Paganel:
— 0 ‘sha asir kim edi? — deb so‘radi.
— U ajnabiy kishi, yevropalik edi, — deb javob berdi Talkav.
— Uni o‘zingiz ko‘rganmisiz?
— Yo‘q, lekin uning to‘g ‘risida yurgan hindular-ning hikoyalarini eshitganman. U jasur odam edi. Uning yuragi buqaning yuragidek edi.
— Buqaning yuragi! — deb takrorladi Paganel.— Patagoniya tili buncha ham ajoyib til-a! Tushunyapsizmi, do‘stlarim? U «dovyurak odam edi» demoqchi!
— Otam! Mening otam! — deb qichqirib yubordi Robert Grant. Keyin Paganelga o'girilib: — Ispanchada: «Mening otam» degan gapni nima de-yiladi? — deb so‘radi.
— Es mió padre,— deb javob berdi geografiya oli
mi.
Do'stlaringiz bilan baham: |