9.9. Ko‘p nuqtali elektron purkash tizimiga asoslangan benzinli dvigatelni gaz yonilgisiga o‘tkazish
Hozirda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillaming (yuk avtomobillarida ham) barchasida yonilgini kun nuqtali elektron purkashga asoslangan ta’minlash tizimli dvigatellar qoilanilmoqda. Bular ko‘p nuqtali purkash tizimining IV avlodi hisoblanadi. Bir nuqtali (markaziy) purkash tizimi ishlab chiqarilayotgan avtomobil dvigatellarida qoilanilishi kamayib bormoqda. Ko‘p nuqtali purkash tizimiga ega boigan yengil avtomobil dvigatellarini gaz yonilgisiga o‘tkazishda gaz yonilgisini purkashining ko‘p nuqtali varianti qoilaniladi. Yonilgini purkash forsunkasi (injektori) har bir silindming kiritish trubasiga, ya’ni klapanning yaqiniga purkalsa, gaz yonilgisini ham shu joyga purkash yaxshi samara beradi. Ko‘p nuqtali benzinni elektron purkash tizimini ko‘p nuqtali gaz yonilgisini purkash tizimi bilan jihozlangan sxemasi 9.7-rasmda ko‘rsatilgan. Bu tizimda suyuq yonilgi yonilgi baki 5 dan, yonilgi nasosi 3 orqali yonilgi filtr 4 dan o‘tib yuqori bosim quvuri 27 ga, taqsimlagichga tushadi. Taqsimlagich chetidagi bosim rostlagich 6 tizimdagi yonilgini doimo belgilangan bosimda ushlab turadi. Ortiqcha yonilgi bosim rostlagich 6 orqali yonilgi bakiga qaytadi. Taqsimlagichdan har bir silindming kiritish quvuriga injektor orqali yonilgi purkaladi.
1 - “benzin-gaz” qo ‘shgichi; 2 - benzonasosni qo ‘shish relesi; 3 - benzonasos; 4 -yonilg 7 filtri; 5 - benzin baki; 6 - bosim rostlagich; 7 - EBB; 8 - injektor relesi; 9 - havo filtrining asosi; 10-klapan; 11 -yoqish qulfi; 1 2 - elektron blok; 13 -dozator; 14 - past bosim reduktori; 15 - elektromagnit klapan-filtr; 1 6 - harorat datchigi; 1 7 - gaz injektori;18 - klapan; 19 - datchik; 20 - lambda-zond; 21 - benzin injektori; 22 - datchik; 23 - drossel zaslonkasi; 24 - elektrodvigatel; 25 - havo sarfi о ‘Ichagichi; 26 - qo ‘shimcha yonilg 7purkash injektori; 2 7 -yonilg'i taqsimlagich
9.7-rasm. Ko‘p nuqtali benzinni purkash tizimini gaz yonilg‘isiga o‘tkazish tizimi bilan jihozlangan sxemasi.
Tizim gaz yonilg‘isiga o‘tkazilganda injektor 21 dan yonilg‘i dvigatelni yurgizib yuborish rejimida purkaladi. Harorat datchigi 16 dvigatelning harorati belgilangan holatga yetganda EBB ga signal jo‘natadi. Signalni qabul qilib olgan EBB injektor 21 dan purkalayotgan yonilg" ini to‘xtatib, elektron blok 12 bilan birgalikda gaz yonilg4 isini purkovchi forsunka 17 ni ishga tushiradi. Asosiy EBB va elektron blok 12 (gaz yonilg‘isi tizimining elektron bloki) dvigatelning ishlash rejimiga mos bo‘lgan gazhavo aralashmasini 1:17,2 nisbatda tayyorlaydi (propan-butan 287 uchun 1:16,1). Bunday nisbatni tayyorlash uchun EBB va elektron blok 12 shunga aloqador boigan barcha datchiklardan olgan signallar asosida xabami bajaruvchi qurilmalarga yetkazadi. Yuqoridagi sxemada alohida yashil rangda benzinning yo‘li, alohida to‘q sariq rangda gaz yonilgisining yo‘li ko‘rsatilgan. Ko‘p nuqtali gaz yonilg‘isini purkash tizimida, dvigatelni barcha rejimda ishlash jarayonida, gazning sarfiga nisbatan ma’lum bir foizda suyuq yonilgi, ya’ni benzin purkalib turiladi (Kaptiva avtomobillarida). Sarflanayotgan yonilgini belgilangan datchiklardan olgan holda EBB injektor 26 orqali suyuq yonilg‘ini purkalib turishini ham ta’minlaydi. Nisbatan quwati kam boigan avtomobillarda (Neksiya, Lasetti, Spark, Kobalt) gaz yonilg‘isiga qo‘shimcha yonilg‘ini purkalib turishi ko‘zda tutilmagan, demak tizimda injektor 26 boimaydi. Agar avtomobilda gaz yonilgisi tugab qolsa, bu to‘g‘risida EBB elektron blok 12 orqali xabar topadi va gaz yonilg‘isi tizimini ishdan to‘xtatib, “benzin-gaz” qo‘shgichi 1 va benzonasosni qo‘shish relesi 2 orqali suyuq yonilg‘i tizimini ishga tushiradi. Tizimga gaz yonilg‘isi to‘ldirilib, dvigatelni ishlash jarayoni boshlanishi bilan yuqoridagi ishlar boshidan boshlanadi. Agar benzin injektor orqali har bir silindming ichiga purkalsa, bunday dvigatelni gaz yonilgisiga o‘tkazishda gazni har bir silindming ichiga purkash lozim boiadi. Bunda esa silindrlar kallagiga benzin injektori va uchqun chaqmogidan tashqari gazni purkovchi injektomi ham joylashtirish lozim boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |