Anvar xasanovning o’zbekiston geografiyasi fanidan o’zbekistonning yaqin xorij davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari mavzusida tayyorlagan k urs ishi Tayyorladi: A. Xasanov Qabul qildi: D
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA’LIM YO’NALISHI
2- BOSQICH TALABASI
ANVAR XASANOVNING
O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN
O’ZBEKISTONNING YAQIN XORIJ DAVLATLARI BILAN
SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
K urs ishi
Tayyorladi:A.Xasanov
Qabul qildi: D. Xudoyberdiyev
TERMIZ-2022
MAVZU: O’ZBEKISTONNING YAQIN XORIJ DAVLATLARI BILAN SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI Reja: KIRISH ……………………………………………………………………….3-4
I BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YAQIN XORIJIY VA MDH DAVLATLARI BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARI VA HUSUSIYATLARI……..………………………………………….………..5-15 1.1. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash ............………………………………………5-11
1.2. O`zbekiston Respublikasi tashqi aloqalarining asosiy tamoyillari……..12-15 II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING RIVOJLANGAN VA MDH DAVLATLARI BILAN SAVDO IQTISODIY ALOQALARI………...…16-31 2.1 O’zbekiston Respublikasining Yaqin xorijiy va MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. …………………………..….16-24
2.2 O’zbekiston Respublikasining Yaqin xorijiyva MDH davlatlarbilan tashqi savdo aylanmasi tahlili………………………………………………….……..24-31 XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………...............................32-34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….35-36 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashdan iborat.