Yosh kapitan bilan matros ikki yuz fut pastga tushib, maorilar yaqindagina hushyorlik bilan
581
qo'riqlayotgan o‘sha xatarli tog‘ qirrasiga yetdilar. Baxtga qarshi, maorilar sayohatchilardan ayyorlik qilib, sun’iy vulqonning otilishiga ishonmay, qochqin-larni boplab qo'lga tushirish maqsadida o‘zlarini go‘yo pa tarafga ketgandek qilib ko‘rsatishga urun-gan bo‘lsalar, ularning shu yerdaligi mana hozir, xud-di shu qirrada ochilishi kerak edi. 0 ‘zining ishonch bilan borayotgani va xushchaq-chaq Paganelning hazil qilishiga qaramay, Glenar-van beixtiyor cho'chib ketdi: tog‘ qirrasidan o‘tiladigan shu o‘n minut ichida eng yaqin kishilarining hayoti qil ustida turadi, u pinjiga kirib olgan xotinining yuragi gupul-lab urayotganini yaqqol eshitardi. Lekin u orqaga qaytishi xayoliga ham keltirmadi. Jon Mangls ham bu
Do'stlaringiz bilan baham: |