Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
 
 
 
 
 


 
255 
13-MAVZU. SHAHAR AHOLISI GEOGRAFIYASI VA URBANIZATSIYA 
JARAYONI 
 
Reja: 
13.1. Shahar aholisi va uning geografik xususiyatlari 
13.2. Shahar aholi manzilgohlarini klassifikatsiyalash 
13.3. Aglomyeratsiyalar va megalopolislar 
 
13.1. Shahar aholisi va uning geografik xususiyatlari 
 
Shaharlar  yirik  aholi  manzilgohlari  bo‘lib,  unda  yashaydigan  kishilar 
qishloq  xo‘jaligi  bilan  band  bo‘lmasdan,  boshqa  ijtimoiy  –  iqtisodiy,  madaniy 
sohalarda shug’ullanishadi. Shaharlar turli makon va zamonlarda iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy  va  boshqaruv  markazi  rolini  o‘ynagan.  Shahar  aholi  manzilgohlari 
o‘lchami  jihatidan  yirik  va  unda  yashovchi  aholi,  qishloq  aholi 
manzilgohlaridagiga  nisbatan  ko‘p  sonliligi  hamda  zichligi  bilan  tavsiflidir. 
Shaharlarning qudrati ularda mujassamlangan iqtisodiy, intellektual va demografik 
salohiyat bilan belgilanadi.  
Dunyo  miqyosidagi  shaharlarni  aholiyligiga  ko‘ra  maqom  berishda  aniq 
chegaralangan bir xil  miqdordagi senz mavjud emas. Har bir davlatdagi shaharlar 
bajaradigan  funksiyasi  va  aholi  manzilgohlarining  roli  va  aholi  soniga  qarab 
ajratiladi. Masalan, Daniya va Islandiyada aholisi 200 kishi va undan ko‘p bo‘lgan 
aholi manzilgohlari shahar, deb ataladi. Bundan tashqari Yaponiyada–30 mingdan 
oshiq, Nidyerlandiyada 20 ming, Turkiyada – 10 ming, Hindiston va Pokistonda – 
5 ming, Meksikada – 2,5 ming, Fransiyada 2 ming, AQSHda 2,5 ming, Xitoyda 3 
ming,  Germaniyada  5  ming  kishi  va  undan  ko‘p  aholi  yashaydigan  aholi 
manzilgohlari shahar qatoriga kiritiladi. Rossiyada – 12 ming, O‘zbekistonda esa 7 
ming  aholisi  bor  punktlap  shahar  hisoblanadi.  Ammo,  dunyoda  shunday  aholi 
manzilgohlari  borki,  ular  faqat  ma’muriy  markaz  bo‘lganligi  bois  shahar,  deb 
nomlanadi.  Chunonchi,  ayrim  mamlakatlardagi  barcha  aholi  manzilgohlarining 


 
256 
ma’muriy  markazlari,  poytaxtlari  shaharlar  sirasiga  kiritiladi.  Masalan,  Jazoir, 
ekvador shular jumlasidandir. 
Aholi  manzilgohlari  shaharga  aylanishida  ularning  iqtisodiy  salohiyati, 
funksiyasi  ham  muhim  mezonlardan  biri.  Shahar  aholi  manzilgohlarida 
yashovchilar qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida band bo‘lmasligi yoki juda kam sonlini 
tashkil  etishi  kerak.  Masalan,  Rossiya  shaharlaridagi  aholining  atigi  15  foizga 
yaqini  qishloq  xo‘jaligida  band  bo‘lishi  mumkin.  Hindistonda  esa  mehnatga 
layoqatli  erkaklarning  3/4  qismi  qishloq  xo‘jaligida  band  bo‘lmagan  aholi 
manzilgohlarida yashasa bunday punktlar shaharlar sifatida qabul qilinadi.  
O‘zbekistonda ishchi, xizmatchi va ularning oila a’zolari shahar aholisining 
2/3 qismidan ko‘prog‘ini tashkil etishi hamda bunday aholi manzilgohlarida sanoat 
korxonalari (og‘ir industrial), kommunal xo‘jalik tashkilotlari, davlat uy-joy fondi, 
o‘quv  yurtlari,  madaniy-ma’rifiy,  tibbiy,  savdo  va  maishiy  xizmat  ko‘rsatish 
muassasalari  mavjud  bo‘lishi  lozim.  Bu  mezon  ham  barcha  davlatlarda  bir  xil 
emas.  
Sobiq SSSR davrida aholi manzilgohlariga shahar maqomini berish bo‘yicha 
bir  qator  qonun-qoidalar  qabul  qilingan.  Bunday  qonun-qoidalar  ayrim 
respublikalarda  o‘zaro  farq  qilar  edi.  Masalan,  Ukrainada  aholi  soni  shaharlar 
uchun  10000,  shahar  tipidagi  posyolkalar  (SHTP)  uchun  3000  kishi  qilib 
belgilangan.  O‘zbekistonda  esa  bu  ko‘rsatkich  tegishlicha  7000  va  2000  kishini 
tashkil etadi. 
Aholi punktida istiqomat qiluvchilarning ko‘pchilik qismi mehnatning qanday 
turi bilan bandligi darajasi ham shaharcha maqomini berishda muhim belgilaridan 
hisoblanadi. Chunonchi, Gruziyada ham, Turkmanistonda ham aholi punkti shahar 
maqomini  olishi  uchun,  u  yerda  5000  kishidan  kam  bo‘lmagan  aholi  istiqomat 
qilishi  kerak.  Lekin,  Gruziyada  aholining  75%  dan  ortig‘i  ishchi,  xizmatchi  va 
ularning oila a’zolaridan iborat bo‘lishi talab etilsa, Turkmanistonda buning uchun 
66 % aholi kifoya. 
Shahar aholi manzilgohlarining shahar, deb nomlanishida unda yashovchilar 
miqdori ham muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Mamlakatlar, mintaqalar aholisining 


 
257 
hududiy tarkibida shahar aholisining va shaharlarning o‘sib borishi – urbanizatsiya 
jarayonining rivojlanishiga olib keladi.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish