Antioksidantlarning muhim xususiyatlari


Tarkibida cho’chqa yog’i bo’lgan qo’shimchalar



Download 22,41 Kb.
bet2/2
Sana05.07.2022
Hajmi22,41 Kb.
#740205
1   2
Bog'liq
макола1

Tarkibida cho’chqa yog’i bo’lgan qo’shimchalar:

E100-E103 E110-E111 E120 E123 E124 E126 E127 E128 E140 E141 E152 E153 E206 E210 E213 E214 E216 E234 E252 E270 E280 E325 E326 E327 E334 E335 E336 E337 E374 E420 E422 E430 E431 E432 E433 E434 E435 E436 E440 E442 E470 E471 E472 E473 E474 E475 E476 E477 E478 E480 E481 E482 E482 E483 E488 E489 E491 E492 E493 E494 E495 E542 E550 E570 E572 E577 E591 E631 E632 E633 E635 E904



Antioksidantlar- bu oziq-ovqat tarkibidagi faol biologik moddalar guruhidir. Bu oksidlanishni kechiktiradigan bir turdagi konservantlar hisoblanadi. Antioksidantlarning ta'siri tabiiy metabolizm paytida hosil bo'lgan va atrof muhitda mavjud bo'lgan erkin radikallarni zararsizlantirishga qaratilgan.
Antioksidantlar mavjud bo’lgan dorilar juda qimmat va shunga mos ravishda bu moddalar bizning tanamizni o'zgartira oladi. Antioksidantlar faoliyati tufayli tanada sodir bo'ladigan o'zgarishlar quyidagicha :

  1. Immunitet kuchayadi;

  2. O'zgartirilgan hujayralar shakllanishining oldi olinadi;

  3. Kollagen tiklanadi;

  4. Yosharish jarayonlari va boshqalar ishga tushiriladi.??????

"Antioksidantlar " bu qarishga qarshi moddalar hisoblanadi. Tanadagi bunday moddalarning ko'payishi umr ko'rish davomiyligining oshishiga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Bunday xulosa ko’p olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribalardan so'ng qabul qilingan. Masalan: ichki antioksidant fermentlarni ishlab chiqarishni ko'paytirishga erishgan sichqonlar, qolgan sichqonlarga qaraganda ancha uzoq umr ko'rishgan va ular kamroq kasal bo'lishgan.
Darhaqiqat, keksa yoshda antioksidant dorilarni qabul qilish altsgeymer kasalligi, parkinson kasalligi ehtimolini, yurak va qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra sog'lom ovqatlanish bilan birga antioksidant dorilarni qabul qiladigan odamlar o'zlarini ancha yaxshi, faol va sog’lom his qiladilar.
Organizmda milliondan ortiq turdagi kimyoviy reaksiyalar kuzatiladi. Shu qatori oksidlanish jarayoni tanada doimiy ravishda sodir bo'ladi. Oksidlanish jarayonlari to'qimalarni yangilanishi va oziqlanishi, tanani harakatlanishi uchun energiya beradi. [3]
Vujudimizga ma'lum miqdorda oksidlovchi moddalar kerak bo’ladi. Ortiqcha erkin radikallar "kislota"ga aylanib, to'qimalarning qarishiga olib keladi. Oksidlovchi qancha ko'p bo'lsa, organlarning holati shunchalik yomonlashadi. Regeneratsiya jarayoni sekinlashadi, oksidlanish kuchayadi. Metabolizm buziladi va immunitet zaiflashadi. Natijada tez-tez shamollash va virusli kasalliklar, yurak- qon tomir va endokrin tizimning surunkali kasalliklarining paydo bo'lishi, xavfli o'smalar paydo bo'lishi boshlanadi.
Erkin radikallar inson tanasida doimiy ravishda ko'plab redoks va metabolik reaktsiyalar natijasida vujudga keladi, bu tananing barcha organlari va tizimlarining faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Ideal sharoitda ular shu qadar kam ishlab chiqariladiki, oziq-ovqat bilan birga kelgan antioksidantlar ularni yo’q qiladi. Antioksidantlar energetik erkin radikallarni bog'lab, ularni tanadan olib tashlaydi.
Organizmdagi erkin radikallar miqdori tashqi salbiy omillar: ifloslangan atmosfera, tamaki tutuni, haddan tashqari ul`trabinafsha nurlanish, zararli kimyoviy moddalarga boy oziq-ovqat mahsulotlari ta'sirida sezilarli darajada oshadi. Antioksidantlar inson uchun zarurdir, lekin olimlarning antioksidant moddalarni ruxsat etilgan maksimal dozalari haqidagi muammolari hal etilmadi. Chunki tanadagi ortiqcha antioksidantlar ba'zi tabiiy elementlarning (temir, rux, kalsiy va boshqalar) so'rilishiga xalaqit berishi mumkin.
Shuningdek, suv (tabiiy, tozalangan yoki strukturalangan) ko'p funksiyali antioksidantdir. O'z-o'zidan tanani tozalaydi va ko'plab suvda eriydigan antioksidant moddalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Yosh kattalashgan sari, antioksidantlarning qo'shimcha qismlariga ehtiyoj bor, chunki metabolizm sekinlashadi. Ortiqcha erkin radikallar molekulyar darajada hujayralarni yo'q qiladi. Antioksidantlar, vitaminlar va minerallar radikallarning ta'sirini to'xtatishga, qarish va ko'plab kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.[2]
Antioksidantlarga vitaminlar: E, B12, D, A, C; minerallar: selen, marganets, mis, rux, beta karotin, flavonoidlar, fitonutrientlar, polifenolik birikmalar kiradi.
Antioksidantlar tanada faqat ikkita usulda:
1. Suvda
2. Yog'da eritilishi mumkin.
Tabiiy holda ular oziq-ovqat tarkibida bo'ladi va ular bilan tanaga kiradi. Sanoatda ishlatiladigan ozuqaviy moddalar sun'iy ravishda yaratiladi va yarim tayyor mahsulotlarda konservantlar va oziq-ovqat qo'shimchalari sifatida ishlatiladi. Endogen yani ichki antioksidantlar esa organizmdan ishlab chiqariladi.[1]
Sanoat antioksidantlari sun'iy ravishda oziq-ovqat, kosmetika mahsulotlariga kiritiladi va organizm tomonidan deyarli so'rilmaydi.
Antioksidantga boy kunlik ertalabki ichimlik bu – ko’k choy hisoblanadi. Qora choyda ularning tarkibi kamroq, chunki qora choy issiq havo bilan ishlanganda ozuqa moddalarining bir qismi yo'qoladi. Qizil sharobda foydali vitaminlar va minerallar mavjud, qora shakarsiz shokolad ham antioksidantlarga juda boy.
Antioksidantlarning kunlik normasini olish uchun katta yoshli odam 450 gramm sabzavot iste'mol qilishi lozim. Mol go'shti va tovuq jigari yoki yog'li baliqda ham kunlik norma olish mumkin.
Antioksidantlar nafaqat biologik jarayonlarda qo'llaniladi balki kimyoviy jarayonlar va sanoatda ham ishlatiladigan juda ko'p turli xil antioksidantlar mavjuddir. Quyida bazi antioksidantlar haqida qisqacha to’xtalamiz:
E-325: Natriy laktat - bu sut kislotasining natriy tuzi (natriy sut kislotasi). Oziq-ovqat sanoatida kislota regulyatori, suvni ushlab turuvchi vosita, emulsiya qiluvchi tuz, antioksidant sinergist sifatida oziq-ovqat qo'shimchasi E-325 ishlatiladi. Oq kristall zarrachalar va cho'kindilarsiz ochiq jigarrang siropi bir oz sho'r ta'mga ega. Bu modda makkajo'xori yoki shakar lavlagi kabi shakar manbalarini fermentatsiyalash, so'ngra hosil bo'lgan sut kislotasini zararsizlantirish yo'li bilan olinadi.[5]
Natriy laktatni emulsiya, likyorlari, kremlari va kokteyllarini ishlab chiqarishda, ularning yaroqlilik muddatini ko'paytirish va organoleptik xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatish ayniqsa samaralidir. Natriy laktat oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun suv bilan bog'lovchi samarali qo'shimcha sifatida, asosan muzlatilgan, saqlash uchun mo'ljallangan vakuumli qadoqlangan go'sht mahsulotlari uchun ishlatiladi. Sabzavotlarni saqlab qolganda, u sho'r suvning bir xilligini ta'minlaydi, tarkibida zaytun, pamidor va piyoz bo'lgan mahsulotning ta'mini yaxshilaydi. Xamirni kislotalash uchun ishlatiladi, nonga o'ziga xos lazzat beradi. Ba'zan shampunlarda va suyuq sovunlarda namlovchi vosita sifatida ishlatiladi.
E326: kaliy laktat - sut kislotasining kaliyli tuzi (kaliy sut kislotasi). Oziq-ovqat sanoatida E326 oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida kislota regulyatori, suvni ushlab turuvchi vosita, emulsifikatsiya qiluvchi tuz, antioksidant sinergist sifatida ishlatiladi. Faqatgina eritmalar shaklida mavjud.
Kaliy laktat osh tuzi o'rnini bosuvchi hamda meva va sabzavotlarni qayta ishlashda, o'simlik to'qimalarining plomba moddasi sifatida ishlatiladi.
E327: Kalsiy laktat - bu sut kislotasining kaltsiyli tuzi (kalsiy sut kislotasi). Oziq-ovqat sanoatida E327 oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida kislota regulyatori, suvni ushlab turuvchi vosita, emulsifikatsiya qiluvchi tuz, antioksidant sinergist sifatida ishlatiladi. Suvsiz oq kukun, deyarli hidsiz. Sovuq suvda asta-sekin, issiq suvda yaxshi eriydi, etanolda deyarli erimaydi.
Калций шунақа ёзилами лотин тилида Kalsiy laktat organizmda yuqori darajada eriydi va oshqozon shilliq qavatini bezovta qilmasdan osonlikcha so'riladi, shuning uchun u kalsiyning yaxshi donori hisoblanadi va masalan, meva sharbatlarni boyitish uchun ishlatiladi. Laktat tarkibidagi kalsiy miqdori glyukonatga qaraganda yuqori. Kalsiy laktat non mahsulotlari tarkibidagi xamirturush uchun ozuqa va mevalarni saqlovchi sifatida konservalarda, shuningdek antioksidant sinergist sifatida osh tuzi o'rnini bosuvchi sifatida ishlatiladi.[4]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Sobirova R.A, Abrorov O.A, Inoyatova F.X, Aripov A.N, Biologik kimyo T. Yangi asr avlodi 2006 y.

2. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nashriyoti. 2006 y.
3. Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 y.
4. XarkevichD.A. Farmakologiya M. Meditsina 2005 y.
5. Николаев А.Я., Биологическая химия. Москва 2004.
6. Internet ma’lumotlari
Download 22,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish