Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri o'rinbosari,
“Adolat” SDP fraksiyasi rahbari
Yoshlar — xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi
Mamlakatimiz rahbari qaerda so'zlamasin, ma'ruza qilmasin har doim ta'lim, tarbiya masalasiga alohida to'xtaladi. Chunki ta'lim, nafaqat yoshlar, kelajagi, balki o'tmishimiz, mentalitetimiz, buyuk qadriyatlarimiz bilan ham bog'liq.
Davlatimiz rahbarining “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatida ayni shu yo'nalishga ham alohida to'htalib o'tdi.
“Hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, san'at va sport sohasidagi iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqdamiz”, deb ta'kidladilar.
Yoshlar — keng ko'lamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilg'or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o'g'il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda etakchi o'rin tutadi.
Tarixdan bizga ma'lum, ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan, umumbashariy tafakkur rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk allomalarimizning me'roslariga sodiq farzandlarimiz kelgusida o'zlarining bilim va yangicha g'oyalari asosida ko'zlagan maqsadlarimiz sari bormoqda.
Davlatimiz rahbarining “Yurtimizda yangi xorazmiylar, farg'oniylar, beruniylar, ibn sinolar, mirzo ulug'beklar, navoiylarni tarbiyalab etkazish – nafaqat vazifamiz, balki tarix va kelajak oldidagi muqaddas burchimizdir” degan so'zlari barchamizning oldimizga qo'ygan maqsadimiz bo'lib qoladi.
Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni ortib borgani, xorijiy oliy ta'lim muassasasining filiallari ochilgani va qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o'sishga erishilgani, hech shubhasiz, yoshlarimiz, butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim, kasb-hunarlarga yanada yaqinlashtirish yo'lidagi harakatlarimiz natijasidir.
Keyingi besh yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo'lish imkoniyati yaratildi. Bu umumiy qamrov 28 foizga etdi, deganidir.
Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko'paytirilgani, o'tgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga ko'tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta'minlashga qaratilgan e'tiborning amaldagi namunasidir.
Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta'lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg'un va mutanosib rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g'oya asosida maktab ta'limi tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko'payib bormoqda.
Ayniqsa, navqiron o'g'il-qizlarimizning tadbirkorlik sohasidagi g'oya va tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, ularni ish va daromad manbai bilan ta'minlashga davlat miqyosida katta ahamiyat berilganligi har bir yoshni kelajakka ishonch bilan dadil qadamlar tashlashga undamoqda.
“Bilasizmi, dunyodagi davlatlar, xalqlarning rivojlanish darajasini ko'rsatadigan mezonlar, parametrlar ko'p. Lekin men uchun shu boradagi eng muhim mezon — bu yoshlarimizning baxti, kamolidir,” dedi prezidentimiz.
Bu bildirilgan ishonch, yaratilgan sharoit va qaratilgan e'tiborni mas'uliyat bilan anglagan har bir yosh, albatta, ularning ijrosi uchun ham labbay deb javob bera oladi. Chunki bu yurtning ajdodi buyuk, avlodida esa mana shu buyuklik qoni oqmoqda.
Oxirgi yillarda biz tom ma'noda o'zgarishlar, yangilanishlar epkinida yashayapmiz. Yangi O'zbekistonning bir bo'lagi sifatida dunyo e'tirof etayotgan islohotlarga nafaqat shohid bo'lyapmiz, balki barchamiz uzoq yillar kutgan, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan katta qadamlarni birgalikda tashlayapmiz.
Shu ma'noda, “Yangi O'zbekiston” gazetasining 17-avgust sonida “Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhasi ostida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bosh muharrir Salim Doniyorov bilan suhbati ana shunday o'zgarishlarning yana bir yorqin ifodasi bo'ldi, desak mubolag'a emas. Men ham ko'plar qatori davlatimiz rahbarining savollarga bergan javoblarini juda katta qiziqish bilan o'qidim. Suhbatda qayd etilgan dolzarb masalalar bilan tanishib chiqdim.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, keyingi 30 yilda O'zbekiston aholisi 15 million nafarga ko'paydi. Bu o'rtacha bir mamlakat aholisi, demakdir. Qolaversa, vaqt o'tishi, hayot o'zgarishi bilan odamlarning iste'mol talabi va ehtiyojlari muttasil ortib bormoqda. Yerimiz, suvimiz esa ko'paymasligi tabiiy, albatta. Bunday resurslar nafaqat bizda, butun dunyoda cheklangan. Binobarin, biz endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz shart. Prezidentimiz bu masalani ta'kidlabgina qolmay, ularni echish mexanizmlarini shu kunga qadar qadamma-qadam echimi bilan ko'rsatib kelmoqdalar. Bularning barchasi esa odamlarning hayot darajasini yuksaltirishga qaratilganiga shak-shubha yo'q.
