Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
Bog'liq
30 11

 
1.3.
 
Aholi geografiyasining asosiy bo‗limlari va tadqiqot metodlari 
 
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, sayyoramiz aholisi milodning boshlarida 
252 million kishini tashkil etgan, xolos. 1000 yilda dunyo aholisining soni 305 
millionga, 1500 yilda – 440 millionga etgan. XIX asrning oxirlarida dunyo 
aholisining soni 1 milliarddan oshib ketdi. Keyingi bir asr davomida, ya‘ni XX asr 
va XXI asrning boshlarida dunyo aholisi juda tez sur‘at bilan ko‗payib bordi. 
1900–1950 yillarda kurrai zamin aholisi har yili o‗rtacha 0,90 foizdan ko‗paygan 
bo‗lsa, 1950–2000 yillarda bu ko‗rsatkich 1,75 foizni tashkil etdi. Hozirgi davrda 
(2017 y.) dunyo aholisi 7,5 milliardni tashkil etmoqda. Aholi soni dinamikasidagi 
bunday o‗zgarishlar qator iqtisodiy, ijtimoiy va demografik omillar bilan bog‗liq 
albatta. Ulardan asosiylari aholi turmush tarzidagi, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi 
ijobiy o‗zgarishlar, o‗lim hollarining kamayishi va aholi o‗rtacha umr ko‗rish 
muddatining oshib borishidir. 
Qayd etilganidek, dunyoning alohida hududlarida aholining ko‗payib borishi 
va uning omillari, muammolari o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗lib, ularning 
yechimi ko‗pchilik aholishunos olimlar e‘tiborini tortdi. Aholining sotsial-iqtisodiy 
va demografik muammolari bo‗yicha qator tadqiqotlar olib borildi. Natijada, aholi 
muammolari bilan shug‗ullanuvchi fanlar tez sur‘atda ko‗paydi. Ularga falsafa, 
tarix, sotsiologiya, huquqshunoslik, psixologiya, etnografiya, tibbiyot, biologiya, 
demografiya, ekologiya, iqtisodiy geografiya va aholi geografiyasi kabi fanlar 
kiradi. Mazkur fanlar tadqiqot natijalari asosida aholi haqidagi bilimlar tizimi 
shakllanadi. Darhaqiqat, aholi qator fanlarning o‗rganish ob‘ekti hisoblanadi. 
Sababi, aholi – bu hayotning ishlab chiqarish va takror barpo bo‗lish jarayonlarida, 
tabiiy tarixiy ravishda shakllanuvchi va uzluksiz yangilanib turuvchi insonlar 
birligi, kishilik jamiyatining matyerial komponentidir
1

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida aholi insonlarning alohida tarixiy 
birligi sifatida namoyon bo‗ladi (qadimgi dunyo aholisi, quldorlik, feodalizm 
1
Демографический энциклопедический словарь.- М., 1985, c .268. 


23 
tuzum aholisi va h.k.). Bu hol aholining ijtimoiy jihatlarini yaqqol ifodalaydi. 
Aholining yana bir umumiy jihati makon tomoni bilan xarakterlanadi. Insonlar o‗z 
hayotlarida ma‘lum bir hududiy, ijtimoiy birlik bilan bog‗langandir. Masalan, 
hududiy birligi – materiklarning aholisi (Shimoliy Amerika aholisi, Osiyo aholisi, 
Yevropa aholisi....), davlatlar aholisi (AQSH aholisi, Rossiya aholisi, O‗zbekiston 
aholisi va h.k.)da ifodalanadi. Ma‘lum bir davlat aholisini o‗rganganda esa, 
hududiy birlik yana ham mukammallashadi. Masalan, O‗zbekiston aholisi, uning 
viloyatlari va tumanlari aholisi, shahar va qishloq aholisi birligida ifodalanadi. 
Aholining ijtimoiy birligi esa, ijtimoiy guruhlarda (qabila-urug‗, etnik, diniy, 
siyosiy va h.k.) o‗z aksini topadi. Shuningdek, ijtimoiy birlik haqida so‗z 
borganda, tarixiy davrlar – vaqt birligi ham muhimdir. Masalan, IX–X asrlarda 
Amir Temur davri aholisi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi aholisi va h.k. Demak 
ijtimoiy – vaqt va makon hududiy tadqiqotlarda aholini har qanday vaqt va hudud 
bo‗yicha ajratish imkonini beradi. Ma‘lumki, aholi geografiyasining asosiy ob‘ekti 
– aholi va aholi manzilgohlari, ya‘ni maskanlaridir. Ana shu nuqtai nazardan aholi 
geografiyasi aholishunoslik fanlari tizimida o‗z o‗rniga egadir. 
Aholini o‗rganishda tadqiqot ob‘ekti aholi bo‗lgan barcha fanlar o‗zaro 
bog‗liq holda bir-birining tadqiqot natijalariga asoslanib faoliyat ko‗rsatadilar. 
Faqat geograf yoki demograf, iqtisodchi yoki sotsiolog ―Nima uchun sayyoramizda 
yoki uning alohida hududlrida aholi ko‗payib yoki kamayib bormoqda?‖, 
―Kelajakda yer yuzida aholi ko‗payishi jarayonida qanday o‗zgarishlar 
kutilmoqda?‖, ―Aholining qishloqdan shaharga bo‗lgan migratsion oqimini qanday 
izohlash mumkin?‖ degan savollarga o‗zi javob bera oladimi? Agar u o‗z ilmiy 
yondoshuv natijalari asosida javob byersa ham, javob bir yoqlama bo‗lib qoladi. 
Bunday muammolarni mukammal hal etishda aholishunoslik fanlari tizimiga 
kiruvchi barcha fanlar tadqiqotlari natijalari va ular asosida shakllangan 
aholishunoslik bilimlar tizimi zarurdir. Mazkur tizimni quyidagi sxema 
ko‗rinishida ifodalash mumkin
1

1
Система знаний о народонаселении. - М., 1991. C. 16


24 
Keltirilgan chizmaga ko‗ra aholi geografiyasi bevosita aholining umumiy 
nazariyasi, demografiya va u orqali barcha demografiyaga tutash fanlar bilan 
aloqadorligini kuzatish mumkin. Ma‘lum bir hudud yoki davlat aholisi soni, tarkibi 
va takror barpo bo‗lishini, aholi maskanlarining (shahar va qishloqlar) 
shakllanishining hududiy xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganar 
ekan, aholi geografiyasi aholishunoslik bilimlar tizimidagi barcha fanlar tadqiqot 
natijalaridan foydalanadi. O‗z navbatida, tizimdagi qayd etilgan fanlar aholi 
geografiyasi tadqiqot natijalariga ham asoslanadi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish