575
— Shakkoklar o‘limi bilan, do‘stlarim, — deb javob berdi Paganel. — Jazolovchi o‘t oyog'imiz osti-da. Unga yo‘l ochsak bas!
— Nima! Vulqon hosil qilmoqchimisiz deyman? — dedi Jon Mangls.
— Ha, sun’iy vulqon yaratamiz, uning g‘azabi-ni biz boshqaramiz. Bu yerda, oyog‘imiz ostida, tashqariga otilib chiqishga intilayotgan yer osti o‘ti va bug‘ nihoyatda ko‘p. 0 ‘z foydamiz uchun sun’iy vulqon yaratishimiz mumkin emasmi, axir!
— Yaxshi fikr! — dedi mayor. — Ma’qul o'ylabsiz, Paganel.
— Bilasizlarmi, — deb davom etdi geografiya oli-mi, — biz pastdagilarga o‘zimizni yangi zelandiyalik-lar Plutoni1g'azabga oigan qilib ko‘r-satamiz, o‘zimiz esa Kara-Tetening qabriga kirib yashirinamiz. Biz u yerda uch kun, to‘rt kun, lozim bo'lib qolsa, hatto besh kun, — qisqasi yobboyilar bizning halok bo‘lga-nimizga ishonib, o‘ch olish fikridan kechib bu yerdan ketgunlaricha kutib turamiz.
— Bizning halok bo‘lganimizni o‘z ko‘zlari bilan ko'rib, ishonch hosil qilish uchun bu yoqqa chiqsalar nima bo'ladi? — deb so‘radi miss Grant.
— Yo‘q, aziz Meri, — deb javob berdi Paganel,— ular bunday qilmaydilar. Axir toqqa tabu joriy qilin-gan-a, joriy qilingan tog‘ shakkoklarning jazosini bergandan keyin tabuning kuchi yana ham ortadi.
— Planingiz haqiqatan ham pishiq, — dedi Glenarvan. — U faqat yow oyilar bizning oziq-ovqat-larimiz tugaguncha Maunganamu tog‘i etagidan ket-may turib olsalargina muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Lekin bunday bo‘lishidan, bo‘lmasi ko'proq, ayniqsa biz ustalik bilan ish ko‘rsak, muvaffaqiyat qozo-namiz.
— Bu oxirgi chorani qachon sinab ko‘ramiz? — deb so'radi Elen.
— Shu bugun kechqurun, — deb javob berdi Paganel, — atrofni qop-qorong‘u zimiston o‘rab qop-lashi bilanoq.
— Bo‘bdi, — dedi Mak-Nabbs. — Paganel, siz ge nial odamsiz. Men odatda biror narsaga tez qiziqib ke-tadigan kishilardan emasman, lekin bu ishda maqsadga erishishimizga kafilman.
1P luton — qadim dunyo greklarida do‘zax xudosi.
576
Shunday qilib, Paganelning plani qabul qilindi, maorilarning hurofotlari nazarga olinsa, bu plan haqiqatan ham amalga oshishi mumkin va amalga os-hishi turgan gap edi. Endi faqat uni amalga oshirish qoldi. Plan yaxshi edi-yu, lekin uni amalga oshirish uncha oson emasdi. Vulqon o'ziga krater ochib bergan mardlarni halok qilmasmikin? Yer osti bug‘la-ri, o‘t va o‘tli lava tashqariga otilib chiqa boshlagach, uni boshqarish, kerakli tomonga burib yuborishning iloji bo‘larmikin? Butun cho‘qqi o‘tli chuqurga uchib ket-masmikin?
Paganel bunday qiyinchiliklar tug‘ilishini bilar, lekin vulqonni kattalashtirib yubormay ehtiyot bilan ish ko'rmoqchi edi. Maorilarni aldash uchun ros-takam vulqon ochish emas, go‘yo vulqon otilgandek qilib ko‘rsatish kifoya qilardi.
0 ‘sha kuni biram uzayib ketdiki, asti qo'yasiz! Sayohatchilarning hammasi ham uzundan-uzoq soat-larni sanab, vaqtni zo‘rg‘a o‘tkazardilar. Qochish uchun hamma narsa tayyor. Qabrdagi oziqlarni og‘ir-lik qilmaydigan qilib hamma qoch-qinlarga ulashib
Do'stlaringiz bilan baham: |