Xalqimiz turmush tarzi haqida gap borganida, so'nggi yillardagi imkoniyatlar, o'zgarishlarni tilga olmaslikning iloji yo'q. Prezidentimiz tashabbusi va talabi bilan odamlarni rozi qilishga qaratilgan ishlar har bir mahalla, xonadonlarga kirib bordi. Hech bir inson e'tibordan chetda qolmadi. Kam ta'minlangan oilalar uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” singari samarali tizimlar joriy etildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu tamoyil asosida barcha idora-tashkilotlar fuqarolarning dardiga quloq tutidigan, ularni tinglaydigan bo'ldi. Mamlakat iqtisodiyotidagi o'sish ko'rsatkichlari odamlar turmush sharoitida o'z aksini topa boshladi. Suhbatni o'qir ekanman, ana shunday eng muhim, dolzarb masalalar borasidagi tahlillar menda juda katta taassurot qoldirdi.
Biz islohotlarni shahdam amalga oshirayotgan bir davrda koronavirus pandemiyasi dunyo xalqlari qatori yurtimiz uchun ham og'ir kelgani rost. Ana shunday dolzarb sharoitda davlatimiz rahbarining xalqimiz sog'lig'ini asrash va hayotini muhofaza qilishga qaratilgan siyosati sababli, koronavirus infektsiyasini yuqtirish holatlari va o'lim ko'rsatkichlarining soni oshib ketishiga yo'l qo'yilmadi. Barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni ko'paytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga o'tkazish, respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o'rtasida telemeditsina xizmatini yo'lga qo'yib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishining o'zi halqimiz sarson-sargardonligining oldini oldi.
Tibbiyotning birlamchi bo'g'inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish choralari ko'rildi. Birlamchi bo'g'inda umumiy amaliyot shifokori shtat birligi o'rniga oilaviy shifokor va unga yordamchi sifatida 5 nafar o'rta tibbiyot hodimidan iborat “tibbiy brigadalar” tashkil etilishi shifokor ishini engillatibgina qolmay, uzoq chekka xudud aholisini ham tibbiy xizmatlardan bahramandligini oshirdi.
Albatta, sohalarni isloh qilish jarayonida muammolar ham ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda xususiy tibbiy klinikalar ochishga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, joylarda gemodializ, tibbiy diagnostika va reabilitatsiya xizmatlari bo'yicha shifoxonalar etishmayapti. Prezidentimiz ana shu jihatlarga ham alohida e'tibor qaratgani holda, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko'paytirish, 170 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasini komp`yuter tomograflari bilan ta'minlash, ulardan foydalanish bo'yicha xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlandi.
Tibbiyotdagi yana bir murakkab muammo — yuqori malakali kadrlar yetishmasligidir. SHu bois yangi o'quv yilidan boshlab klinik ordinaturaning qabul kvotasi ikki barobar oshirilishi, viloyat hokimliklari o'z hududi uchun zarur bo'lgan ana shunday mutaxassis shifokorlarni tayyorlashga mahalliy byudjetdan grantlar ajratilishi moliyaviy muammo tufayli o'qiy olmagan bakalavr vrachlarimizning orzusi edi.
Sog'liqni saqlash sohasida korruptsiya holatlari kuzatilgani, albatta, achinarli holat. Xalqimiz boshiga ko'rinmas yov hujum qilib turgan bir vaqtda ayrim insonlarning boylik yig'ish, daromad orttirishga ruju qo'yishi insoniylikka zid amal. O'tgan yilning o'zida tizimda 30 milliard so'mdan ortiq mablag'ni talon-taroj qilish holatlari aniqlangani va aybdorlar qonuniy jazoga tortilgani, shuning uchun bu sohada ta'sirchan nazorat tizimini o'rnatishga, avvalo, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga jiddiy ahamiyat berilayotgani Prezidentimiz bilan muloqotda ham ta'kidlandi.
Bugun salomatlikni asrash barchamiz uchun eng muhim masalalardan biriga aylangan. Shu jihatdan, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, odamlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ'ib etish nafaqat tibbiyot sohasi, balki butun jamiyatimiz oldidagi dolzarb vazifadir. Har bir inson o'z sog'ligi haqida, avvalo, o'zi o'ylashi, g'amxo'rlik qilishi kerak. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi yer yuzi, jumladan, yurtimizda ham tarqalishda davom etayotgan hozirgi paytda buning ahamiyati yuqori. SHuning uchun mamlakatimizda tegishli tibbiyot markazlari, dori-darmon va himoya vositalarining etarli zaxirasi shakllantirildi.
Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida, kuyunchaklik bilan to'xtalar ekan, koronavirus hali ham yonimizda, biz bilan birga yashayotgani, shu bois, beparvolikka, loqaydlikka berilishga aslo haqqimiz yo'q ekanini ta'kidladi.
Yurtboshimiz yana bir bor xalqimizni o'z sog'lig'iga ma'suliyat bilan qarashga, xavfli kasallikka qarshi emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirdilarki, bu albatta, har bir inson hayotiga, oilasiga befarq bo'lmasligi kerakligiga qaratilgan da'vatdir.
Sayyohlar O‘zbekiston haqida nima deydi?
O‘zbekistonning turli mamlakat sayyohlari orasida mashhur ekanligi sir emas. Yilning to‘rt mavsumida ham tarixiy shaharlarimiz va yodgorliklarimiz atrofida girdikapalak bo‘layotgan chet ellik sayyohlarni kuzatishimiz mumkin. Xo‘sh, ular yurtimiz haqida qanday fikrda? Keling, mashhur sayyohlik blogi – virtualtourist.com’da O‘zbekiston haqida yozib qoldirilgan ba’zi qaydlarga murojaat qilamiz.
Joao Leytao (Portugaliya)
O‘zbekiston – Buyuk Ipak yo‘li mo‘jizasidir. Tarixiy manzillar bo‘yicha O‘rta Osiyodagi shubhasiz eng boy mamlakatdir. Uning janubida joylashgan tarixiy shaharlar dunyoga mashhur, lekin shimolda – Farg‘ona vodiysida ham tadqiq qilish va ko‘rish mumkin bo‘lgan qiziqarli joylar – kichik ko‘llar, tog‘lar bor. Toshkentning ochiq meva rastalari, Buxoroning gilam bozorlari, Samarqandning Registon maydoni menda ayniqsa chuqur taassurot qoldirdi. O'ZBEKISTHerman (Fransiya)
Yosh davlat bo‘lsa-da, o‘ta qadimiy tarixga ega. U yerda eng qadimiy shaharlarni ziyorat qilib, o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘lasiz. Odamlari ajoyib. Yozda ancha issiq bo‘lishiga qaramay, jazirama ham sayohat zavqining bir qismidir. Ayniqsa, “yashil hudud” bo‘lgan Samarqand menga yaniqsa manzur bo‘ldi. Biroq ba’zi me’moriy yodgorliklarning “plastik jarrohlik amaliyoti”dan o‘tganligi biroz g‘alati tuyuldi.
ON RSara (Birlashgan Qirollik)
O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li shaharlarida o‘tmish va hozirgi zamon kesishadi. Buxoroning qadimiy gumbazlari, Xivaning quyoshda pishgan madrasalari, Samarqanddagi Registon Maydonini cho‘lg‘agan rang-baranglik sizni beixtiyor o‘tmishga chorlaydi. Toshkent – 1966-yilgi zilziladan so‘ng butunlay qayta tiklanib, zamonaviy ko‘rinish olgan shahar. Xiva esa shahardan ko‘ra ko‘proq ochiq muzeyga o‘xshaydi. Buxoro esa kechagi kunning doimo biz bilan qolishini eslatib turadi.
ESPUBLIKASBo Nobo (Niderlandiya)
O‘zbekistonning ajoyib va yaxshi saqlangan islom me’morchiligi hamda mehmondo‘st odamlari menda katta taassurot qoldirdi. Kishilarning mehmonjonlik xususiyatini ilk bora Shokir va uning rafiqasi Mavluda meni o‘z qishloqlariga taklif qilganida sezdim. Ularnikida naq besh kun mehmon bo‘lib, ajoyib bir to‘y marosimiga ham guvoh bo‘ldim. O‘zbekiston mevalari, ayniqsa, tarvuz va uzumiga gap yo‘q!
I MILLIY GVARO‘zbek sayyohligi raqamlarda
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2005-yilda O‘zbekistonga 117 mamlakatdan 240 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.
2008-yil 7-maydan 7-avgustgacha o‘tkazilgan Statistik Internet so‘rovida ishtirok etganlarning 39 foizi mamlakatimizni tarixiy va me’moriy yodgorliklari uchun ziyorat qilishini aytgan. Yana bir guruh (24%) O‘zbekistonga madaniyat, an’analar va hayot tarzi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishini ta’kidlagan.
2004-yil Samarqandda Butunjahon sayyohlik tashkiloti ofisi ochildi. Ushbu muassasa Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar milliy sayyohlik tashkilotlari va bunday xalqaro tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |