siradi.
Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’at fani boshlang`ich sinflar applikatsiya bo`yicha mavzulardagi mashg`ulotlarini samarali, qiziqarli tashkil etishda o`qituvchining mahoratiga bog`liq. Fan o`qituvchisi darsgacha kerakli metodik ko`rgazmalar va ashyolarni taxt qilib qo`yishi maqsadga muvofiq. Shu maqsadda uslubiy ko’rsatmada o`quv dasturiga muvofiq applikatsiya haqida nazariy, amaliy va qiziqarli ma`lumotlar kiritilgan.
Ushbu uslubiy ko`rsatma o`rta umumta`lim maktablari boshlang`ich sinflarida dars berayotgan fan o’qituvchilariga, pedagogika kollejlarining boshlang`ich sinf o`qituvchilari yo`nalishidagi talabalari hamda to`garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi, degan umiddamiz .
Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish