Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

mavjud aholi —
ro'yxatga olish vaqtida
ma’lum hududda
bo‘lgan jami aholi,  shu
jumladan,  vaqtinchalik
yashab turgan
aholi;
doimiy aholi — ma’lum
hududda ro‘yxatga olish
vaqtida doimiy yashovchi
aholi.
vaqtinchalik yashovchilar —
bu mazkur hududda doimiy
yashab qolishni istamagan, 
lekin bu yerda ro‘yxatga olish
davrida bo’lgan aholi. 
yuridik (q a y d  etilgan)  aholi.  
Unga muayyan hududda shu
mamlakat qonunlariga ko‘ra qayd
etilgan aholi kiradi. 
   
2.3. - Rasm. Aholi ro‘yxati o‘tkazishda aholining toifalari 
 
O‘rta asrlarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlarida esa, asosiy e’tibor xo‘jaliklarga 
qaratiladi.  Xo‘jaliklar  haqida  maxsus  kadastr  kitoblarida  ma’lumotlar  to‘plab 
boriladi.
 
  Bu  davrda  aholi  muntazam  ro‘yxatga  olinmagan.  Faqat  alohida 
sharoitlarda  ba’zan  yoppasiga  tarqalgan  epidemiyalardan  yoki  urushlardan  keyin 
qancha aholi qolganligini bilish uchun aholi ro‘yxatlari o‘tkazilgan.  
XVII  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  Yevropada  milliy  davlatlarning  paydo 
bo‘lishi  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  rivojlanishi  bilan  aholi  haqida 
mukammalroq  ma’lumotlarga  talab  ortib  boradi  va  qator  aholi  ro‘yxatlari 
o‘tkaziladi.  O‘sha  kezlardagi  aholi  ro‘yxati  o‘tkazish  tarixini, uning  ma’zmun  va 
mohiyatiga bog‘liq holda uch davrga ajratish mumkin.  
Birinchi davr XVII asrning oxiri, XIX asrning boshilarini o‘z ichiga oladi va 
ushbu davrda aholi ro‘yxati o‘tkazishni tashkil etish hamda dasturini tuzishga asos 
solinadi. Dasturda aholi ro‘yxati qonun qoidalari ishlab chiqilgan unga ko‘ra aholi 
ro‘yxati  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqdan  boshlab  eng  keksa  guruhgacha  qamrab 
olinishi lozim  bo‘lgan.  Mazkur dastur  asosida  aholi  ro‘yxati 1790  yildi  AQSHda, 


 
40 
1801  yili  Fransiya,  Daniya,  Norvegiya  hamda  Angliyada  o‘tkaziladi.  Aholi 
ro‘yxatlari  ham  oddiy  dasturga  asoslangan  bo‘lib,  ularni  o‘tkazish  juda  uzoq 
cho‘ziladi.  Masalan,  birinchi  Amerika  aholi  ro‘yxati  18  oyga  cho‘zilagan.  Bu 
davrda  aholi  soni  va  tarkibida  qator  o‘zgarishlar  bo‘lishi  tabiiy  albatta.  Ikkinchi 
davr  XIX  asrning  yarmi  va  XX  asrning  birinchi  yarmini  o‘z  ichiga  oladi.  Bu 
davrda statistika fan sifatida taraqqiy etadi, qator davlatlarda statistika tashkilotlari 
tuziladi. Aholini ro‘yxatga olish dasturlari ilmiy asosda ishlab chiqiladi.  
Mukammal  aholi  ro‘yxati  maxsus  dastur  asosida  bir  kunda  o‘tkazilib  va 
barcha (erkak va ayol) aholini qamrab olishi kerak. Ana shunday aholi ro‘yxatlari 
ikkinchi davrda Yevropa va Amerikaning barcha davlatlarida, Osiyo va Afrikaning 
ba’zi davlatlarida o‘tkaziladi. 1870-1879 yillarda dunyoda 48 ta, 1890 yillarda esa 
57  ta  davlatida  shu  tartibda  aholi  ro‘yxati  o‘tkazildi.  XIX  asr  oxirida  dunyo 
aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshlarida bu ko‘rsatkich-54 
foizni tashkil etdi
1

Uchinchi davr XX asrning o‘rtalaridan boshlanib, hozirgacha bo‘lgan davrni 
o‘z  ichiga  oladi.  Unda  aholini  ro‘yxatga  olish  dasturi  yana  mukammalashadi, 
geografiyasi  kengaydi.  Osiyo  va  Afrikada  mustaqillikka  yerishgan  qator 
davlatlarda  aholi  ro‘yxatlari  o‘tkazildi.  1970  yillarda  Arabiston  yarim  orolidagi 
davlatlarda  va  Afg‘onistonda  dastlabki  aholi  ro‘yxatlari  o‘tkazildi.  1965-1974 
yillarda  esa  dunyodagi  179  davlatda  aholi  ro‘yxatga  olindi.  XX  asrda  aholi 
ro‘yxatini ilmiy manba sifatida, tahlil etish takomillashdi
2

Hozirgi paytda dunyoda deyarli barcha davlatlarda aholini ilmiy asoslangan 
dasturlar  asosida,  juda  keng  mavzularni  qamrab  olgan  holda,  har  5-10  yilda 
ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yilgan. Aholi ro‘yxatida, aholi haqida asosan demografik 
(jinsi,  tug‘ilgan  yili  yoki  yoshi,  oilaviy  holati,  nikohga  kirgan  yoshi  farzandlari 
soni),  iqtisodiy  (bandligi,  iqtisodiy  faoliyati,  xo‘jaligi,  daromadi),  ma’lumotlilik, 
diniy  mansubligi)  va  boshqa  ma’lumotlar  to‘planadi.  Olingan  ma’lumotlar  texnik 
vositalar  yordamida,  har  bir  yo‘nalishlar  bo‘yicha  alohida  o‘rganilib,  statistik 
                                                 
1
 Бўриева М.Р. Демография асослари. – Тошкент., 2001, 18 бет. 
2
 Газулов А.И. Переписи население СССР и капиталистических стран. -  М., 1936., Боярский А.Я. Перепеси 
населения в капиталистических странах. - М., 1938., Урланис Б.И. История американских цензов 1970 г. - 
М., 1976; Всесоюзная  перепись населения 1979 г., - М., ва бошқалар. 


 
41 
yilnomalarda  chop  etiladi.  Ana  shunday  aholi  ro‘yxatlari  O‘zbekiston  hududida 
ham  1897,  1926,  1939,  1959,  1979  va  1989  yillarda  o‘tkazilgan.  Bu  aholi 
ro‘yxatlari  yordamida  o‘lkaning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  demografik  holatiga  oid 
qimmatli ma’lumotlar to‘plangan.  
Aholi  ro‘yxatlari  aholining  faqat  miqdoriy  ko‘rsatkichlarini  emas,  balki 
uning  sifatiy  ko‘rsatkichlarini,  yuqorida  qayd  etilganidek,  ma’lumoti  oilaviy  va 
ijtimoiy  holati,  iqtisodiy  imkoniyatlarini  ham  qamrab  oladi.  Ana  shu  nuqtai 
nazardan  aholi  ro‘yxati  va  ana  shu  ro‘yxat  o‘tkazilgan  davrning  aholi  soni  va 
tarkibini,  joylashuvi,  migratsiyasini,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  demografik  holati, 
turmush tarzini aniq ifodalovchi tarixiy manbadir.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish