Urbanizatsiya – (lotincha urbanus – shahar) – shaharlashish, ya’ni
shaharlarning o‘sishi va ko‘payishi. Bu jarayon fan-texnika inqilobi davrida keskin
kuchayib, shahar aholisining ko‘payishiga, shahar turmush tarzining keng
tarqalishiga sabab bo‘ladi
1
.
BMT bergan statistik ma’lumotlarda hozirda dunyo aholisining teng yarmi
shaharlarda yashaydi, ya’ni 2009 yilda yer shari aholisining 50 foizi shaharlarga
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2017 yilda 54 foiz dunyo aholisi shaharlarda yashadi va bu
ko‘rsatkich 2030 yilda 60 foizni, ya’ni 3 milliarddan 5 milliardgachani tashkil
etadi. Bunday shahar aholisining o‘sishi faqat tabiiy ko‘payish hisobiga ro‘y
beradi. 2000-2030 yillar orasida yiliga 1,8 foizdan ortib boradi, bu global o‘sishdan
ikki marta ko‘p degani. Shuningdek, bugungi kunda dunyoning 20 ta shahrida 10
million kishi yashamoqda (15 tasi rivojlanayotgan davlatlarda) bu jahon
aholisining 4 foiziga teng. 2015 yilda shunday liga shaharlar 22 taga etadi va
ularda 5 foiz dunyo aholisi yashaydi
2
.
Davlatlar o‘rtasida shahar aholisi ustun bo‘lgan mintaqalarga rivojlangan
davlatlarni kiritish mumkin. Masalan, Yevropa aholisining 74 foizi shaharlarga
to‘g‘ri keladi, Osiyoda bu ko‘rsatkich 49 foiz (2017 yil), Yaponiya (94 foiz),
Koreya respublikasi (83 foiz), Singapur (100 foiz), Malayziya (75 foiz), Eron (73
foiz), Quvayt (98 foiz), Baxreyn (100 foiz) va qator G‘arbiy Osiyo mamlakatlari
aholisining hududiy tarkibida shahar aholisi ustunlik qiladi.
Dunyoda shahar aholisining soni to‘xtovsiz o‘sishida davom etmoqda.
Jumladan, 1900 yilda shahar aholisi jami aholining 3 foizini, 1860 yilda – 6,4
foizni, 1990 yilda – 19,6 foiz, 1990 yilda 43 foiz, 2005 yilda esa 48 foiz, 2017
yilda 54 foizni tashkil qilgan. Bundan aholining shaharlarda konsentrasiyalashuvi
ya’ni, mujassamlashuvi tezlashganini kuzatamiz. Urbanizatsiyaning umumiy
ko‘rsatkichi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasini belgilaydi va o‘z
1
Ғуломов П. Жўғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. -Тошкент “Ўқитувчи”, 1994. Б.112.
2
Народонаселение мира 2004 в году. -2004. C. 29-30.
258
navbatida, ular orasidagi aloqadorlik mohiyatini ifodalaydi. Chunonchi, agar
urbanizatsiya darajasi taxminan 70-75 foiz va undan ortiq bo‘lsa, u holda
mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat; 50-70
foiz industrial-agrar; 30-50 foiz - rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan
past, sust rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi.
Binobarin, urbanizatsiya darajasi bo‘yicha mamlakatlarni solishtirganda
quyidagilarga e’tibor berish lozim:
-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, aholi soni);
-shaharlarning umumiy soni va zichligi;
-yirik shaharlarning mavjudligi;
-shahar aglomyeratsiyalarining rivojlanganligi;
-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya;
-aholining bandlik darajasi, tarkibi va x.k.
Bulardan shahar aholi salmog‘i urbanizatsiya darajasini ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkich bo‘lib, u yer sharining barcha hududlarida urbanizatsiya jarayonining
borishini ko‘rsatadi. Jumladan, urbanizatsiya darajasining ahamiyatli tomonlarini
quyidagilarda yaqqol ko‘rish mumkin:
1. Urbanizatsiya darajasi 10 % bo‘lsa, bunday hudud urbanizatsiyalashmagan
bo‘ladi. Qishloq aholi manzilgohlari bilan shahar aholi manzilgohlari
orasidagi farq deyarli bo‘lmaydi. Qishloq turmush tarzi aks etadi va shahar
aholi soni yoki shaharliklar hissasi juda sekinlik bilan ko‘payadi;
2. Agarda urbanizatsiya darajasi 25 % dan past bo‘lsa, qishloq aholi
manzilgohlari ustunligi seziladi, hudud kuchsiz urbanizatsiyalashgan
hisoblanadi. Ammo shahar turmush tarzi aks eta boshlaydi, oqibatda, shahar
aholisi tezlik bilan ko‘payadi, ommaviy shahar aholi manzilgohlari paydo
bo‘la boshlaydi. shahar va qishloq aholi manzilgohlari o‘rtasidagi farq
kattalasha boradi;
3. Urbanizatsiya darajasi 50 % ga etsa, shahar aholisining qishloq aholisidan
ustunligi seziladi, hudud o‘rta urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Shahar
259
aholi soni va o‘sish sur’ati katta bo‘ladi, shahar aholi manzilgohlari
qishloqlardan yaqqol ajralib turadi;
4. Urbanizatsiya darajasi 75 % ni tashkil etganda, shaharlar qishloqlardan aniq
farq qiladi, shahar turmush tarzi qishloq joylarga ham tarqala boshlaydi.
Shahar aholisining hissasi va aholi o‘sish sur’ati birdan sekinlashadi;
5.
Mintaqa, mamlakat, hudud aholisida shahar aholisi hissasi 90 % bo‘lsa,
to‘liq urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Shahar turmush tarzi barcha qishloq
aholi manzilgohlariga tarqaladi, qishloq bilan shahar orasidagi farq yana
butunlay yo‘qoladi. Aholi soni va salmog‘i juda sekinlik bilan o‘sadi, hatto
ba’zi hollarda kamaya boradi
1
.
Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda aynan shahar aholisi salmog‘ida
kamayish hodisasi ro‘y bermoqda. Yevropa davlatlari deyarli hammasida shahar
aholisi jami aholining 50 foizdan ko‘pini tashkil qiladi (2017 y.). Faqatgina,
Albaniya 56 foiz, Bosniya va Gyersegovina aholisining esa 40 foizi shahar aholisi
hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa davlatlaridan Daniya (72 foiz),
Shvetsiya (84 foiz), Angliya (80 foiz), Germaniyani (73 foiz) to‘laligicha
urbanistik tavsifga ega deyish mumkin.
Urbanizatsiya darajasining keskin farq qilishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar
muhim o‘rin tutadi. Biron-bir mamlakat, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘sha joyda urbanizatsiya darajasi, shahar aholisi salmog‘i
katta bo‘ladi. Ayrim hollarda tabiiy omillar tufayli ham urbanizatsiya darajasi
ko‘tarilishi mumkin. Masalan, istiqbolli foydali qazilma konlari, qulay iqtisodiy
geografik o‘rin va x.k.
Shulardan iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) shahar va shahar aholi
manzilgohlari tarkib topishida muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, IGO‘ mikro,
mezo va makro darajada ajratib ko‘rsatiladi. Shahar aholi manzilgohlari paydo
bo‘lishida, IGO‘ning mikrodarajadagi ahamiyati katta mavqega ega bo‘ladi. Uning
mezo va makrodarajadagi ahamiyati esa keyinchalik shaharchalarning rivojlanishi
va yirik markazlarga aylanishida muhim o‘rin tutadi. Binobarin, ayrim
1
Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. - М.: Маркетинг, 1999.-С.117.
260
shaharlarning mikrodarajadagi o‘rni noqulayligi uning asta-sekin yo‘q bo‘lib
kyetishiga olib kelishi mumkin. Shaharlarning mezodarajada o‘rni qulayligi uning
yirik va katta shaharlarga aylanishiga zamin bo‘lishi mumkin. Agarda bu aksincha
bo‘lsa, shahar kichik xolatida qolavyeradi.
Shaharlar IGO‘nini to‘rtta bosqichga ajratish tavsiya etiladi:
mikro o‘rni- yaqin shahar atrofiga nisbatan o‘rni;
mezo o‘rni- mamlakat katta bir qismiga yoki uncha katta bo‘lmagan davlatga
nisbatan o‘rni;
makro o‘rni- yirik davlat chegaralariga nisbatan o‘rni;
mego o‘rni - dunyo miqyosida yoki uning yirik regionlariga nisbatan tutgan
Do'stlaringiz bilan baham: |