Antidangasalik



Download 1,59 Mb.
bet18/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Yengilish chegarasi


Qanday holat yuz berganda oldingizga qo‘ygan maqsadingizdan kechib ketishingizni belgilab oling. Misol uchun, men boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lmoqchiman. Shunda bu maqsadimdan quyidagi holatlarda kechib ketgan bo‘lardim:

  1. Sog‘ligimda o‘ta jiddiy muammo bo‘lsa va shifokorlar boks bilan shug‘ullanishni taqiqlasa.

  2. Jahon chempionatidan boks sport turi olib tashlansa.

  3. Ota-onam bu maqsadimdan qaytmasam, mendan rozi bo‘lmasligini ma’lum qilsa.

  4. Vafot etsam.

“Bo‘ldi, mana shu 4 narsadan boshqa hech qanday sabab maqsadimdan qaytara olmaydi”. O‘z maqsadingizning yengilish chegaralarini bilib olganingizdan keyin boshqa to‘siqlar sizga kichikdek tuyilib qoladi. Boshqa holatlarda ortga qaytmaslik uchun o‘zingizga psixologik blok qo‘ygan bo‘lasiz.


Ijobiy o‘zgarishlarning 4 omili

1. Muvozanatni ushlang


Biz kitobning boshida “Kapalak” effekti haqida gaplashgan edik. Shunga ko‘ra, sizdagi mayda o‘zgarishlar ham katta o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishi mumkin. Hayotingizga juda ko‘plab yangi narsalarni birdan olib kirish hozirgi muvozanatni buzishi ham mumkin. Taleb Nassim o‘z kitobida buni aytib o‘tadi:
Murakkab tuzilishga ega har qanday tizim mayda o‘zgarishlardan kutilmagan “reaksiya”ga uchrashi mumkin”.
Kutilmagan hodisalarning oldini olish bo‘yicha ham Taleb Nassim o‘z fikrini bildirib o‘tgan:
Murakkab tizimni xavfsiz o‘zgartirish uchun unga nimadir qo‘shgandan ko‘ra undan nimanidir olib tashlagan ma’qul”.
Taleb Nassim “murakkab tuzilma” deb insonlarning hayotini qiyoslab keltirmoqda. Siz o‘z hayotingizni kuzating, maqsadingiz yo‘lida sizga xalal berayotgan, taalluqli bo‘lmagan narsalarni birma-bir olib tashlang. Shunda ularning o‘rniga sizga foydali bo‘lgan boshqa narsalarni qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

2. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring


Maqsadlar sari harakat doim zerikarli va qiyin bo‘ladi. Shunisi odamlarga yoqmaydi. Siz esa shu jarayondan o‘zingizga yoqadigan narsalarni topishga urining. Bu ingliz tili bilan shug‘ullanayotgan vaqtda gaplarni talaffuz qilishda, oshpazlikni o‘rganayotgan vaqtda taomni hididan zavqlanishda va hokazolarda bo‘lishi mumkin. Maqsadni emas, jarayonni sevishni o‘rganing. Agar siz bunday jarayonni topa olmasangiz, buni sun’iy ravishda yaratishingiz mumkin. Biz avvalgi boblarda Pavlovning shartli refleksi haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Siz ham o‘zingizda topshiriqlar bilan shartli refleks hosil qilishingiz kerak. Buning uchun har bir qiyin ishni bitirganingizdan keyin (masalan, “Pomodoro” texnikasi bilan shug‘ullanilgandan so‘ng) o‘zingiz yoqtirgan birorta ishni qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu bir finjon qahva ichish, bir dona shokolad yeyishda kuzatiladi. Ammo ishni bajarib bo‘lish va o‘zni mukofotlash orasida boshqa ish bo‘lmasligi kerak. Vaqt o‘tgandan keyin sizdagi shartli refleks qiyin ishlarni qilishni undan keyingi rohatlanish bilan bog‘lab qo‘yadi. Shunda sizda qiyin ishlarni qilishda yoqimsiz holatlar yuzaga kelmaydi.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish