Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   169
Bog'liq
30 11

Etnodiniy
metaetnik birliklar ham uchraydi. Masalan, induizm Janubiy 
Osiyoda juda ko‗p xalqlarning ijtimoiy va madaniy hayotiga katta ta‘sir 
ko‗rsatgan, hozirda esa ushbu mintaqada hind xalqlari yagona birlik sifatida 
shakllanmoqdalar. Filippin janubida islomning tarqalishi Moro xalqlari, deb 
nomlangan alohida etno diniy guruh shakllanishiga olib keldi. Filippindagi boshqa 
yirik xalqlarning birlashuvi esa nasroniylik dini ta‘siri ostida ro‗y byerdi. 
Bir necha kichik etnoslar bitta kattasiga qo‗shilganligi yoki kichik etnik 
birliklarning yirik xalq ichida yo‗q bo‗lib ketganligi haqida tarix guvohlik beradi, 
ya‘ni turli hududlarda va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda etnik birlashish 
jarayonlari sodir bo‗lgan. Biroq, unga teskari jarayon, ya‘ni etnik bo‗linish sinfiy 
jamiyatgacha bo‗lgan davrda ko‗proq sodir bo‗lgan. Bu davrda aholining o‗sishi 
qabilalarning parchalanishiga va kishilarning yer shari bo‗ylab tarqalishiga olib 
kelgan. Dunyoning ayrim qismlarida etnik bo‗linish jarayoni hozir ham davom 
etmoqda. Xususan, Yevropaliklarning Amerika, Avstraliya va qisman Afrikaga 
ko‗chishi oqibatida, bu yerlarda yangi etnoslar shakllandi. Ba‘zan davlat 


172 
chegaralaridagi o‗zgarish tufayli etnoslarning bo‗linishi ham yangi xalqlarni 
vujudga keltiradi. 
Etnik birlashuv jarayonlari bir necha xil bo‗ladi: konsolidatsiya, 
assimilyasiya va etnik integratsiya. Ba‘zan etnik rivojlanish ancha murakkab 
bo‗lib, bu jarayonlarning barchasi bir vaqtda sodir bo‗ladi. 
Konsolidatsiya
– bu o‗zaro yaqin bir necha etnoslarning (qabila, elat) bitta 
yirik xalqqa qo‗shilishi yoki mavjud xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishi bo‗yicha yanada jipslashuvidir. Xalqlarning tili va madaniyati o‗zaro 
yaqin bo‗lsa konsolidatsiya jadal ro‗y beradi. Etnoslar rivojlanishning quyi 
pog‗onalarida qolib, millat sifatida shakllana olmagan hududlarda bu jarayon sodir 
bo‗ladi (masalan, Dog‗iston va Oltoydagi kichik elatlar va h.k.). 
Konsolidatsiya jarayoni ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin, 
mustamlaka tizimi parchalanishi bilan keng quloch yoydi. Milliy ozodlik harakati 
natijasida, ularning siyosiy mustaqillikka erishishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, 
xo‗jalik tuzilmasidagi o‗zgarishlar, jumladan ko‗chmanchilik o‗rniga o‗troq 
turmush tarzining yuzaga kelishi – bularning barchasi etnik konsolidatsiyani, 
milliy o‗zlikni anglashni jadallashtirdi. Yaqin o‗tmishda ko‗pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun xos bo‗lgan etnik xilma-xillik hozirda susayib bormoqda. 
Qabilalar va lokal etnik guruhlardan elatlar va millatlar shakllanmoqda. Masalan, 
Afrikadagi bir necha qabila uyushmalaridan xausa, yoruba, ibo kabi taniqli elat va 
millatlar vujudga keldi. Hindiston, Filippin va boshqa Osiyo mamlakatlarida 
konsolidatsiya jadal ro‗y bermoqda. 
Ayrim millatlar shakllanishiga siyosiy vaziyatlar, birinchi navbatda, alohida 
davlatlarning paydo bo‗lishi katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bu narsa, masalan, 
flamandlardan ajralib chiqqan gollandlarga tegishli. Ikkita mustaqil davlat – 
Germaniya va Avstriyaning paydo bo‗lishi bir tilda gaplashadigan alohida 
millatlarni vujudga keltirdi. Deyarli barcha Lotin Amerikasi millatlari mustaqil 
davlatlar doirasida shakllandilar, Shuning uchun ulardagi siyosiy chegara etnik 
chegara bo‗lib ham xizmat qilmoqda. 


173 
Assimilyasiya mohiyati shundaki, biron-bir xalqning alohida guruhi yoki 
butun bir xalq uzoq vaqt davomida boshqa xalq orasida yashab, uning tili va 
madaniyatini o‗zlashtiradi hamda o‗zini avvalgi etnik birlikka mansub ekanini 
inkor qiladi. Milliy o‗zlikni anglashdagi o‗zgarishlar bu jarayonning oxirgi 
bosqichi hisoblanadi. 
Assimilyasiya asosan iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos bo‗lib, 
undagi aholi millat sifatida allaqachon shakllangan. Ushbu kishilar orasida 
yashaydigan kamsonli milliy guruhlar esa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish 
bo‗yicha ancha orqada. Bu jarayon kamsonli millatlarga ham, muhojirlarga ham 
tegishli. Muhojirlarning assimilyasiyalashuvi ko‗pgina omillarga bog‗liq: ularning 
tubjoy aholisi bilan tili va madaniyatidagi o‗xshashliklar, ko‗chib kelganlarning 
milliy jipslik darajasi, ularning o‗z vatanlari bilan siyosiy va madaniy aloqalarini 
saqlanib qolganligi, qabul qilgan mamlakat hududidagi joylashuvi (aralash yoki 
kompakt, shahar yoki qishloq), irqiy tafovutlar, mamlakatdagi boshqaruvchi 
kuchlarning u yoki bu muhojir guruhlarga munosabati va h.k. 
Assimilyasiyaning tabiiy va majburiy turlari mavjud. Tabiiy assimilyasiya 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarining rivojlanishi jarayonida o‗z oqimi bilan 
sodir bo‗ladi. Majburiy assimilyasiya esa milliy notenglik mavjud bo‗lgan 
davlatlarda kamsonli millatlarning tili va madaniyatiga butunlay barham berishga 
yo‗naltirilgan reaksion assimilyasiya siyosati natijasidir. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish