Antidangasalik


Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish



Download 1,59 Mb.
bet10/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish


  1. “Nima qilish kerak?” savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishi kerak.

Misol: universitetga borib, Obid Shukurovich bilan ko‘rishib, fizika kitobini so‘rash.
Siz “Buncha ko‘p yozishga erinaman”, deyishingiz mumkin. Biznesmenlar orasida bir gap bor: “Bir soatlik rejalashtirish yigirma kunlik vaqtni tejaydi”.

  1. Maksimal ravishda kam fikrlashga majburlash kerak.

Siz tuzgan topshiriq shunchalik sodda bo‘lishi kerakki, birinchi sinf o‘quvchisi ham tushunib, bajarib keta olishi kerak. O‘ylashga imkon qoldirmasligingiz zarur.

  1. Topshiriqlarni bajarish uchun hamma narsa tayyor bo‘lishi kerak.

Siz tuzgan topshiriq birinchi qadamdan iborat bo‘lishi lozim. Misol uchun, “Davlat xizmatlari markaziga borib, YTT bo‘yicha hujjat ochish”. Bu topshiriq to‘g‘ri tuzilgandek ko‘rinishi, lekin hali to‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni siz biror marta davlat xizmatlari markaziga bormagan bo‘lsangiz, uning manzilini bilmasligingiz ehtimoli mavjud. Shunda topshiriqni quyidagicha tuzishingiz kerak bo‘ladi. “Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari markazini qidirib, manzilni belgilash”. Ushbu holatda siz ishni birinchi qadamdan boshlagan bo‘lasiz. Yana shunga o‘xshagan bir misolni keltirsak: siz ertalab yugurmoqchisiz. Agar siz yugurish uchun kerak bo‘ladigan sport kiyimlaringizning barchasini avvaldan taxlab qo‘ymagan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan ertalab siz yugurmaysiz. Sababi, siz sport kiyimlaringizni qidirishga erinishingiz va yana dangasalik qilishingiz mumkin. Topshiriqlarni tuzish uchun sizga 10-15 daqiqa yetarli bo‘ladi. Boshlanishiga topshiriqlar sonini kamroq qilganingiz ma’qul, keyinchalik ko‘paytirib borishingiz mumkin.
1904-yilda rus fiziologi Ivan Pavlov itlarda o‘tkazgan tajribalari bilan shartsiz refleksni kashf qilib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan24. Itlarning ovqat hazm qilish tizimi ustida olib borilgan tadqiqotlar davomida uning tajribasidagi hayvonlar ovqatlansa, so‘lak oqishni boshlaydi. Pavlov tajriba davomida har safar itlar ovqatlantirilganda qo‘ng‘iroq tovushini eshittirgan va natijada itlar shunchaki qo‘ng‘iroqqa javoban ham so‘lak chiqara boshlagan, ya’ni hayvonlarning so‘lak bezlari va qo‘ng‘iroq orasida shartsiz refleks hosil bo‘lgan. Pavlov tajribasidan keyingi o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar natijasiga ko‘ra, insonlarda ham shartsiz reflekslar ular doimiy shug‘ullanadigan narsalar bilan amalga oshadi. Agar siz doimiy ravishda bloknotga rejalar tuzib, birma-bir bajarishda davom etsangiz, oradan vaqt o‘tgach, siz bloknotga tushgan vazifalarni shartsiz refleks oqibatida shu zahotiyoq bajaradigan bo‘lib qolasiz. Sizda “Stikerlarga topshiriqlarni yozmasdan ham bajarib ketaversam bo‘ladimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Albatta, bo‘ladi, ammo samaradorligingiz bir necha barobarga tushib ketadi.
II Bobda o‘rgangan narsalarimizga ko‘ra, jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi. Kitobning keyingi bobini ikki kundan keyin, bugun bilib olgan narsalaringizni amalda qo‘llaganingizdan so‘ng o‘qishingizni tavsiya qilamiz.






Sana:























Uyqu soatlari

6

6

7

8

6

7

8

7

8

8

Bajarilgan topshiriqlar soni

4

5

5

6

5

7

6

8

9

8






































































































Ekranda tungi va o‘qish rejimi

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

2 daqiqa hech narsa qilmaslik

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Qarmoqlar metodini bajarish

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Topshiriqlarni tuzish

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+









































































































































































































































III BOB
Maqsadlar bilan ishlash


Inson borki, orzular bilan yashaydi va uning bo‘lishi tabiiy. Ammo insonlarning katta qismi o‘z orzulariga erisha olmaydi. Sababi, orzu — mavhum tushuncha, unda aniq chegaralar va miqdorlar yo‘q. Shu bois biz orzularni aniqroq tushunchaga — maqsadlarga alamshtirishimiz zarur.
Ikki turdagi maqsadlar samarali bo‘ladi: birinchisi “Qisqa muddatli” maqsadlar bo‘lib, 3, 5, 6 oydan to 1 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olishi kerak. Bir yildan ortiq muddatli maqsad qo‘ymaslik kerakligining sababi shundaki, insonga ta’sir qiluvchi atrof-muhit omillari, o‘qish-izlanish tufayli fikrlash o‘zgaradi. Bir yil avvalgi “Siz” hozirgi “Siz” bo‘lmay qolishi mumkin. Shunda hozir xohlayotgan maqsadingizni bir yildan keyin xohlamay qo‘yishingiz ehtimoli yo‘q emas. Agar bir yildan keyin sizning fikrlaringizda o‘zgarish bo‘lmasa, shunchaki aqliy jihatdan o‘smagan hisoblanasiz, xolos. Ikkinchisi esa missiya hisoblanadi. Missiya bu maqsaddan ham, hatto sizning hayotingizdan ham ustunroq bo‘lgan narsadir. Missiya — erishish juda amrimahol bo‘lgan maqsad. U butun umringiz davomida harakatda bo‘lishingizni ta’minlaydi.
Qisqa muddatli maqsadlarga imkon qadar bitta vazifa qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Fokusni bir joyga qaratish orqali maqsadingizga erishishingiz osonlashadi. Deylik, sizda bitta maqsad bor va uni amalga oshish ehtimoli 90% bo‘lsin, chunki 100% amalga oshadi, deb ayta olmaymiz. Agar siz maqsadingizning yoniga yana bitta maqsad qo‘shsangiz, yuqoridagi ehtimollik ikkiga bo‘linadi va u maqsadlarning amalga oshish ehtimoli 45% ga tushib qoladi. Siz maqsadlaringiz sonini qancha ko‘paytirishda davom etaversangiz, ularning amalga oshish ehtimoli shuncha kamayishda davom etadi.
Demak, biz bitta qisqa muddatga bitta maqsad qo‘yish kerakligini bilib oldik, ammo qanday qilib juda ko‘plab maqsadlarimiz orasidan bittasini tanlab olishimiz mumkin?
Buning uchun biz sport o‘yinlarida jamoalarning keyingi bosqichga chiqish strategiyasidan foydalansak bo‘ladi. Bir dona oq qog‘oz olasiz va shu bir yil ichida amalga oshirmoqchi bo‘lgan barcha maqsadlaringizni birin-ketin qatorma-qator qilib yozib olasiz. So‘ngra ketma-ketlikda turgan har ikkitasidan bittasini, hozirgi kunda hayotingizni yaxshi tarafga o‘zgarishida muhim ahamiyat kasb etadiganini tanlaysiz, qolganlariga e’tibor bermaysiz. Ko‘plab maqsadlar orasidan bittasini tanlash qiyin, ammo ikkitadan bittasini tanlash oson. Shu zaylda davom etasiz va oxirida sizda faqat bitta maqsad qoladi. Uni amalga oshirganingizdan so‘ng shu ishni yana takrorlaysiz.
Quyida bunga bir misol:

Xuddi mana shu tartibda istalgancha maqsadlar orasidan bittasini tanlab olish mumkin.
Maqsadlar aniq bo‘lishi kerak, shundagina ularga erishish osonlashadi. Maqsadlarni tartiblashtirish uchun maxsus SMARTER texnikasi mavjud.
Bu texnikaning paydo bo‘lishi dastlab 1981-yilning noyabr oyida Jorj T. Doran (George T. Doran) tomonidan yozilgan “Management Review”25 jurnali nashriga to‘g‘ri keladi. U biznes boshqaruv maqsadlariga ishora qilgan holda SMART maqsadlarni belgilash uslubiga bag‘ishlangan. Shundan keyin bu texnika butun dunyo bo‘ylab maqsad qo‘yishda eng mukammal texnika sifatida qo‘llana boshlandi. Hozirda uning rivojlangan SMARTER texnikasini ko‘rib chiqamiz.
SMARTER mnemonik qisqartma bo‘lib, ingliz tilidagi so‘zlarning bosh harflaridan tuzilgan.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish