2- MAVZU: AHOLI TO‗G‗RISIDA MA‘LUMOTLAR MANBALARI.
AHOLI RO‗YXATI
Reja:
2.1. Aholi to‗g‗risida ma‘lumotlar manbalari
2.2. Aholining joriy statistik hisobi
2.3. Aholi ro‗yxati: talablar, vazifalar, tamoyillar
29
2.1. Aholi to‗g‗risida ma‘lumotlar manbalari
Aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni o‗rganishda maxsus
ma‘lumotlardan foydalaniladi. Bu ma‘lumotlar demografik ma‘lumotlar, deb
yuritiladi. Demografik ma‘lumotlar quyidagicha:
hududlar bo‘yicha
(dunyo, qit‘a,
alohida davlat, shahar, qishloq, tuman)
turli tarixiy davrlar
uchun (tarixiy,
retrospektiv, joriy va prognoz),
miqyosi va milliyligi
bo‗yicha (milliy, xalqaro),
olinish manbasining xususiyatiga
ko‗ra (rasmiy statistik, rasmiy nashrlar,
to‗plamlar, ilmiy tadqiqotlar, kitoblar), aholining turli
ijtimoiy guruhlari
(millatlar,
ishchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar va h.k.) bo‗yicha ajratiladi.
Demografik ma‘lumotlar birlamchi va ikkilamchi xaraktyerga egadir.
Bularga aholi va demografik jarayonlarga oid nashr etilgan raqamli ma‘lumotlar,
ilmiy manbalar, maxsus tadqiqot natijalari kiradi.
Birlamchi ma‘lumotlar
– demografik jarayonlar haqida to‗plangan
dastlabki statistik, jadvallar va maxsus ko‗rsatkichlar.
Ikkilamchi ma‘lumotlar
birlamchi ma‘lumotlar asosida olib borilgan ilmiy
tahlil va hisob – kitoblar. Demografik jarayonlarni o‗rganishda juda ko‗p
ma‘lumotlardan foydalaniladi. Bu ma‘lumotlarning asosiy manbalari quyidagilar:
har 10 yilda, ba‘zi davlatlarda har 5 yilda muntazam o‗tkazilib turiladigan
aholi ro‗yxatlari;
demografik jarayonlarning joriy statistik hisobi (tug‗ilish, o‗lim, nikoh va
ajralish, aholi migratsiyasi);
joriy registrlar va kartotekalar;
maxsus va tanlama tadqiqotlar.
Ko‗pgina davlatlarda demografik ma‘lumotlar statistika tashkilotlari
tomonidan to‗planib boriladi. To‗plangan demografik ma‘lumotlar o‗rganilayotgan
hududning demografik holatini o‗rganish, demografik jarayonlar bilan bog‗liq
ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni hal etishda, demografik prognozlarini ishlab
chiqishda ilmiy asos bo‗lib xizmat qiladi. Demografik ma‘lumotlarni aholini
ro‗yxatga o‗tkazish yoki maxsus sotsiologik tadqiqotlar orqali to‗plash uchun har
30
bir davlat, ilmiy tashkilotlar oldindan ilmiy asoslangan dastur tuzadi va ana Shu
dastur asosida ish olib boradi.
Aholini hisobga olishda to‗plangan ma‘lumotlarni aniqligi, to‗la qamrovi va
muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O‗zbekiston aholisi soni tarkibi haqida
ma‘lumotlar to‗planganida, tug‗ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi
aholi soni, eng kichik mahalla, qishloq, tuman, viloyat va Shaharlar aholisi,
ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma‘lumotlar aniq va har bir yil, davr
uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.
Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
holatlari hisobga olinib, ma‘lumotlar muntazam to‗planib boriladi. Hozirgi davrda
aholini hisobga olishning asosiy to‗rt turi mavjuddir:
-
aholi ro‗yxati o‗tkazish;
-
demografik jarayonlarning doimiy ro‗yxatga olish;
-
tanlama va sotsiologik-demografik tadqiqotlar;
-
aholining turli ro‗yxatlari va registrlari.
Aholi soni ma‘lum bir hudud (yer shari, qit‘alar, davlat, viloyat, tuman,
hudud, aholi maskani) aholisi miqdorini ifodalaydi. Masalan 2017 yilda yer shari
aholisi soni
7,5
milliard, Afrika qit‘asi aholisi 1,2 milliard, O‗zbekiston davlati
aholisi esa 32,4 million kishini tashkil etgan1. Aholi sonini hisoblaganda o‗troq
aholi uchun ma‘muriy chegara, ko‗chmanchi aholi uchun esa areallar asos qilib
olinadi. Demografiyada aholi soni, eng umumiy asosiy ko‗rsatkich bo‗lib, aniq bir
davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma‘lum bir
sanaga (1-yanvar, 1-iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi. Masalan, O‗zbekiston aholisi
1991 yil 1 yanvarda 20708,2 mingni, 2000 yil 1 yanvarda esa – 24487,7 mingni,
2018 yilda 32653,9 ming tashkil etdi. Bu ko‗rsatkichlarni butun yil uchun qabul
qilib bo‗lmaydi, chunki, yil davomida, ya‘ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar aholi
soni tug‗ilish, o‗lim va migratsiya hisobiga muntazam o‗zgarib turadi.
1
Демографический ежегодник Узбекистана 2002. - Ташкент – 2003. С. 29; 36.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |