Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
271 
14 - MAVZU: QISHLOQ AHOLISI VA QISHLOQ AHOLI 
MANZILGOHLARI GEOGRAFIYASI 
Reja: 
14.1. Qishloq aholi manzilgohlari joylanishi va ixtisoslashishi 
14.2. Qishloq aholi manzilgohlarini o‘lchami bo‘yicha tavsiflash 
 
14.1. Qishloq aholi manzilgohlari joylanishi va ixtisoslashishi 
 
Qishloq  aholi  manzilgohlarining  aniq  bir  ta’rifi  yo‘q,  ammo  aytish  mumkin-
ki,  shahar  aholi  manzilgohlari  talablariga  javob  byermaydigan  barcha  aholi 
manzilgohlari qishloqlar hisoblanadi. Shuningdek, uncha katta bo‘lmagan, sanoat, 
transport  o‘rmon  xo‘jaligi,  dam  olish  uylari,  sanatoriyalar  qoshida  paydo  bo‘lgan 
kichik posyolkalar qishloq aholi manzilgohlariga tegishli bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha 
qishloq  aholi  manzilgohlarining  umumiy  soni  mavjud  emas.  Har  bir  davlat 
o‘zining  ma’muriy-hududiy  tuzilishidan  kelib  chiqib  qishloqlarni  ajratishadi. 
Masalan, O‘zbekistonda rasmiy shahar yoki shaharcha maqomini olmagan, aholisi 
2000 kishigacha bo‘lgan, aholisining deyarli barchasi qishloq xo‘jaligida va u bilan 
bog‘liq  tarmoqlarda  band  bo‘lgan  aholi  manzilgohlarini  qishloq  aholi 
manzilgohlariga  kiritish  mumkin.  Shaharlar  qaysi  funksiyani  bajarmasin,  qaysi 
kattalik  va  salohiyatga  ega  bo‘lmasin  qishloq  aholi  manzilgohlarisiz,  ya’ni 
qishloqlarsiz  shaharga  aylanmaydi.  Bu  o‘rinda  aholi  manzilgohlarining  ikkinchi 
yirik  tarmog‘i  qishloqlarni,  qishloq  aholi  manzilgohlarini  geografik  o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi.  
Yer  shari  aholisining  53  foizi  (2017  y.)  shaharlardan  tashqarida 
qishloqlarda  yashaydi.  Jamiyat  taraqqiyoti  va  hududiy  mehnat  taqsimotidagi 
o‘zgarishlar  tufayli  kishilarning  hududiy  ijtimoiy  va  tarixiy  shakl  topgan  birligi 
qishloqlar vujudga kelgan.  
Qishloq  aholi  manzilgohlari  unda  yashovchilar  soni,  joylashgan  geografik 
o‘rni,  bajaradigan  funksiyasiga  ko‘ra  shaharlardan  farq  qiladi.  Qolavyersa, 
shaharlar uchun qo‘yilgan talablarning birortasiga qishloqlar javob byermaydi.  


 
272 
A.S.Soliev  ta’biricha,  qishloq  aholi  geografiyasi  shaharlar  geografiyasiga 
(geourbanistikaga)  qaraganda  uncha  “omadi  kelmagan”  ilmiy  yo‘nalish 
hisoblanadi.  Qishloq  aholi  manzilgohlarining  rivojlanishi  qishloq  xo‘jaligi 
tarmog‘i  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Biroq,  aholisi  qishloq  xo‘jaligida  band 
bo‘lmasdan  sanoatda,  transportda  va  boshqa  tarmoqlarda  ishlaydigan  aralash 
funksiyali  qishloq  aholi  manzilgohlari  ham  mavjud.  Shu  boisdan  dunyodagi 
davlatlar  aholisini  hududiy  bo‘yicha  qaralganda  qishloq  aholisi  alohida  statistik 
ko‘rsatkichni  qishloq  xo‘jaligida  band  bo‘lganlar  boshqa  ko‘rsatkichni  tashkil 
etadi.  Masalan,  O‘zbekiston  aholisining  49  foizi  qishloqlarda  yashaydi,  28  foizi 
qishloq va o‘rmon xo‘jaligida band.  
Aksariyat  qishloq  aholi  manzilgohlari  bevosita  yer  bilan  chambarchas 
bog‘langan. Yer qishloq ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan 
zamini  hisoblanadi.  Biroq  yerlardan  foydalanishdagi  va  qishloq  xo‘jaligi 
ixtisoslashuvidagi  tafovutlar  iqlim,  rel’ef  hamda  tabiiy  sharoit  bilan  uzviy 
bog‘langanligi tufayli, bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi ishlab 
chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. 
Qishloq joylarda qishloq xo‘jaligida bevosita band va ma’lum bir qismi esa 
qishloq  xo‘jaligida  band  bo‘lmagan  aholi  ham  yashaydi.  Shu  boisdan,  qishloq 
xo‘jaligida band bo‘lmagan qishloq aholisini uchta guruhga ajratish mumkin:  
1) qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tarmoqlarda (savdo, xizmat ko‘rsatish, 
maorif, sog‘liqni saqlash va boshqalar) band bo‘lganlar; 
2) shaharga yaqin bo‘lgan korxona va muassasalarda ishlovchilar;  
3) qishloq joylarda joylashgan sanoat va boshqa korxonalarda bandlar.  
Qishloq  aholisining  bunday  o‘ziga  xos  xususiyati  turli  davlatlarda  bir-
biridan  tubdan  farq  qiladi.  Jumladan,  iqtisodiyotining  asosini  qishloq  xo‘jaligi 
tashkil  etadigan  mamlakatlarda  aholining  katta  qismi  qishloq  xo‘jaligi  bilan 
bog‘langan  bo‘ladi.  Rivojlangan  mamlakatlarda  esa,  aksincha,  qishloq  joylardagi 
aholi  qishloq  xo‘jaligi  bilan  juda  kam  shug’ullanishadi.  Tabiiy  sharoit  qishloq 
aholisi  manzilgohlaridagi  xo‘jalik  tarmoqlarining  ixisoslashuviga  hamda  shu 
asosda  kichik-kichik  ixtisoslashgan  qishloqlarning  paydo  bo‘lishida  muhim  rol 


 
273 
o‘ynaydi.  Masalan,  dehqonchilik,  qoramolchilik,  o‘rmon  xo‘jaligi,  tog‘-kon  va 
hokazo.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish