Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169
Bog'liq
30 11

Urbanizatsiya
 
– (lotincha urbanus – shahar) – shaharlashish, ya‘ni 
shaharlarning o‗sishi va ko‗payishi. Bu jarayon fan-texnika inqilobi davrida keskin 
kuchayib, shahar aholisining ko‗payishiga, shahar turmush tarzining keng 
tarqalishiga sabab bo‗ladi
1
.
BMT bergan statistik ma‘lumotlarda hozirda dunyo aholisining teng yarmi 
shaharlarda yashaydi, ya‘ni 2009 yilda yer shari aholisining 50 foizi shaharlarga 
to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 2017 yilda 54 foiz dunyo aholisi shaharlarda yashadi va bu 
ko‗rsatkich 2030 yilda 60 foizni, ya‘ni 3 milliarddan 5 milliardgachani tashkil 
etadi. Bunday shahar aholisining o‗sishi faqat tabiiy ko‗payish hisobiga ro‗y 
beradi. 2000-2030 yillar orasida yiliga 1,8 foizdan ortib boradi, bu global o‗sishdan 
ikki marta ko‗p degani. Shuningdek, bugungi kunda dunyoning 20 ta shahrida 10 
million kishi yashamoqda (15 tasi rivojlanayotgan davlatlarda) bu jahon 
aholisining 4 foiziga teng. 2015 yilda shunday liga shaharlar 22 taga etadi va 
ularda 5 foiz dunyo aholisi yashaydi
2

Davlatlar o‗rtasida shahar aholisi ustun bo‗lgan mintaqalarga rivojlangan 
davlatlarni kiritish mumkin. Masalan, Yevropa aholisining 74 foizi shaharlarga 
to‗g‗ri keladi, Osiyoda bu ko‗rsatkich 49 foiz (2017 yil), Yaponiya (94 foiz), 
Koreya respublikasi (83 foiz), Singapur (100 foiz), Malayziya (75 foiz), Eron (73 
foiz), Quvayt (98 foiz), Baxreyn (100 foiz) va qator G‗arbiy Osiyo mamlakatlari 
aholisining hududiy tarkibida shahar aholisi ustunlik qiladi.
Dunyoda shahar aholisining soni to‗xtovsiz o‗sishida davom etmoqda. 
Jumladan, 1900 yilda shahar aholisi jami aholining 3 foizini, 1860 yilda – 6,4 
foizni, 1990 yilda – 19,6 foiz, 1990 yilda 43 foiz, 2005 yilda esa 48 foiz, 2017 
yilda 54 foizni tashkil qilgan. Bundan aholining shaharlarda konsentrasiyalashuvi 
ya‘ni, mujassamlashuvi tezlashganini kuzatamiz. Urbanizatsiyaning umumiy 
ko‗rsatkichi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasini belgilaydi va o‗z 
navbatida, ular orasidagi aloqadorlik mohiyatini ifodalaydi. Chunonchi, agar 
1
Ғуломов П. Жўғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. -Тошкент ―Ўқитувчи‖, 1994. Б.112. 
2
Народонаселение мира 2004 в году. -2004. C. 29-30. 


256 
urbanizatsiya darajasi taxminan 70-75 foiz va undan ortiq bo‗lsa, u holda 
mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat; 50-70 
foiz industrial-agrar; 30-50 foiz - rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan 
past, sust rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. 
Binobarin, urbanizatsiya darajasi bo‗yicha mamlakatlarni solishtirganda 
quyidagilarga e‘tibor berish lozim: 
-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, aholi soni); 
-shaharlarning umumiy soni va zichligi; 
-yirik shaharlarning mavjudligi; 
-shahar aglomyeratsiyalarining rivojlanganligi; 
-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya; 
-aholining bandlik darajasi, tarkibi va x.k. 
Bulardan shahar aholi salmog‗i urbanizatsiya darajasini ifodalovchi asosiy 
ko‗rsatkich bo‗lib, u yer sharining barcha hududlarida urbanizatsiya jarayonining 
borishini ko‗rsatadi. Jumladan, urbanizatsiya darajasining ahamiyatli tomonlarini 
quyidagilarda yaqqol ko‗rish mumkin: 
1.
Urbanizatsiya darajasi 10 % bo‗lsa, bunday hudud urbanizatsiyalashmagan 
bo‗ladi. Qishloq aholi manzilgohlari bilan shahar aholi manzilgohlari 
orasidagi farq deyarli bo‗lmaydi. Qishloq turmush tarzi aks etadi va shahar 
aholi soni yoki shaharliklar hissasi juda sekinlik bilan ko‗payadi; 
2.
Agarda urbanizatsiya darajasi 25 % dan past bo‗lsa, qishloq aholi 
manzilgohlari ustunligi seziladi, hudud kuchsiz urbanizatsiyalashgan 
hisoblanadi. Ammo shahar turmush tarzi aks eta boshlaydi, oqibatda, shahar 
aholisi tezlik bilan ko‗payadi, ommaviy shahar aholi manzilgohlari paydo 
bo‗la boshlaydi. shahar va qishloq aholi manzilgohlari o‗rtasidagi farq 
kattalasha boradi; 
3.
Urbanizatsiya darajasi 50 % ga etsa, shahar aholisining qishloq aholisidan 
ustunligi seziladi, hudud o‗rta urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Shahar 
aholi soni va o‗sish sur‘ati katta bo‗ladi, shahar aholi manzilgohlari 
qishloqlardan yaqqol ajralib turadi; 


257 
4.
Urbanizatsiya darajasi 75 % ni tashkil etganda, shaharlar qishloqlardan aniq 
farq qiladi, shahar turmush tarzi qishloq joylarga ham tarqala boshlaydi. 
Shahar aholisining hissasi va aholi o‗sish sur‘ati birdan sekinlashadi;
5.
Mintaqa, mamlakat, hudud aholisida shahar aholisi hissasi 90 % bo‗lsa, 
to‗liq urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Shahar turmush tarzi barcha qishloq 
aholi manzilgohlariga tarqaladi, qishloq bilan shahar orasidagi farq yana 
butunlay yo‗qoladi. Aholi soni va salmog‗i juda sekinlik bilan o‗sadi, hatto 
ba‘zi hollarda kamaya boradi
1
.
Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda aynan shahar aholisi salmog‗ida 
kamayish hodisasi ro‗y bermoqda. Yevropa davlatlari deyarli hammasida shahar 
aholisi jami aholining 50 foizdan ko‗pini tashkil qiladi (2017 y.). Faqatgina, 
Albaniya 56 foiz, Bosniya va Gyersegovina aholisining esa 40 foizi shahar aholisi 
hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa davlatlaridan Daniya (72 foiz), 
Shvetsiya (84 foiz), Angliya (80 foiz), Germaniyani (73 foiz) to‗laligicha 
urbanistik tavsifga ega deyish mumkin.
Urbanizatsiya darajasining keskin farq qilishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar 
muhim o‗rin tutadi. Biron-bir mamlakat, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
qanchalik yuqori bo‗lsa, o‗sha joyda urbanizatsiya darajasi, shahar aholisi salmog‗i 
katta bo‗ladi. Ayrim hollarda tabiiy omillar tufayli ham urbanizatsiya darajasi 
ko‗tarilishi mumkin. Masalan, istiqbolli foydali qazilma konlari, qulay iqtisodiy 
geografik o‗rin va x.k. 
Shulardan iqtisodiy geografik o‗rni (IGO‗) shahar va shahar aholi 
manzilgohlari tarkib topishida muhim omil hisoblanadi. Ma‘lumki, IGO‗ 
mikro, 
mezo va makro
darajada ajratib ko‗rsatiladi. Shahar aholi manzilgohlari paydo 
bo‗lishida, IGO‗ning mikrodarajadagi ahamiyati katta mavqega ega bo‗ladi. Uning 
mezo va makrodarajadagi ahamiyati esa keyinchalik shaharchalarning rivojlanishi 
va yirik markazlarga aylanishida muhim o‗rin tutadi. Binobarin, ayrim 
shaharlarning mikrodarajadagi o‗rni noqulayligi uning asta-sekin yo‗q bo‗lib 
kyetishiga olib kelishi mumkin. Shaharlarning mezodarajada o‗rni qulayligi uning 
1
Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. - М.: Маркетинг, 1999.-С.117. 


258 
yirik va katta shaharlarga aylanishiga zamin bo‗lishi mumkin. Agarda bu aksincha 
bo‗lsa, shahar kichik xolatida qolavyeradi.
Shaharlar IGO‗nini to‗rtta bosqichga ajratish tavsiya etiladi: 
mikro o‗rni- yaqin shahar atrofiga nisbatan o‗rni; 
mezo o‗rni- mamlakat katta bir qismiga yoki uncha katta bo‗lmagan davlatga 
nisbatan o‗rni; 
makro o‗rni- yirik davlat chegaralariga nisbatan o‗rni; 
mego o‗rni - dunyo miqyosida yoki uning yirik regionlariga nisbatan tutgan 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish