195
Sunniylik
900 dan
ortiq
Tojikiston, Janubi-G‗arbiy Osiyo mamlakatlari
(Eron, Ozarbayjondan tashqari), Shimoliy, G‗arbiy
va
Sharqiy
Afrika
mamlakatlari,
Pokiston,
Afg‗oniston, Bangladesh, Malayziya,
Indoneziya,
Hindiston, Xitoy, Filippin
Shiyalik
100
ga
yaqin
Eron, Ozarbayjon, Iroq, Yaman
Buddizm
va
lamaizm
400 dan
ortiq
Xitoy, Mo‗g‗iliston, Yaponiya, Myanma, Tailand,
Vetnam, Kambodja, Laos, Malayziya, Shri-Lanka,
Koreya, Rossiya
Induizm
520
Hindiston, Nepal, Shri-Lanka
Konfutsiachilik
180
Xitoy
Sintoizm
70
Yaponiya
Maxalliy
an‘anaviy dinlar
G‗arbiy, Markaziy, Sharqiy,
Janubiy Afrika
mamlakatlari,
Janubiy
Amerika,
Okeaniya,
Indoneziya
Manba: Koпылов В.A. География населения. Учебное пособие.- M., 1999.
Hindixitoy
mamlakatlari
va
Shri-Lankada
aholining
ko‗pchiligi
buddistlardan iborat (Vetnamda – maxayana mazhabi, boshqalarda – txyeravada).
Shu bilan birga, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi maxayana buddizmidan
tashqari, bir vaqtning o‗zida boshqa dinlarga: jumladan, Xitoyda – konfutsiyalik va
daosizmga, Koreyada – konfutsiylikka, Yaponiyada – sintoizmga ham e‘tiqod
qiladilar. Mo‗g‗ulistonning xudojo‗y aholisi – lamaist buddistlardir.
Osiyoning faqat ikki mamlakati, ya‘ni, Filippin (asosan katoliklar) va Kiprda
(pravoslavlar) nasroniylar yetakchilik qiladi. Mazkur dinga sig‗inuvchilar Livan
aholisi yarmidan ozrog‗ini tashkil etadi (maronitlar). Osiyoda qabilaviy ibodat
izdoshlari soni izchil kamayib bormoqda. Xozirgi paytda ular faqat Janubiy va
Janubi-Sharqiy Osiyoning borish qiyin bo‗lgan tog‗li o‗lkalaridagina
saqlanib
qolgan.
Afrikaning barcha arab davlatlarida, Somali va Jibutida islomning sunniy
mazhabi hukmronlik qiladi. Sahroi Kabirdan janubda joylashgan bir qator
mamlakatlarda (Sudan, Chad, Nigyer, Yuqori Volta, Mali, Senegal, Gambiya,
Gvineya, Gvineya-Bisau,
Syerra-Leone, Libyeriya) musulmonlardan tashqari,
mahalliy dinlarga sig‗inuvchi muayyan guruhlar saqlanib qolgan. Efiopiya
aholisining 2/3 qismi nasroniylikning monofizit mazhabiga mansub. Nigyeriyada
196
musulmonlar asosan mamlakat shimolida joylashgan bo‗lib, aholining yarmidan
ko‗prog‗ini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu yerda
nasroniylar va mahalliy
dinlarga sig‗inuvchi guruhlar ham mavjud. Qit‘aning boshqa mamlakatlarida
nasroniylar (protestantlar va katoliklar) hamda mahalliy dinlarga sig‗inuvchi
guruhlar turlicha nisbatda taqsimlangan.
Umuman yer sharida saqlanib qolingan mahalliy dinlarga sig‗inuvchilarning
deyarli 80 foizi Afrikada jamlangan. Deyarli barcha Amerika mamlakatlarida
nasroniylik boshqa dinlardan ustunlik qiladi. AQSH va Kanadada protestantlar
ko‗p bo‗lib, ular o‗z navbatida, xilma-xil diniy oqim va sektalarga bo‗linib
ketganlar. Janubiy va Markaziy Amerika aholisining ko‗pchiligi – katoliklar. Vest-
Indiyaning bir orolida son jihatdan katoliklar ustun bo‗lsalar, boshqasida –
protestantlar. Kuba, Gayana, Surinam hamda Trinidad va Tobagoda katolik va
protestantlardan tashqari, induistlar va musulmonlarning ma‘lum guruhlari
joylashgan. Janubiy Amerikaning ichki hududlaridagi hindu qabilalari mahalliy
dinlarga sig‗inadilar.
Avstraliya va Okeaniyada xudojo‗ylarning katta qismini turli oqim va
sektalarga bo‗lingan protestantlar, ozroq qismini esa katoliklar tashkil etadi. YAngi
Kaledoniya, Guame hamda Uollis va Futun orollarida katoliklar protestantlarga
nisbatan ko‗proq. Fidjida nasroniylar bilan bir qatorda induistlar va musulmonlar
mavjud. Mahalliy dinlarning tarafdorlari asosan Vanuatu, Papua-Yangi Gvineya va
Avstraliya tubjoy aholisi orasida saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: