Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Bog'liq
30 11

Iqtisodiy omillar. 
Aholi migratsiyasiga ta‘sir etuvchi omillar orasida 
iqtisodiy omillar eng muhimi hisoblanadi, chunki qolgan barcha omillar 
1
Преведенцев В.И.География населения. –M., 1975, 4-бет. 
2
Рыбаковский Л.А. Миграция населения: прогнозы, факторы, политика. –М.. 1987, 5-бет. 


222 
pirovardida iqtisodiy muammolarga aylanadi yoki iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. 
Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtisodiy tizimining mustahkamligi, uning 
o‗sish darajasi va rivojlanish ko‗lami tushuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida 
iqtisodiy imkoniyatlar, mehnat sharoitlari va ish haqi o‗rtasida yuzaga kelgan 
sezilarli farq ishchi kuchlarini mamlakatlararo ko‗chib yurishiga sabab bo‗luvchi 
muhim omil hisoblanadi. Masalan, AQSH va Meksikadagi daromadlarning 
taxminan 10 barobarga farq qilishi meksikalik ishchilarni AQSHga ish qidirib 
o‗tishlarining asosiy sababi hisoblanadi. Shunday qilib yer yuzida rivojlangan boy 
va rivojlanayotgan iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarning mavjudligi 
xalqaro migratsiya va jahon mehnat bozorining amal qilishini belgilovchi asosiy 
omil hisoblanadi
1

Demografik omillar.
Aholining o‗sish sur‘ati, aholi sonining ko‗payishi yoki 
qisqarishi bilan bog‗liq bo‗lgan omillar demografik omillar bo‗lib sanaladi. 
Bunday omillar qatoriga birinchi navbatda aholining tabiiy o‗sish darajasini 
kiritish mumkin, chunki tabiiy o‗sish migratsion jarayonga ta‘sir yetishi bilan 
birgalikda migratsion jarayonning jadallashuvi ham o‗z navbatida, tabiiy o‗sishga 
sabab bo‗lishi mumkin. Tabiiy o‗sish natijasida, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 
yetishib chiqishiga, ya‘ni migratsiya qilishi mumkin bo‗lgan aholi ko‗payishiga 
zamin yaratiladi. Shu o‗rinda demografik omillarning iqtisodiy omillar bilan uzviy 
bog‗liqligini alohida ta‘kidlab o‗tish lozim bo‗ladi. Jumladan, iqtisodiy o‗sish bilan 
tabiiy o‗sish o‗rtasidagi farqning ortishi ham migratsiyaga katta ta‘sir etadi. Ya‘ni, 
tabiiy o‗sish sur‘atlari iqtisodiy o‗sish sur‘atlaridan yuqoriroq bo‗lsa, mamlakatda 
ishsizlar sonining ortishiga va kishilarning chet elga ish izlab chiqishlariga sabab 
bo‗ladi.
Tabiiy o‗sish sur‘atlari iqtisodiy o‗sish sur‘atlaridan past bo‗lsa mamlakatda 
ishchi kuchiga bo‗lgan talab ko‗tariladi va chet ellik ishchilarning ish izlab 
kelishlari ortadi. Misol uchun, 90 - yillarning o‗rtalarigacha Iqtisodiy Hamkorlik 
va Taraqqiyot Tashkiloti mamlakatlarida (AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, 
Yangi Zelandiya, Islandiya, Turkiya, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi davlatlari) 
1
Ҳакимова М. ва бошқ. Халқаро иқтисодий муносабатлар. -Т.; 1997. 140-бет. 


223 
iqtisodiy faol aholi yiliga o‗rtacha 0,8 foiz ko‗paygan, yalpi ichki milliy mahsulot 
hajmi esa 3 foizga oshgan
1

Siyosiy omillar.
Ayrim mamlakatlardagi, siyosiy vaziyatning bararor 
emasligi, ularning iqtisodiy ahvoliga ta‘sir etib, mamlakat ishchi kuchinining 
chetga oqimini keskin kuchaytiradi. Shu jumladan, turli siyosiy inqiroz va urushlar 
natijasida majburiy migrantlar (qochoqlar, deportatsiya qilinganlar) sonining 
ko‗payishiga olib keladi. Sobiq Ittifoqning tarqalib kyetishi natijasida, nafaqat, 
Ittifoq tarkibidagi davlatlarda, balki unga qo‗shni bo‗lgan sotsialistik lagyer 
tarkibidagi davlatlarda siyosiy beqarorlik hollarining yuzaga kelishiga sabab 
bo‗ldi. Uning natijasida majburiy migrantlar soni ko‗paydi. Ekspyertlarning 
ma‘lumotiga ko‗ra MDH davlatlarida ayni paytda (2003 y.) 1,8 mln. qochoqlar va 
majburiy migrantlar mavjud
2

Ijtimoiy omillar.
Aholi migratsiyasini keltirib chiqaruvchi omillar ichida 
ijtimoiy omillar ham kattagina ahamiyat kasb etadi. L.L.Rыbakovskiy 
migratsiyaning ijtimoiy omillari deganda, migratsion jarayonga ma‘naviy 
omillarning ta‘sirini tushunadi
3
. M.Q.Qoraxonov migratsion jarayondagi ijtimoiy 
omillarni kishilarning malakasi va ma‘umoti qanchalik yuqori darajada bo‗lsa, 
uning migratsion harakatchanligi (mobilligi) Shunchalik tez va u ongli ravishda 
malakasidan samarali foydalanish mumkin bo‗lgan joyni qidiradi
4
. Shu jumladan, 
o‗qish va kasbiy malakani oshirish maqsadlari ham ko‗plab kishilarni, ayniqsa, 
yoshlarni migratsiya qilishlariga sabab bo‗ladi. 
Ijtimoiy omillar ichida etnik omillar ham o‗ziga xos mavq‘ega ega. Etnik 
omillarga - aholining an‘analari, urf-odatlari, tili, turmush tarzi kabilarni kiritish 
mumkin. Ularning har biri migratsiya jarayonini jadallashtirishi yoki 
sekinlashtirish mumkin. Jumladan, o‗zbek xalqining tarixan o‗troqligi, o‗z 
tug‗ilgan va o‗sgan joyiga bog‗liqligi, o‗rgangan qadriyatlari va turmush tarzini 
o‗zgartirishga moyil emasligi tufayli, sobiq Ittifoqdagi boshqa xalqlar ichida eng 
sust migratsion harakatchanligi bilan ajralib turadi. Biroq so‗nggi bir necha yil 
1
Yuqoridagi manba, 141- бет. 
2
Internet malumotlari - 
www.FromUz
.- sayt emmigrantov iz Uzbekistana. 
3
Рыбаковский Л.Л. Миграция населения: прогнозы, факторы, политика.- М.; 1987. 
4
Караханов М.К. Некапиталистический путь развития и проблемы народонаселения. -Т., 1982. 


224 
ichida migrantlar tarkibida o‗zbeklar salmog‗ining tobora ortib borayotganligini 
ko‗rish mumkin.
Til omili ham migratsiyaga sezilarli ta‘sir etadi. Kishilarning til bilish 
bilmasligi ham ularning migratsiya qilishiga yoki migratsiyadan tiyilib turishiga 
sabab bo‗ladi. Misol uchun 1989 yilda o‗zbek tiliga ―Davlat tili‖ maqomining 
byerilishi va davlat rasmiy idoralarida o‗zbek tilida ish yuritishning lozimligi 
ta‘minlanishi natijasida, o‗zbek tilini o‗rganishni hohlamagan yoki o‗rganmagan 
kishilarning boshqa hududlarga migratsiya qilishlariga sabab bo‗ldi. 
Ekologik omillar.
XX asrning o‗rtalaridan migratsiya omillari qatoriga 
ekologik omillar ham qo‗shildi va borgan sari uning ko‗lami tobora ortib 
bormoqda. Ekologik jihatdan o‗z hayotlariga havf tug‗iladigan joylardan 
kishilarning ko‗chib kyetishi tabiiy holdir. Misol uchun, O‗zbekistonda ikkita yirik 
ekologik havf o‗chog‗i mavjud. Bular Orol dengizining qurishi bilan bog‗liq 
ekologik xavf o‗chog‗i va Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegara 
hududlari (Tursunzoda alyuminiy zavodi atmosfyeraga chiqindilarni chiqarishi 
natijasida) bo‗lib, bu yerlardagi kishilar o‗zlarining va avlodlarining kelajak 
taqdirini o‗ylab boshqa ekologik jihatdan xavfsizroq hududlarga ko‗chib 
ketmoqdalar. Birgina O‗zbekistonning Orolbo‗yi hududlaridan 90-yillarda 
Qozog‗istonga- qariyib 30 ming, Turkmanistonga – 4 ming va O‗zbekistonning 
boshqa hududlariga qariyib 20 ming kishi ko‗chib ketishga majbur bo‗lishgan
1


Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish