Kimyo-farmasevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik ta’rif Kimyo-farmasevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo’yicha zavodlar va tayyor dori shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar xisoblanadi.
Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organiq sintezlashni keng ko’lamda qo’llash yotadi va bu mazko’r korxonalari asosiy kimyo sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi.
Sanoat ishlab chiqarishidagi kimyo-farmasevtika preparatlari turli xilda xom-ashyo sifatida qo’llanib, ular o’simlik va hayvon mahsulotlari va kimyoviy sintez yo’li bilan olinadi. Kimyoviy xom-ashyo eng keng tarqalgan maxsulot turi xisoblanadi.
Mineral xom-ashyolar anorganik tuzlar, hamda turli organik birikmalarni sintezlash uchun ingridirent sifatida qo’llanadi. Bu yo’nalishda mineral kislota va ishqorlar katta miqdorlarda ishlatiladi. Birlamchi organiq xomashyoni toksokimyo, neft-kimyo, anilin bo’yoqli korxonalar va asosiy organiq sintez korxonalari yetkazib beradi.
Dori preparatlari ishlab chiqarishda hayvon maxsulotlari keng qo’llaniladi, jumladan, hayvonlarni qonidan gistidin, bo’ylrak usti bezlaridan adrenalin, oshqozon osti bezidan insulin, qalqonsimon bezlardan tireodin va b.q.
Dori-preparatlarni olishdagi texnologik operatsiyalarning xamma, turlarini tayyorlov, bevosita dori preparatlarini olish jarayoni, yakuniy va qo’shimcha operatsiyalarga bo’lishi mumkin.
Dorivor preparatlarni bevosita olish jarayonining asosida almashinish, termik, elektrokimyoviy ishlov berish, biologik jarayonlar, elektroliz kabi jarayonlar yotadi. Texnologik jarayonning mazko’r bosqichida: sulfirlash. nitrolash va galogenlash, aminlash va oksidlash, qaytalanish va oksidlanish reaksiyalari keng qo’llanadi.
Tabletka, draje, ampula ko’rinishidagi tayyor dori shakllarini olish juda ko’p tayyorlov va asosiy jarayon va operatsiyalardan tashqil topgan bo’lib, shunga muvofiq - jixozlarda ma’lum tartib va ketma-ketlikdagi ishlar amalga oshiriladi.
Dori shakllarini plastmassali, qog’ozli va shisha idishlarga joylashadi, mazko’r bosqichdagi juda ko’p operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan. Shu bilan birga ayrim korxonalardagi qo’l mexnati hanuzgacha saqlanib qolgan.
Qoida bo’yicha ishchilar murakkab tarkibga ega bolgan chang ta’siriga Duchor bo’ladilar, chunki bir vaqtning uzida bir necha turdagy dori preparatlari qadoqlanadi va idishlarga joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |