2.3. Aholi ro‘yxati: talablar, vazifalar, tamoyillar
Aholi ro‘yxat-ma’lum davrda, ma’lum davlat yoki hududning har bir aholisi
bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy va demografik ma’lumotlar to‘plashdir
1
. Aholi ro‘yxati
o‘tkazish jarayonida dunyo va uning alohida hududlari aholisi soni va tarkibi
1
Демографический и энциклопедический словарь. – М., 1985. С. 314.
38
bo‘yicha ilmiy asoslangan holda aniq ma’lumotlar olinadi. Aholi ro‘yxati va
aholini doimiy hisobga olish, har birini to‘ldirib aholi haqida to‘la ma’lumot
olishga imkon beradi, lekin ularni farq etuvchi tomonlari ham mavjuddir. Aholi
ro‘yxati ma’lum muddatlarda (5, 10, 15 yillarda, aksariyat holatlar-10 yilda)
maxsus tashkilotlar, mutaxassislar tomonidan va bir vaqtda o‘tkaziladi. Aholini
doimiy hisobga olishda esa qonun bo‘yicha belgilangan muddatda aholining o‘zi
tegishli tashkilotlarga kelib, demografik jarayonlarni qayd ettiradilar.
Aholi soni va tarkibidagi o‘zgarishlarni muntazam aniqlab borishda aholi
ro‘yxati ma’lumotlari asosdir. Ma’lum yilda aholi ro‘yxati o‘tkazilib aholi soni va
tarkibi haqida aniq ma’lumot olinadi. Undan keyingi yildagi aholi soni va tarkibini
aniqlash uchun shu yilda tug‘ilganlar va ko‘chib kelganlar sonini ro‘yxatda
aniqlangan aholi soniga qo‘shib, vafot etganlar va ko‘chib ketganlar sonini esa
ayirib tashlanadi. Ana shunday uslub bilan navbatdagi aholi ro‘yxati o‘tkazilgunga
qadar har yil uchun aholi soni va tarkibi haqida ma’lumotlar aniqlanadi.
Jamiyat taraqqiyoti davomida aholini ro‘yxatga olish juda qadimdan
boshlangan. Chunonchi, miloddan avvalgi yillarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston
va Xitoyda aholi ro‘yxatlari o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar bor
1
. Shuningdek,
miloddan avvalgi to‘rtinchi asrda Yunoniston va Rimda ham aholi ro‘yxatlari
o‘tkazilganligi ma’lum. Qadimgi Rimda dastlabki aholi ro‘yxati impyerator Syervi
Tull davrida o‘tkazilgan. Eramizdan oldingi 435 yildan boshlab esa, Rimda aholi
muntazam ro‘yxatga olib borilgan va bu ro‘yxatlar “senzi”, deb nomlangan.
O‘tkazilgan ro‘yxatlarda har bir Rim fuqarosi senzor (ro‘yxatga oluvchiga) o‘zi va
oila a’zolarining yoshi hamda mol-mulki haqida ma’lumotlar bergan.
Miloddan avvalgi 510 yildan boshlab Rimda har besh yilda aholi ro‘yxatga
olingan. Binobarin, Yaponiya, Bobilda ham juda qadimdan aholi ro‘yxatlar
o‘tkazilgan bo‘lib, undan maqsad, aholidan soliq yig‘ish, boj olish hamda harbiy
maqsad uchun aholi sonini, asosan, erkaklar sonini bilish bo‘lgan. Shuning uchun
ham aholi ro‘yxatida faqat erkaklar ishtirok etganlar, chunki, o‘sha paytlarda
1
Yuqorida qayd etilgan manba.
39
jamiyatda ham, oilada ham erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan. Soliq
to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari ishtirok etganlar.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida to ‘rtta
aholi
toifasi ajratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |