Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Yer sharidagi asosiy etnoslarning joylanish geografiyasi



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169
Bog'liq
30 11

 
8.2. Yer sharidagi asosiy etnoslarning joylanish geografiyasi 
Etnik integratsiyalashuv, ya‘ni turli etnoslarning yaqinlashuvi asosan 
ko‗pmillatli davlatlarda sodir bo‗ladi. Bunday mamlakatlarda milliy muammolarni 
hal etishning muhim sharti – xalqlarni madaniy va xo‗jalik jihatdan yaqinlashtirish 
hisoblanadi. Bunday integratsiyalashuv etnik birliklar soni hamda ularning tiplari 
bo‗yicha o‗zgarishlarga olib keladi. U yoki bu mamlakat aholisi milliy tarkibiga 
tavsif berishda umumiy hududga, til va madaniyatga ega, tarixiy shakllangan 
kishilar guruhini anglatuvchi ―xalq‖ tushunchasi keng qo‗llaniladi. Ba‘zi hollarda 


174 
bu tushuncha (Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlari) millat va elatni, boshqa 
holatlarda elat, o‗zaro yaqin qabilalar guruhi, hatto alohida qabilani (Afrika, Osiyo 
va Okeaniyaning ayrim mamlakatlari) anglatadi. 
Dunyo aholisining etnik tarkibi tinimsiz o‗zgarib turibdi; ba‘zan yangi etnik 
birliklar paydo bo‗lmoqda. Biroq, umuman konsolidatsiya va assimilyasiya jahon 
xalqlari umumiy sonining qisqarishiga olib keladi. Hatto, bir necha asr ilgari 
millatlarning shakllanishi boshlangan Yevropada bir qancha etnoslar (gellar, frizlar 
va boshqalar) asta-sekin yo‗q bo‗lib ketdilar. Afrika, Osiyo va Lotin 
Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu jarayon jadal davom 
etmoqda. 
Xalqlarning joylashuvida ham o‗zgarishlar kuzatilmoqda. Yer shari bo‗ylab 
ko‗pchilik xalqlar kompakt bo‗lib yashaydilar. Milliy aralash aholi, avvalo etnik 
chegaralar yoqasida joylashgan hududlar uchun xos bo‗lib, bunday aralashuv 
o‗xshash tillarda so‗zlashadigan va madaniy-maishiy munosabati yaqin bo‗lgan 
qo‗shni xalqlarda ayniqsa, kuchli bo‗ladi. Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish 
darajasi yuksalib borgan sari, shunga mos holda, ularning milliy tarkibi ham 
murakkablashib boradi. Jumladan, qishloq joylarga nisbatan shaharlar aholisining 
milliy tarkibi xilma-xildir. Shahar qancha katta bo‗lsa, aholining milliy tarkibi 
shuncha rang-barang bo‗ladi. Shahar aholisining milliy xilma-xilligi muhojirlarni 
ko‗p qabul qiladigan mamlakatlar uchun xosdir, chunki yangi ko‗chib 
kelganlarning asosiy qismi shaharlarda o‗rnashadilar. 
AQSH Shahar aholisi milliy tarkibining tahlili bu holatni to‗la-to‗kis 
tasdiqlaydi. Ushbu mamlakat shaharlarida assimilyasiyalashmagan muhojirlar 
salmog‗i o‗rtacha mamlakat ko‗rsatkichiga nisbatan 2,5 barobar yuqori. Janubi-
Sharqiy Osiyo Shaharlarida tubjoy millatlarga mansub kishilardan tashqari, 
aholining anchagina qismini xitoylar va hindlar tashkil qiladi; ular bu yerda savdo, 
hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarishida band. Arab davlatlari va 
Afg‗onistonda ham hindlar asosan Shaharlarda yashab, savdo va hunarmandchilik 
bilan Shug‗ullanadilar. 


175 
Tojiklar, o‗zbeklar, turkmanlar va afg‗onlar keng tarqalgan Shimoliy 
Afg‗oniston shaharlarida tojiklar ko‗pchilikni tashkil etadi. Afg‗onlar ko‗p 
yashaydigan hududlardagi shaharlarda, jumladan Qobulda ham ular ulushi yuqori. 
Xitoyning ko‗pchilik shaharlarida (kamsonli millatlar yashaydigan hududlarda 
ham) xitoylar, qisman xuey va manchjurlar, faqat Sinszyan okrugi shaharlarida 
uyg‗urlar, Tibet shaharlarida esa tibetliklar ko‗pchilikni tashkil qiladi. Umuman, 
ko‗pmillatli davlatlarda nisbatan yirik yoki iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan 
millatlarning vakillari shahar aholisining asosiy qismini tashkil etadi. 
Qishloq joylardagi milliy aralashuv ikki yoqlama tavsif kasb yetishi mumkin. 
Faqat ikki va undan ortiq xalq bitta aholi punktida yashaydigan bo‗lsagina, ularni 
milliy jihatdan xaqiqiy aralash hudud, deb hisoblash mumkin (bu sohadagi eng 
yaqqol misol – Malayziya bo‗lib, ularda eng kichik qishloqlargina bir millatlidir). 
Odatda muayyan hududda ko‗plab xalqlar joylashgan bo‗lib, ularning har biri o‗z 
qishloqlariga ega bo‗ladi. 
Siyosiy chegaralar ko‗pincha milliy chegaralarga mos kelmaydi. Ehtimol, 
millat shakllanishi bilan davlatning paydo bo‗lishi bilan bir vaqtda ro‗y bergan 
G‗arbiy Yevropa hamda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun bu hodisa odatiy 
holdir. Boshqa mintaqalardagi juda ko‗p xalqlar ikki va undan ortiq davlatlar 
hududida yashaydilar hamda ularning orasi davlat chegaralari bilan ajratilgan. Bir 
millatli davlatlar juda kam uchraydi (ayrim G‗arbiy Yevropa va Arabiston yarim 
oroli mamlakatlari, Yaponiya, Koreya, Bangladesh). Ko‗pchilik dunyo 
mamlakatlari ko‗pmillatli bo‗lib, ularning ba‘zilarida (Rossiya, Hindiston, 
Indoneziya, Xitoy, Eron, Nigyeriya va b.) o‗nlab va hatto yuzlab xalqlar 
yashaydilar. Xozirgi paytda migratsion jarayonlarning keng quloch yoyishi bois, 
bir millatli mamlakatlarda ham hech bo‗lmasa kamsonli millatlarning kichikroq 
guruhi uchraydi. Masalan, Yaponiyada XX asrning 20-40 yillarida ko‗chib borgan 
koreyslarning avlodlari yashaydi va ularning soni taxminan 500-600 ming kishini 
tashkil etadi. 
Ta‘kidlash joizki, ―kamsonli millat‖ tushunchasi bir xil ma‘noni anglatmaydi. 
Ko‗p hollarda ushbu tushuncha ostida yirik xalqning asosiy qismidan ajralib 


176 
qolgan kichikroq guruhi tushuniladi. Masalan, Turkiyadagi greklar, Italiyadagi 
albanlar, Qirg‗izistondagi o‗zbeklar va h.k. Ba‘zi holatlarda ushbu tushuncha o‗z 
davlatiga ega bo‗lmagan millatlarga nisbatan qo‗llaniladi (masalan, Ispaniya va 
Fransiyada basklar, Fransiyada bretonliklar, Turkiya, Iroq va Suriyada kurdlar, 
Xitoyda uyg‗urlar, Eron, Pokiston, Afg‗onistonda beludjilar va h.k.). Boz ustiga, 
mazkur xalqlar o‗z etnik hududlarida ko‗pchilikni tashkil qiladi. 
Aholi milliy tarkibini aniqlash murakkab jarayon bo‗lib, unga ko‗plab omillar 
xalaqit beradi. Jumladan, hatto milliy tarkib bo‗yicha to‗liq statistik ma‘lumotlar 
bo‗lgan taqdirda ham ko‗pchilik mamlakatlarda assimilyasiya va konsolidatsiya 
jarayonlarining oxiriga etmaganligi tufayli milliy o‗zlikni anglash darajasi oraliq 
bosqichda bo‗lgan kishilar guruhi aholining katta qismini tashkil qiladi. 
Ta‘kidlash joizki, ko‗pchilik mamlakatlarda aholi ro‗yxatlari va uni hisobga 
olishning boshqa shakllari bir taraflama bo‗ladi. Ayniqsa, Osiyo, Afrika va qisman 
Lotin Amerikasining ichki hududlarida saqlanib qolgan mayda etnik birliklarni 
(qabilalarni) ajratishda katta muammolar kelib chiqadi. Bunday qabila birliklari 
orasida aniq chegaraning o‗zi yo‗q. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish