9.2. Dunyo dinlari geografiyasi
Yer shari aholisi diniy belgilari bo‘yicha quyidagicha ajratiladi:
xristianlar – 2,31 mlrd (dunyo aholisining 33 %i);
1.
musulmonlar – 1,58 mlrd (dunyo aholisining 23 %);
2.
induizm – 0,95 mlrd (dunyo aholisining 14 % i);
3.
buddistlar – 0,47 mlrd (dunyo aholisining 6,7 %i);
4.
an’anaviy xitoy diniga e’tiqod qiluvchilar — 0,46 mlrd (dunyo aholisining
6,6 % i);
5.
sikxizm – 24 mln (dunyo aholisining 0,3 %i);
6.
iudaizm – 15 mln (dunyo aholisining 0,2 %i);
7.
mahalliy dinga e’tiqod qiluvchilar – 0,27 mlrd (dunyo aholisining 3,9 % i);
8.
diniy etiqodi bo‘lmaganlar – 0,66 mlrd (dunyo aholisining 9,4 %i);
9.
ateistlar – 0,14 mlrd (dunyo aholisining 2 %i).
196
Yer sharining yirik mintaqalari bo‘yicha diniy guruhlar tarqalishi quyidagi
ko‘rinishga ega: MDHning katta qismini pravoslav diniga mansub kishilar
guruhlari (Rossiyaning katta hududlari, Ukraina, Belorus, Moldova va Gruziya)
tashkil etadi. Armanistondagi xudojo‘ylar monofizit arman-grigorian chyerkoviga
mansub, Litvada katolik dini, boshqa Boltiqbo‘yi davlatlarida – lyutyeranlik keng
tarqalgan.
Islom diniga Markaziy Osiyo va Qozog‘iston, Kavkazning katta qismi,
Tatariston va Boshqirdiston aholisi e’tiqod qiladi. Ozarbayjonda asosan shiya
oqimiga mansub musulmonlar, boshqa hududlarda – sunniylar ko‘pchilikni tashkil
etadi. Buddizm-lamaizmga Buryatiya, Tuva va Qalmig‘iston tubjoy aholisi e’tiqod
qiladilar. Xudojo‘y yahudiylar – iudaistlardir.
Yevropa shimolida protestantlik, Skandinaviya davlatlari, Finlyandiya va
Islandiyada – lyutyeranlik, Angliyada – anglikanlik ustunlik qiladi. Belgiya,
Lyuksemburg, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Avstriya va Maltada katolik
dini tarqalgan. Markaziy Yevropada katoliklar va protestantlar soni deyarli teng,
biroq
Germaniyada
protestantlar
orasida
lyutyeranlar,
Shveysariya
va
Nidyerlandiyada esa – reformatlar ustunlik qiladi. Gretsiyada ko‘pchilik
xudojo‘ylar pravoslavlardan, Turkiya Yevropa qismida esa – musulmonlardan
iborat. Polsha, Chexiya, Slovakiya va Vengriya aholisi orasida katoliklar,
Bolgariya va Ruminiyada – pravoslavlar, Germaniyada – protestantlar (asosan
lyutyeranlar), Albaniyada – musulmonlar (sunniylar) ko‘pchilikni tashkil etadi.
Sobiq Yugoslaviya respublikalarida ko‘proq pravoslavlar, qisman katoliklar va
musulmonlar mavjud.
Osiyo aholisi diniy jihatdan nihoyatda xilma-xil. Islom barcha Old Osiyo
mamlakatlarida (Isroil, Kipr va Livandan tashqari), Pokiston, Bangladesh, Maldiv
orollari, Indoneziya va Malayziyada yyetakchilik qiladi. Kipr, Sharqiy Timor,
Hindiston, Shri-Lanka, Filippin aholisining muayyan qismi musulmonlardan
iborat. Ko‘pchilik mamlakatlarda islomning sunniy mazhabi hukmronlik qilsa,
Eronda shiyalikning mavqe’i yuqori. Iroq, Yaman Arab Respublikasi va
Baxryeynda sunniylar va shiyalar soni deyarli teng. Eron, Hindiston, Pokistonda
197
zoroastriylarning, Eron, Iroq va Turkiyada – yazidlarning kamsonli guruhlari
mavjud. Hindiston va Nepal induizm tarqalgan asosiy hududlardir. Induistlar Shri-
Lanka va Bangladesh hamda Indoneziyaning Bali oroli aholisi orasida ham
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |