antropofonik (tovushni buzilib talaffuz kilish)



Download 14,29 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi14,29 Kb.
#624528
Bog'liq
5\'


1.2. Dizartrik bolalar nutqning o‘ziga xos xususiyatlari
Dizartrik bolalar nutqi о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lib, bu asosan bolalar talaffuzida yaqqol namoyon bо‘ladi. Jumladan, ovoz va nutqiy nafasda.
Dizartriyaning asosiy belgilari bular nutqiy artikuliyatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq bulgan tovushlar talafuzi va ovoz nuqsonlaridir. Dizartriyada dislaliyadan farqli ravishda ham unli, ham undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi.
Dizartriyada buzilishlarning turlariga kо‘ra barcha nuksonlar quydagilarga bо‘linadi:
a) antropofonik (tovushni buzilib talaffuz kilish)
b)fonologik (tovushni yо‘qligi, tovushni almashtirish, differensiallanmagan talaffuz).
Fonologik nuqsonlarda tovushlarni akustik va artikulyatsion xarakteristikasini noanikligi kuzatiladi. Shuning uchun kо‘p hollarda yozma nutqda ham kamchiliklar kuzatiladi.
Dizartriyaning barcha shakllarida artikuliyatsiya motorikasi buzilishlar kuzatilib, ular bir qator belgilarga ega. Bu xolning artikuliyatsiya muskulaturasida kuydagi shakllari farqlanadi: artikuliyatsiya muskullarining spastikligi - til, lab, yuz va bо‘yin muskullari tonusining doimiy ravishda ortib borishi.
Yaqqol namoyon bо‘lgan muskullar tonusining ortishi natijasida til tarang xolda, orqa tomon tortilgan, til uchini tepaga kо‘tarishga, noaniq holda bо‘ladi.
Lab aylana mushaklarining tonusining ortishi natijasida lablarning spastik birikuvi, taranglashuvi kelib chikadi. Bunda faol harakatlar cheklangan bо‘ladi. Tilning oldinga harakatlar hajmi cheklanadi yeki umuman yо‘qoladi.
Yuz va bо‘yin mushaklari tonusining ortishi artikuliyatsiya apparatining ixtiyeriy harakatlarini yana qiyinlashtiradi.
Mushaklar tonusi buzilishining yana bir kurinishi gipotoniY. Gipotoniya til ingichka, lablar bо‘shashgan, ularning birlashish imkoniyati bо‘lmaydi. Bunda, odatda og‘iz ochiq buladi.
Dizartriyada artikuliyatsiya motorikasining buzilishlari artikuliyatsiya mushaklarining harakatchanligining cheklanganligi natijasida kelib chiqadi va bu hol mushaklar tonusining ortishi, ixtiyorsiz harakatlar va disko-ordinatsion buzilishlar hisobiga yanada og‘irlashadi.
Artikuliyatsiya mushaklarining harakatchanligini yetarli emasligi natijasida tovushlar talaffuzida kamchiliklar kelib chiqadi. Lab mushaklarining jarohatlanishi natijasida ham unli xam undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Ayniqsa lab undoshlari p, m, b to-vushlarida buzilishlar kuzatiladi. Bola lablarini chо‘chchaytirishga, doira holiga keltirishga, tepa labini tepaga kо‘tarishga, pastki labini pastka tushirishga va boshka bir kator harakatlarni bajarishga qiynaladi. Lablar harakatini cheklanganligi butun artikuliyatsiyani buzilishiga olib keladi.
Shuningdek, yumshoq tanglay mushaklarining harakatchanligini cheklan-ganligi ham tovushlar talaffuzini qiyinlashtiradi.
Dizartriyada kuzatiladigan yuz mushaklarining parezi ham tovushlar talaffuziga tasir etadi.
Dizartriyaning asosiy belgilaridan yana biri artikuliyatsiya praksisining yetarli emasligi (dispraksiya). A.R.Luriya о‘z ishlari asosida dispraksik buzilishlarni 2 turini farqlaydi:
a) kinestetik
b) kinetik
Kinestetik dispraksik buzilishlarda umumlashtirilgan artikuliyatsiya urunmalarining rivojlanishida qiyinchiliklar va nomukammalliklar kuzatiladi. Bunda kо‘pincha undosh tovushlar buzilishi kuzatiladi. Buzilishlar turg‘un bо‘lmay tovushlarni almashtirish hollari har xil bо‘ladi.
Dispraksik buzilishlarning kinestetik kurinishlarida xam unli xam undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Unlilar kup hollarda, chо‘zilib, ularning artikuliyatsiyasi neytral holga tenglashadi. Tovushlarning almashtirish holi о‘ziga xoslikni aks ettiradi.
Masalan sirg‘alivchi til oldi «Z» tovushi, portlovchi til oldi «D» tovushiga almashtiriladi. Dizartriyada artikuliyatsiya motorikasining buzilishi asosiy sindrom hisoblanib – artikuliyatsiya buzilishlari sindromi deyiladi. Miya jarohatlanishining og‘irligi va joylashuviga kо‘ra bu sindrom dizartriyaning turli kо‘rinishlari о‘ziga xos hususiyatlariga ega bо‘ladi.
Dizartriyada nafas muskulaturasining innervatsiyasining buzilishi natijasida nutqiy nafas buzilishlari kelib chikadi. Bunda nafas olish ritmi nutqni manoli tuzilishini boshqarmaydi, nutq akti jarayonida nafas olish tezlashadi, nafas chiqarish qisqa va asosan burun orqali buladi.
Dizartriyaning ikkinchi sindromi – nutqiy nafasni buzilishi sin-dromidir.
Dizartriya uchun xarakterli xususiyatlardan biri - intonatsiya va ovoz buzilishlaridir. Ovoz kamchiliklari til, lab, yumshok tanglay, ovoz boylamlari, bugiz mushaklari parezi va ularning mushak tonusining ortishi, xaraktchanglikning cheklanganligi bilan bog‘liq.
Demak dizartriyaning asosiy belgilari - artikuliyatsiya, nafas va ovoz buzilishlarining namoyon bо‘lish darajasi va xarakteridan kelib chiqadigan- tovushlar talaffuzi va nutqning prosodik buzilishilaridir.
Dizartriyada nutqiy buzilishlar bilan birgalikda, nutqiy bulmagan kamchiliklar ham uchraydi. Bu bulbor va Psevdobulbor dizartriyada umumiy va mayda qо‘l muskullari motorikasining buzilishlari kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.
Dizartriyada о‘ziga xos nutqiy va nutqiy bо‘lmagan buzilishlar asosida tashxis qо‘yiladi.
Download 14,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish