Ko‘p o‘tmay maorilar ilonizi so‘qmoqlardan past-ga, pa tomonga qarab ketdilar.
— Ketishyapti! — dedi Glenarvan. — Ketishyapti! Harbiy hiylamiz muvaffaqiyatli chiqdi! Azizim Elen, aziz do'stlarim, mana biz halok ham bo‘ldik, lava os-tiga ko‘mildik. Ammo shu bugun kechqurunoq biz yana tirilamiz, qabrimizni tashlab, bu yovvoyilardan qochib qutulamiz!
Qochqinlarimizning shodligini tasavvur qilish qiyin. Hammaning qalbida yana umid chirog‘i yondi. Boshlaridan kechirgan mashaqqatlarni tamom unut-gan. Mard sayohatchilarimiz kelajak to‘g‘risida o'yla-masdilar — ular faqat hozirgi onning shodligiga berildilar. Vaholanki, bu o‘rganilmagan o‘lkada biror ingliz koloniyasiga yetib olish juda qiyin gap edi. Lekin Kai-Kumuni aldashga muvaffaq bo‘lganlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |