Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Yer sharidagi asosiy etnoslarning joylanish geografiyasi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
8.2. Yer sharidagi asosiy etnoslarning joylanish geografiyasi 
 
Etnik  integratsiyalashuv,  ya’ni  turli  etnoslarning  yaqinlashuvi  asosan 
ko‘pmillatli davlatlarda sodir bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda milliy muammolarni 
hal etishning muhim sharti – xalqlarni madaniy va xo‘jalik jihatdan yaqinlashtirish 
hisoblanadi.  Bunday  integratsiyalashuv  etnik  birliklar  soni  hamda  ularning  tiplari 
bo‘yicha  o‘zgarishlarga  olib  keladi.  U  yoki  bu  mamlakat  aholisi  milliy  tarkibiga 
tavsif  berishda  umumiy  hududga,  til  va  madaniyatga  ega,  tarixiy  shakllangan 
kishilar  guruhini  anglatuvchi  “xalq”  tushunchasi  keng  qo‘llaniladi.  Ba’zi  hollarda 
bu tushuncha (Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlari) millat va elatni, boshqa 
holatlarda elat, o‘zaro yaqin qabilalar guruhi, hatto alohida qabilani (Afrika, Osiyo 
va Okeaniyaning ayrim mamlakatlari) anglatadi. 
Dunyo aholisining etnik tarkibi tinimsiz o‘zgarib turibdi; ba’zan yangi etnik 
birliklar  paydo  bo‘lmoqda.  Biroq,  umuman  konsolidatsiya  va  assimilyasiya  jahon 
xalqlari  umumiy  sonining  qisqarishiga  olib  keladi.  Hatto,  bir  necha  asr  ilgari 
millatlarning shakllanishi boshlangan Yevropada bir qancha etnoslar (gellar, frizlar 
va  boshqalar)  asta-sekin  yo‘q  bo‘lib  ketdilar.  Afrika,  Osiyo  va  Lotin 
Amerikasidagi  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  esa  bu  jarayon  jadal  davom 
etmoqda. 
Xalqlarning  joylashuvida  ham  o‘zgarishlar  kuzatilmoqda.  Yer  shari  bo‘ylab 
ko‘pchilik  xalqlar  kompakt  bo‘lib  yashaydilar.  Milliy  aralash  aholi,  avvalo  etnik 
chegaralar  yoqasida  joylashgan  hududlar  uchun  xos  bo‘lib,  bunday  aralashuv 
o‘xshash  tillarda  so‘zlashadigan  va  madaniy-maishiy  munosabati  yaqin  bo‘lgan 
qo‘shni  xalqlarda  ayniqsa,  kuchli  bo‘ladi.  Mintaqalarning  iqtisodiy  rivojlanish 


 
177 
darajasi  yuksalib  borgan  sari,  shunga  mos  holda,  ularning  milliy  tarkibi  ham 
murakkablashib  boradi.  Jumladan,  qishloq  joylarga  nisbatan  shaharlar  aholisining 
milliy  tarkibi  xilma-xildir.  Shahar  qancha  katta  bo‘lsa,  aholining  milliy  tarkibi 
shuncha  rang-barang  bo‘ladi.  Shahar  aholisining  milliy  xilma-xilligi  muhojirlarni 
ko‘p  qabul  qiladigan  mamlakatlar  uchun  xosdir,  chunki  yangi  ko‘chib 
kelganlarning asosiy qismi shaharlarda o‘rnashadilar. 
AQSH  Shahar  aholisi  milliy  tarkibining  tahlili  bu  holatni  to‘la-to‘kis 
tasdiqlaydi.  Ushbu  mamlakat  shaharlarida  assimilyasiyalashmagan  muhojirlar 
salmog‘i  o‘rtacha  mamlakat  ko‘rsatkichiga  nisbatan  2,5  barobar  yuqori.  Janubi-
Sharqiy  Osiyo  Shaharlarida  tubjoy  millatlarga  mansub  kishilardan  tashqari, 
aholining anchagina qismini xitoylar va hindlar tashkil qiladi; ular bu yerda savdo, 
hunarmandchilik  va  sanoat  ishlab  chiqarishida  band.  Arab  davlatlari  va 
Afg‘onistonda ham hindlar asosan Shaharlarda yashab, savdo va hunarmandchilik 
bilan Shug‘ullanadilar. 
Tojiklar,  o‘zbeklar,  turkmanlar  va  afg‘onlar  keng  tarqalgan  Shimoliy 
Afg‘oniston  shaharlarida  tojiklar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Afg‘onlar  ko‘p 
yashaydigan hududlardagi shaharlarda, jumladan Qobulda ham ular ulushi yuqori. 
Xitoyning  ko‘pchilik  shaharlarida  (kamsonli  millatlar  yashaydigan  hududlarda 
ham)  xitoylar,  qisman  xuey  va  manchjurlar,  faqat  Sinszyan  okrugi  shaharlarida 
uyg‘urlar,  Tibet  shaharlarida  esa  tibetliklar  ko‘pchilikni  tashkil  qiladi.  Umuman, 
ko‘pmillatli  davlatlarda  nisbatan  yirik  yoki  iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgan 
millatlarning vakillari shahar aholisining asosiy qismini tashkil etadi. 
Qishloq joylardagi milliy aralashuv ikki yoqlama tavsif kasb yetishi mumkin. 
Faqat ikki va undan ortiq xalq bitta aholi punktida yashaydigan bo‘lsagina, ularni 
milliy  jihatdan  xaqiqiy  aralash  hudud,  deb  hisoblash  mumkin  (bu  sohadagi  eng 
yaqqol misol – Malayziya bo‘lib, ularda eng kichik qishloqlargina bir millatlidir). 
Odatda muayyan hududda ko‘plab xalqlar joylashgan bo‘lib, ularning har biri o‘z 
qishloqlariga ega bo‘ladi. 
Siyosiy  chegaralar  ko‘pincha  milliy  chegaralarga  mos  kelmaydi.  Ehtimol, 
millat  shakllanishi  bilan  davlatning  paydo  bo‘lishi  bilan  bir  vaqtda  ro‘y  bergan 


 
178 
G‘arbiy  Yevropa  hamda  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  uchun  bu  hodisa  odatiy 
holdir.  Boshqa  mintaqalardagi  juda  ko‘p  xalqlar  ikki  va  undan  ortiq  davlatlar 
hududida yashaydilar hamda ularning orasi davlat chegaralari bilan ajratilgan. Bir 
millatli  davlatlar  juda  kam  uchraydi  (ayrim  G‘arbiy  Yevropa  va  Arabiston  yarim 
oroli  mamlakatlari,  Yaponiya,  Koreya,  Bangladesh).  Ko‘pchilik  dunyo 
mamlakatlari  ko‘pmillatli  bo‘lib,  ularning  ba’zilarida  (Rossiya,  Hindiston, 
Indoneziya,  Xitoy,  Eron,  Nigyeriya  va  b.)  o‘nlab  va  hatto  yuzlab  xalqlar 
yashaydilar.  Xozirgi  paytda  migratsion    jarayonlarning  keng  quloch  yoyishi  bois, 
bir  millatli  mamlakatlarda  ham  hech  bo‘lmasa  kamsonli  millatlarning  kichikroq 
guruhi uchraydi. Masalan, Yaponiyada XX asrning 20-40 yillarida ko‘chib borgan 
koreyslarning avlodlari yashaydi va ularning soni taxminan 500-600 ming kishini 
tashkil etadi. 
Ta’kidlash joizki, “kamsonli millat” tushunchasi bir xil ma’noni anglatmaydi. 
Ko‘p  hollarda  ushbu  tushuncha  ostida  yirik  xalqning  asosiy  qismidan  ajralib 
qolgan  kichikroq  guruhi  tushuniladi.  Masalan,  Turkiyadagi  greklar,  Italiyadagi 
albanlar,  Qirg‘izistondagi  o‘zbeklar  va  h.k.  Ba’zi  holatlarda  ushbu  tushuncha  o‘z 
davlatiga  ega  bo‘lmagan  millatlarga  nisbatan  qo‘llaniladi  (masalan,  Ispaniya  va 
Fransiyada  basklar,  Fransiyada  bretonliklar,  Turkiya,  Iroq  va  Suriyada  kurdlar, 
Xitoyda  uyg‘urlar,  Eron,  Pokiston,  Afg‘onistonda  beludjilar  va  h.k.).  Boz  ustiga, 
mazkur xalqlar o‘z etnik hududlarida ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Aholi milliy tarkibini aniqlash murakkab jarayon bo‘lib, unga ko‘plab omillar 
xalaqit  beradi.  Jumladan,  hatto  milliy  tarkib  bo‘yicha  to‘liq  statistik  ma’lumotlar 
bo‘lgan  taqdirda  ham  ko‘pchilik  mamlakatlarda  assimilyasiya  va  konsolidatsiya 
jarayonlarining  oxiriga  etmaganligi  tufayli  milliy  o‘zlikni  anglash  darajasi  oraliq 
bosqichda bo‘lgan kishilar guruhi aholining katta qismini tashkil qiladi. 
Ta’kidlash  joizki,  ko‘pchilik  mamlakatlarda  aholi  ro‘yxatlari va  uni hisobga 
olishning boshqa shakllari bir taraflama bo‘ladi. Ayniqsa, Osiyo, Afrika va qisman 
Lotin  Amerikasining  ichki  hududlarida  saqlanib  qolgan  mayda  etnik  birliklarni 
(qabilalarni)  ajratishda  katta  muammolar  kelib  chiqadi.  Bunday  qabila  birliklari 
orasida aniq chegaraning o‘zi yo‘q. 


 
179 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish