Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish
Bizning miyamiz asosiy ikki xil tizimdan iborat: biri — “O‘ylovchi” va ikkinchisi — “Bajaruvchi” tizimlar. Kaneman modulida biz “O‘ylovchi” tizimning o‘zi qanday tuzilganini ko‘rib chiqdik. Biz ko‘pincha bu ikki tizimni bir paytda ishlatishga urinamiz va bu bilan ish samaradorligini keskin tushirib yuboramiz. Misol uchun, siz bugunning hisobida qilishingiz kerak bo‘lgan bir nechta ishlarni xayolingizda reja qilib olasiz va shu bilan bajarishga urinasiz. Kechga borganda siz qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizning bir nechtasini unutib qoldirgan bo‘lasiz yoki ba’zilarini qilishga layoqatingiz bo‘lmagan bo‘ladi. Buning sababi yuqorida aytib o‘tilgan “Zeygarnik effekti” bilan bog‘liq. Ya’ni siz bajarmoqchi bo‘lgan ishlaringizni xayolingizda ushlab turish oqibatida ularga ko‘p energiya sarflab yuborasiz va bajarishga kelganda bu energiya sizda yetarli bo‘lmay qoladi. “O‘ylovchi” va “Bajaruvchi” tizimlarni alohida ishlatishimiz uchun daftar tutib, ishlarimiz ro‘yxatini yozib borishimiz kerak bo‘ladi. Kundalik tutishni ko‘pchilik yoqtirmaydi, ammo bu juda muhim. Siz kundalik rejalarsiz ikki tizimingizni alohida ishlata olmaysiz. Kundalik tutishning, topshiriqlarni to‘g‘ri tuzishning ham o‘z qoidalari mavjud. Biz “time management” bilan shug‘ullanish jarayonida kundalik daftar tutib, topshiriqlarni tuzganmiz, ammo ko‘pchilik buni tashlab qo‘ygan. Sababi shundaki, topshiriqlarni tuzishda xatoliklar ko‘p bo‘lgan. Odatda biz toshiriqlarni quyidagicha tuzamiz:
Kitob o‘qish
Vazifalarni bajarish
Bozorga borish
Telefon
Universitet
Behruz ….. va hokazo. Ko‘rib turganingizdek bunday toshiriqlar ro‘yxatida aniqlik mavjud emas. Siz bloknotni ochib, topshiriqni o‘qiganingiz bilan yana shu topshiriq haqida o‘ylashni boshlaysiz. Misol uchun, “Kitob o‘qish” topshirig‘ini o‘qiganingizda savol tug‘iladi: “Qaysi kitobni o‘qish kerak edi?”, “Qancha bet o‘qishim kerak edi?”, “Qaysi mavzusini o‘qishim kerak edi?” va hokazo. “Behruz” degan topshiriqni ko‘rganingizda yana savollar tug‘iladi: “Qaysi Behruz?”, “Behruzga nima berishim kerak edi?”, “Behruzga nima deyishim kerak edi?”, “Nega Behruzni yozdim o‘zi?” va hokazo. Bu topshiriqlarda umuman yuqoridagi ikki tizim ajratilmayapti, ya’ni samarasiz ish bo‘lyapti. Topshiriqlarni qanday to‘g‘ri tuzish mumkin? Bunda bizga vazifalarni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha mutaxassis Maykl Linenberger (Michael Linenberger) tizimi22 yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |