2.Kartoshka-sabzavot va mevalarni saqlash Inson qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol eta boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanib keladi. Etishtirilgan mahsulotni nes-no’bud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash va undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo’lgan. Ko’chmanchi qabilalar yig’ilgan meva va urug’larni saqlash uchun tabiiy omborlar - g’or, daraxtlarning g’ovaklaridan foydalanishgan, keyinchalik esa maxsus erto’lalar qurishgan. Qabilalar o’troq bo’lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunandalardan asrashni o’rgana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |