Anvar Obidjon va Abusaid Ko'chimovning hayoti va ijodiy faoliyati
Reja:
1. Anvar Obidjon hayoti va ijodi
2. Anvar Obidjon asarlari
3. Anvar Obidjon she'rlarida ilgari surilgan g'oyalar
4. Abusaid Ko'chimov hayoti va ijodiy faoliyati
5. Abusaid Ko'chimovning asarlari haqida
So‘nggi yillar o‘zbek bolalar adabiyotini o‘zining qisqa va mazmunli she’rlari, qiziqarii hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan O‘zbekiston xalqshoiri, adib va dramaturg Anvar Obidjon 1947-yilda Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida «Gʻuncha» jurnalida «Shkafjon» nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Hozirgi O‘zbekiston milliy universitetining jumalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jumallarda xodim, bo'lim mudiri bo‘lib ishlagan. «Cho‘Ipon» nashriyotida bosh muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Anvar Obidjonning 1974-yilda «Ona yer», 1980- yilda «Bahromning hikoyalari» , 1983- yilda «Ey, yorug‘ dunyo», «Olovjon va uning do‘stlari», «Alamazon i yego druzya», 1985- yilda «Ketmagil», «Bezgak shamol», 1986- yilda «Masxaraboz bola», 1987- yilda «Akang qarag‘ay Gulmat», «Juda qiziq voqea», 1988- yilda «Oltin yurakli avtobola», 1989- yilda «Dahshatli meshpolvon», 1990- yilda «Erliklar», 1992- yilda «Alamazon va Gulmat hangomasi», 1993- yilda «Ajoyibxona», 1994- yilda «Meshpolvonning janglari», 1996- yilda «Alisher ila Husayn yoki uch o‘g‘ri», 1999-yilda «Oltiariq hangomalari», 2001- yilda «Bulbulning cho‘pchaklari» kabi qator to'plamlari chop etilgan.
Aytishlaricha, Luqmoni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon bo’lib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan biri:
— Ey hakim, sen falon yerda cho‘ponlik qilgan kishi emasmisan? — deb so‘rab qoldi.
— Ha, o‘sha cho‘ponman, — javob berdi Luqmon, — hozir ko‘rib turibsanki hakimman.
— Bu darajaga qanday erishding? — so‘radi yana u. Luqmoni hakim unga:
— To‘g‘ri so‘zlashdan, odamlarga yaxshilik qilishdan, omonatga xiyonat qilmaslikdan, yolg‘on so‘zlamaslikdan, behuda gapirmaslikdan, musibat va qiyinchiliklarga mardona chidashdan, o‘zimni barchadan kam olishdan!— deb javob berdi.
Anvar Obidjonning butun ijodi yuqoridagidek vazifani o’zida mujassamlantirganligi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalarni kamtar,odobli, o'qimishli, vatanparvar bo’lishga undab keladi.
Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh bor joyda, nur bor, nur bor joyda ma’murchilik, xursandchilik bo‘ladi. Ma’murchilik, xursandchilik bor joyda g‘am, kulfat, ofat bo‘lmaydi, tinchlik, xotirjamlik, ahillik, baxt bo‘ladi. Shoirning « O‘zimning quyoshim» asari xuddi shu ezgu maqsadni ilgari surishi bilan kitobxon bolalarga behad katta quvonch, shodlik bag‘ishlab kelmoqda.
She’r juda oddiy, sodda va hayotiy. Bolalar bo‘r, ko‘mir bilan yo'lma- yo‘I, maydonchalarda quyoshning rasmini chizib q o ‘yganligini ko‘p bor uchratamiz. She’r xuddi shu voqeaga bag‘ishlangan. U bolalaming dil so‘zlari asosiga qurilgan. Mana siz ham tinglab ko‘ring:
Ona quyosh aksingni
Chizdim yo'lakka.
Sen hammaga mehribon,
O ‘zing bo'lakcha.
Nur tushmagan joyiarda
Kezarmish kulfat.
Yo ‘lagimni hech qachon
Bosmasin zulmat.
Anvar Obidjonning «Latifachi oyim» she'ri nafaqat shoiming, balki butun o‘zbek bolalar adabiyotining katta yutug‘i hisoblanadi. Asarda bola ta' lim-taibiyasida xalq og'zaki ijodining ahamiyati ochib beriladi. Xalq azalazaldan xalq og‘zaki ijodini astoydil sevgan. Farzandlarini alia, ertak, maqol, tez aytish, topishmoqlar aytib berish bilan tarbiya qilgan. Bunday bolalar sog‘lom, tetik, pok, o ‘ktam, polvon, vatanparvar, ota-onaga muhabbatli bo‘lib o ‘sgan. Bu an'ana bugungi kunda ham davom etib keladi.
Yana bir gap. Agar bolaning vujudi xalq og‘zaki ijodi bilan yog'rilgan bolsa, uni tinglashni hamma narsadan ustun qo'yadi. Olaylik, hamma bola shirinlikka o‘ch boladi. Ba’zi bolalar shirinlik desa o‘zini tomdan tashlashga ham tayyor turadi. Lekin ba’zi bolalar buvilar, bobolar, onalar, otalar tilidan tinglaydigan alia, ertak, topishmoq, tez aytishni o‘sha lazzatli shirinlikdan ham afzal ko‘rishadi. Kerak boisa o‘zlariga kulgi, jasorat, orom bag'ishlaydigan xalq og‘zaki ijodini kechasi-yu kunduzi tinglashga tayyor turadiganlari ham yo‘q emasligini Anvar Obidjon ishonarli qilib tasvirlaydi:
Qand uzatsa ham
Oyim,
Tinmay yig ‘lar
Guloyim.
Aytgach qizJq
«Afandi»
Singlim darrov
Yupondi.
Kichkintoylarni kelajakda sog’lom, dovyurak bo’lib kamol topishlarida oila, atrof-muhitning ta’siri kuchli bo'ladi. Bu g‘oya Anvar Obidjonning «Dorboz bola» she’rida ko‘zga tashlanib turibdi. Shoir ta’kidlab o‘tganidek,kichkintoylar o‘y-o‘ylashni, xayol surishni, o‘zlarming tengsiz o‘y-xayollari bilan o'sishni orzu qilishadi. Dorbozlik san’ati ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘iib keladi. Bu o‘ta darajada nafis, chaqqonlik, ehtiyotkorlik, dovyuraklik ishi. Bu ishni uddalash, dorga chiqish o‘y, xayol bilan bitmaydi. Qayta-qayta mashq, chidam, dovyuraklik, ehtiyotkorlik bilangina bu maqsadga erishiladi. Bolalar dorga chiqish, sim ustida tomosha ko‘rsatish haqida qancha o'ylamasinlar, xayol surmasinlar xolva degan bilan og‘iz chuchimaganidek dor ustida ham yura olmaydilar:
Langar cho ‘pni mahkam ushla,
O’ yna, lochin!
Botirlaming ko'nglin xushla,
O’ yna, lochin!
Qo ‘rqoq esa havas qilmay,
Turaversin.
Ehtiyot bo l, deb maslahat
Beraversin.
Rivoyat qilishlaricha, bir podsho bulbul ovozini tinglashni juda hush ko‘rar ekan. Bir so’lim go‘shadan bitta bulbulni ushlatib kelib oltin qafasga solib qo‘yibdi. Bulbulni parvarish qilishni, unga yaxshi qarashni xizmatchilar, vazir-u vuzoralarga topshiribdi. Oltin qafas ichida bulbui kechasi-yu kunduzi xonish qilibdi. Bulbul o’z qo‘shig’ida do‘st-yorini, ozodlikni, ko‘m-ko‘k go‘shasini, erkinlikni sog‘inganligini qo‘shib aytibdi.
Bulbul tilini, qo‘shig‘ining ma’no va mazmunini tushunmaydigan podsho
uning dardli xonishidan behad yayrab dam olar ekan. Lekin bulbulda o‘z eliga,
vataniga muhabbat kuchli ekan. Kundan-kunga u oltin qafas ichida siqilgandan
siqilibdi, ozib-to‘zib ketibdi. Kunlardan bir kun bir iloj qilib qafas teshikchasidan
boshini chiqaribdi, qarasaki tanasi ham sig‘ibdi, bir intilfeh bilan oltin qafasdan
chiqib olibdi. Bor kuchini to‘plab, o‘z makoniga parvoz qilibdi. O ‘z go‘shasiga
kelsa, qurg‘oqchilik bo‘lib chor tomon vayrona bolib yotgan emish. Bundan u
zarracha afsuslanmabdi. Aksincha, xursand bolibdi. Negaki u bugun ozod, erkin. Xohlagan tomonga ucha olishidan baxtiyor emish.
E’tibor bering. Ozod bulbulga oltin qafas ham, podsholarcha qarov ham kerak emas. Unga vayrona bo‘lsa ham o‘z uyi, vatani kerak. To‘yib ovqat yemasa ham, yelka kerib yashamasa ham o‘z kulbasi bilan baxtiyor. Anvar Obidjonning «Vatan» asarida vayronada yashaydigan Boyqush ham xuddi bulbul kabi o ‘z hayotidan mamnun, vayronasi bilan shod. Negaki vayrona bo‘Isa ham o ‘z uyi bor:
— Senga bitta savol bor,
Menga quloq sol, hoy, qush.
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi, nahot sen boysan?
— Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi,
Bu — vayrona bo ‘Isa ham,
O‘zimniki hammasi,
Shuning uchun men boyman.
Dunyoda eng yomon odat bu ochko‘zlikdir. Nafsni tiyish, ochko‘z
bo‘lmaslik boylik hisoblanadi. Kimki nafsni tiyib, yon-atrofga quloq solib
yashasa faqat yutadi, el-yurt o‘rtasida obro‘-e’tibori oshib boraveradi. Bir
misol. O ‘tmishda bir kampiming bir chiroyli tovug‘i bor ekan. Bu tovuq
har ikki kunda bir marta tuxum qilar ekan. Kampir ikki kunda bitta tuxum
olishga qanoat qilmabdi. Bir kuni u o‘ziga-o‘zi:
— Tovug‘im o‘lguming ichi to‘la tuxum, qomida tuxum xazinasi bo‘lsa
ham, ikki kunda bitta tuxum berib meni aldab yuribdi. Undan ko‘ra qomidagi hamma tuxumni chiqarib ola qolay, deb o‘y!abdi. Darhol tovuqni so'yibdi. Lekin uning qomidan bir dona ham tuxum chiqmabdi, boz ustiga nodon kampir tovug‘idan ham ajralib qolibdi...
Mana sizga ochko‘zlikning oqibati! Agar kampir sabr-toqatli bo‘lganida, ochko‘z bo‘lmaganida, ertani o‘ylab ish ko‘rganida o‘z nasibasini o‘zi qiymagan, tovuqni o‘ldirmagan bo‘lar edi. Anvar Obidjon o'zining bir qator asariarida bolalarni xuddi kampir singari ochko‘z bolmaslikka chinakamiga da’vat qilganligini ko‘ramiz. Ayniqsa, «Ochofatning po‘pisasi»da
bu mavzu yanada jaranglab turadi:
Meni yana ursang Mamat,
Yuragimda o ‘ch yig'aman.
Sezdim ay saryog ‘ingni yeb,
Urishgani kuch yig‘aman.
...Toyda toyib qopketmagin
Oshingdan bir cho'qib o'tsam,
Zo'rg'a topgan nisholdangga
Beshpanjamni tiqib o ‘tsam...
Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotida o‘ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri hisoblanadi. Bu ko‘proq uning turli buyumlar, jonzotlar, o‘simliklar haqida yaratgan asariarida ko'zga tashianadi. G ‘azal janrida yaratgan
«Bulbulning salomnomalari» o ‘zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo‘ldi. Bu asarda turli xil narsalaming o‘ziga xos qirralari ochib beriladi. Masalan, qo‘rqoq Quyon, do‘stsiz Chayon, arg‘amchidek buralib yuradigan Ilon,tun-u kun yer qaziydigan Yumron, tovusdek chiroyli Qizilishtonlaming tuzilishlari, hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarda tabiat olamiga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o‘n chandon oshirishga erishgan.
Anvar Obidjonning she’rlarida bolalarni mehnatkash, o'qimishli, odobli, vatanparvar bo‘lishga mudom chorlovchi kuch bor. Bir rivoyatda tutun cho‘g‘lovga zorlanib:
— Onajon, men sizning qizingiz bo’lsam ham nega doimo qop-qoraman, siz,esa, porlab yonib turasiz, buning sababi nima? — deganida
cho‘g‘ shunday javob beradi:
— Qizim, bu ish yangi bir ish emas. Dunyoda inson o‘z porloqligi
bilan porlaydi. Bolaning porloq bo‘lishi uchun bir porloq ota-onaning farzandi bo’lgani kifoya qilmaydi, ya’ni olijanob, fazilatli ota-onaning shunday go‘zal fazilati bilangina inson ulardek bo‘lmaydi. Farzandning o‘zi fazilatni kasb etib olishi kerak. Shundagina u farzand porlaydi, cho‘g‘dek yonib turadi. Ha, Anvar Obidjonning she’rlari yosh kitobxonni ana shu cho‘g‘dek porlab turishiga barakali hissa qo’shmoqda.
Anvar Obidjon 1997-yil «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan, 1998-yilda «Oʻzbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor boʻlgan.Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etdi.
Anvar Obidjonning o‘nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar qo‘lidan tushmay kelayotir.
O'zbek bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri bo'lgan Abusaid Ko'chimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Agar u she'riy to'plamlarida bolalar va o'smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo'lsa, hikoya va qissalardan iborat majmualarida ko'proq qishloq hayoti, qishloq bolalari xarakteriga xos voqealarni tasvirlagan. Abusaid Ko'chimov qardosh xalqlar adiblarining bir qator she'r va hikoyalarini o'zbek tiliga o'girgan.
Biografiya
Abusaid Ko'chimov o'zbek bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri bo'lib, u 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug'ildi.
O'rta maktabni bitirgandan so'ng Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o'zbek tili va adabiyoti fakultetida o'qidi.
«O'ituvchi» nashriyotida musahhih, «Tong yulduzi» (sobiq «Lenin uchquni» gazetasida) muxbir, bo'lim mudiri, mas'ul kotib va bosh muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida mas'ul kotib va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Prezident devonida mas'ul lavozimlarda ishladi.
1997-2005 yillarda O'zbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.
U tabiatni e'zozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNESKO mukofotiga sazovor bo'lgan. «Halqa» kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining G'afur Ғulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlangan.
Abusaid Ko'chimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Agar u «Chanoq», «Ikki bahor» kabi she'riy to'plamlarida bolalar va o'smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo'lsa, «Mening yulduzim», «Halqa» kabi hikoya va qissalardan iborat majmualarida ko'proq qishloq hayoti, hishloq bolalari xarakteriga xos voqealarni tasvirlagan.
«Umid daraxtlari» nomli to'plamida hozirgi murakkab sharoitda bola tarbiyasi va uning jamiyatda tutgan o'rni masalalariga e'tiborni qaratgan.
Abusaid Ko'chimov qardosh xalqlar adiblarining bir qator she'r va hikoyalarini o'zbek tiliga o'girgan. Tatar adibi M.Xarisovning «Qizil sayyoraga sayohat» sarguzasht qissasi uning tarjimasida alohida kitob holida chop etilgan.
Abusaid Ko'chimovning asarlari ko'pgina tillarga tarjima qilingan.
Faoliyati
Abusaid Ko'chimovning birinchi she'r va maqolalari matbuotda e'lon qilinganida u o'rta maktab o'quvchisi edi. Uning «Kashfiyotchi bolalar» (1978), «Mening O'zbekistonim» (1979), «Toshburgut» (1981), «Mening yulduzim» (1984), «Chanoq» (1985), «/Halqa» (1987), «Ikkibahor» (1990), «Umid daraxtlari» (1992) kabi bir qator kitoblari chop etilgan. Abusaid Koʻchimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni bitirganidan soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqidi. “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong yulduzi” gazetasida muxbir, boʻlim mudiri, masʼul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, masʼul lavozimlarda ishladi. 1997–2005 yillarda Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.
Abusaid Koʻchimovning birinchi sheʼr va maqolalari matbuotda eʼlon qilinganida u oʻrta maktab oʻquvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening Oʻzbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” (doston, 2000), “Baland togʻlar” (Saylanma, 2002), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006), “Muhabbat bogʻlari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (toʻrt tomlikning 1-jildi, 2011) sheʼriy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), toʻrt qismli “Baland togʻlar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini koʻrdi.
U tabiatni eʼzozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO mukofotiga sazovor boʻldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.
Abusaid Koʻchimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi sheʼriy toʻplamlarida bolalar va oʻsmirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan boʻlsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida koʻproq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.
A. Koʻchimov tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator sheʼr va hikoyalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.
Abusaid Koʻchimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi she’riy to‘plamlarida bolalar va o‘smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo‘lsa, “Mening yulduzim”, “Halqa” qissalarida u ko‘proq qishloq hayoti, qishloq bolalari fe’l-atvoriga xos voqealarni tasvirlagan. Hozir ham Abdusaid Kuchimov bolalar uchun she’r va qissalar yozib, o‘zbek adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
U qardosh xalqlar she’rlarini o‘zining ona tili - o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimalari qatorida tatar yozuvchisi M. Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” qissasini aytish joiz, asar alohida kitob ko‘rinishida nashrdan chiqqan. Shuningdek, turli tillardan ko‘plab tarjimalari chop etilgan.
Bolalar yozuvchisi Abusaid Kuchimov 1951 yil Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kiradi.
U “O‘qituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong yulduzi” (sobiq “Lenin uchquni” gazetasida) muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Prezident devonida mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan.
U tabiatni qo‘riqlash mavzuidagi publitsistik maqolalar yozib, YUNESKO mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Halqa” kitobi uchun Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlangan.
“Umid daraxtlari” nomli to‘plamida bolalarning jamiyatdagi o‘rni va tarbiya berishdagi qiyinchiliklar haqida yozgan.
Uning birinchi she’rlari va maqolalari o‘rta maktabda o‘qigan kezlari chop etilgan. U “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening O‘zbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxtlari” (1992) kabi bir qator kitoblarini nashr ettirgan.
1997-2005 yillar teleradiokompaniyaga rahbarlik qilgan. 2006 yildan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xabar” gazetasi bosh muharriri.
2017 yilning avgustida Abdusaid Kuchimov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori etib tayinlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |