Answer the phone, or don't you love me anymore Answer the phone don't you hear it Did your money finished?


-chizma. Yuqori bosimli gaz reduktori



Download 0,94 Mb.
bet8/13
Sana22.03.2023
Hajmi0,94 Mb.
#920581
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Gaz ballonli avtomobil

45-chizma. Yuqori bosimli gaz reduktori:
A-yuqori bosim kamerasi;
Б-past bosim kamerasi;
1-bosuvchi prujina;
2-membrana; 3-turtgich; 4-8-filtrlar;
5-reduksiyalash klapani;
6-klapan prujinasi; 7-klapan o’rindig’i.
Gazisitkich gazni oldindan isitish uchun, ayniqsa, qishki davrlarda zarurdir. Isitkich bo'lmasa, gazda bo'lgan uglekislota va namlik yuqori bosimli reduktorda muzlab qolishi mumkin. ZIL- 138A avtomobilning gazisitkichi yuqori va pastki korpuslardan iborat bo'lib, ularda siqilgan tabliy gaz, ishlatilgan gazlar harorati bilan isitiladi. Isitkichning qisqa kirish quvuri, egiluvchan metall shoxobcha vositasida shovqinso'ndirgichning chap tomondagi qabul qilish quvuriga ulangan. Ishlatilgan gazlar isitkichdan chiqarish qisqa quvuri orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Isitkich, gaz ballonli uskuna chizmasiga magistral ventil va yuqori bosimli reduktor oralig'ida kiritilgan. Isitkich, yuqori bosimli reduktorning orqa tomonidan ramaning chap lonjeroniga o'rnatilgan.
4 6-chizma. Filtrli elektromagnit klapan: 1-prujina; 2-namatli filtrlovchi element; 3-qalpoq; 4-rezina halqa; 5-shtuser; 6-korpus; 7-elektromagnitli klapan.
Filtrli elektromagnit klapanga (46-chizma)gaz yuqori bosimli reduktordan 0,9 1,15 MPa bosim ostida keladi. U kabinaning oldingi devoriga kronshteyn vositasida mahkamlangan. Filtr korpus, elektromagnitli klapan, namatli filtrlovchi element aluminiy qalpoq, kiritish va chiqarish shtutserlaridan tashkil topgan. O't oldinsh tizimi uzib qo'yilgan paytda elektromagnit klapan prujina ta'siri ostida yopiq holatda bo'ladi va gazni past bosimli reduktorga o'tkazmaydi. O't oldirish tizimi ulanishi bilan klapan ochilib, mexanik aralashmalardan tozalangan gaz past bosimli reduktorga va undan so'ng aralashtirgich va karburatorga kirib kcladi. Filtr qalpog'i korpusgai o'rnatilganda. rezina halqa bilan zichlanadi.
Past bosimli gaz reduktori membrana turidagi, kuchni diafragmadan klapanga richaglar vositasida uzatuvchi, bosimni ikki bosqichda avtomatik ravishda rosllovchi agregatdir. Reduktorning asosiy vazifasi aralashtirgichga kelayotgan gazlar bosimini pasaytirishdir. Reduktorda bosimni rostlash bilan bir paytda, dvigatelning turlicha ish rejimlariga zarur bo'lgan yonilg’i miqdorini, dozalovchi-ekonomayzer qurilmasi yordamida avtomatik tarzda rostlash ham amalga oshiriladi.
Dvigatel ishlamay turganda reduktoming chiqish qismida gazning ortiqcha bosimini va gaz magistralining yanada ishonchli berkitilishini ta'minlash uchun dvigatelning kiritish quvuryo'liga ulanadigan membrana-prujina turidagi bo'shatish qurilmasi nazarda tutilgan.
Reduktor ikki bosqichli bo'lib, ularning har bir rostlash klapani, rezinali to'qimadan tayyorlangan tekis membrana, prujina va membranani klapan bilan birlashtiruvchi richakka ega. Reduktorning ikkala bosqichi, bo'shatish va dozalovchi-ekonomayzer qurilmalari bilan birgalikda bitta agregatga birlashtirilgan.
Ikkinchi bosqich klapani yopiq holatda bo'lib, bo'shatish membranasining prujinasi va prujina bilan o'rindiqqa zichlab bosib turiladi. Prujinalar kuchi klapanga shtok va o'zak, richag va turtgich orqali uzatiladi. Ikkinchi bosqich konstruksiyasining o'ziga xos tomoni, unda bo'shatish qurilmasining mavjudligidir. Bo'shatish qurilmasi diskining prujinasi dvigatel ishlamayotgan paytda qo'shimcha kuch hosil qiladi va bu kuch richaglar tizimi orqali klapanga uzatilib uni yopadi. Shunday qilib, gazning aralashtirgichga chiqish yo'li ishonchli tarzda berkitiladi.
Dvigatelni yurgazishda karburatorning aralashtirish bo'linmasida siyraklanish sodir bo'lib. bu siyraklanish shlanglardan (ekonomayzerning vakuum bo'shlig'i orqali) bo'shatish qurilmasining bo'shlig'iga uzatiladi. Siyraklanish ta'sirida bo'shatish membranasi egiladi va disk prujinasini siqadi hamda shu bilan birga ikkinchi bosqich klapanini bo'shatadi. Prujinaning kuchi ikkinchi bosqich klapanini yopiq holatda ushlab turishga yetarli bo'lmaydi va klapan birinchi bosqich bo'shlig'idagi gaz bosimi ta'sirida ochiladi. Gaz ikkinchi bosqich bo'shlig'ini to'ldiradi, so'ngra ekonomayzer orqali aralashtirgichga keladi. Birinchi bosqich bo'shlig'idagi gaz bosimi 0,18 - 0,20 MPa oralig'ida o'rnatiladi.
Salt ishlash rejimida gaz sarfi ko'p emas. Shuning uchun ikkinchi bosqich bo'shlig'ida ortiqcha bosim hosil bo'ladi. Gaz sarfi ortib borishi bilan bo'shliqdagi gaz bosimi atmosfera bosimiga teng miqdorgacha pasayadi. Drossel zaslonkasini ochilishiga qarab dvigatel silindrlariga yuboriladigan gaz ko'payib boradi. Gaz - havo aralashmasi tarkibidagi gaz miqdori ekonomayzcr yordamida rostlanadi. Gaz yuborish shunday rostlanadiki, qisman yuklanishda dvigatel, tejamkorlikka ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi suyuqlashtirligan aralashmada ishlaydi. Drossel zaslonkalari to'la ochilganda maksimal quvvat olish uchun esa yonilg’i aralashmasi quyuqlashliriladi. Dvigatelga kirib keluvchi gaz - havo aralashmasi tarkibini rostlash dozalovchi-ekonomayzer qurilmasi vositasida amalga oshiriladi. U dozalovchi qurilma, pnevmoyuritmali ekonomayzer va reduktordan gaz chiqib ketadigan qisqa quvurdan iborat. Dvigatel qisman yuklanishda (drossel-zaslonkalari to'la ochilmasdan) ishlaganda reduktordan gaz shaybaning dozalovchi teshiklari orqali yuboriladi. Dvigatelni quvvat jihatdan rostlash (drossel-zaslonkalari to'liq ochilganda), klapan ochiq holatda, shaybaning dumaloq teshigi ham qo'shilgan holda ta'minlanadi. Diafragma va ekonomayzcr qopqog'i orasidagi bo'shliq, shtutserlar va rezina trubkalar yordamida dvigatclning kiritish quvuryo'li va gaz reduktorining bo'shatish qurilmasi bilan tutashtirilgan. Dozalovchi-ekonomayzer korpusida qopqoq yordami­da siqib qo'yilgan prujina va diafragma, prujinali klapan, quvvatni va tejamkorlikni rostlovchi shaybalari bo’lgan plastina joylashgan. Ekonomayzer korpusida gaz chiqishi uchun qisqa quvur, qopqog'ida esa dvigatelni kiritish quvur­yo'li va gaz reduktorini bo’shatish qurilmasi bilan tutashtiriladigan ikkita trubka bor.
K-91 karburator-aralashtirgichida gaz aralashtirgich, K-88A karburatorining o’tkazgichi bilan konstruktiv jihatdan birlashtirilgan va unga havo filtri o’rnatilgan. O’tkazgich-aralashtirgichga gaz qisqa quvur va dvigatelning salt ishlashida yopiq turadigan teskari klapan orqali kirib keladi.
Salt ishlashda gaz karburatorning aralashtirish bo’linmasidagi salt ishlash kanallariga aralashtirishning qisqa quvuridan trubka orqali kiradi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish