Anotatsiya: Mening nazdimda Vatan- ko’zi muhabbatga to’la suyukli, mehr quyoshi, nur sochguvchi nurafshon, chechaklarga to’la guliston va,albatta, O’zbekistondir! Kalit so’zlar



Download 67,61 Kb.
bet10/13
Sana22.01.2022
Hajmi67,61 Kb.
#399903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Insho 2022

Xayrullo GAPPAROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikeri o'rinbosari

 

Islohotlar xalqchil, natijalar samarador

Yana sanoqli kunlardan so'ng biz eng ulug', eng aziz bayramimiz — Vatanimiz istiqlolining o'ttiz yilligini nishonlaymiz. Ta'bir joiz bo'lsa, biz Mustaqillik atalmish ulug' inshootimizga uch o'n yillik masofadan turib qaraymiz, xolisona baho beramiz, yutuqlaridan g'ururlanamiz, faxrlanamiz. Prezidentimiz “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatida O'zbekiston xalqining mustaqillikka erishgan  dastlabki davrlarga nazar tashlab, oson bo'lmaganligini, xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan ulkan marralar zabt etilganligi, tarixan  qisqa  muddatda  O'zbekiston konstitutsiyaviy davlat bo'lib  barpo etilanganligi va unda uchta mustaqil tarmoq-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topganligini alohida e'tirof etdi.

Tan olaylik, istiqlol yillari, ayniqsa, shiddatli, baland sur'atli islohotlar bilan kechgan keyingi besh yil mobaynida mamlakatimiz chindan-da demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylandi. “YAngi O'zbekiston” degan tushuncha hayotiy voqelikka aylandi.

Ushbu suhbatni mutolaa qilarkanman, ko'nglimda o'zim yashab turgan Vatan uchun iftixor hislari jo'sh urdi. Zero, shu yurt — hammamizniki. Uning yutuqlari, muvaffaqiyatlari, olamshumul zafarlari — har birimizni va barchamizniki!

Albatta “Yangi O'zbekiston” g'oyasi o'z-o'zidan, yo'q joyda paydo bo'lib qolmadi. Bu g'oya tarixiy zarurat, ehtiyoj hosilasi bo'ldi. Prezidentimiz so'zlari bilan aytganimizda, “Yangi O'zbekistonni barpo etish — bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir”.

Shubhasiz, biz mana shunday yangi makon, yangi zamon bunyodkorlari safida bo'layotganimizdan mamnunmiz.

Eng muhimi, bu mas'uliyatli jarayonda maqsad va unga eltar yo'llar aniq belgilab olinib, mamlakat miqyosida ulkan islohotlar amalga oshirildi. O'zgarishlarning barchasi adolat va yana adolat tamoyiliga qat'iy amal qilingan holda, hayotga tatbiq etildi. Islohotlarning ortga qaytmasligiga qat'iy ishonch paydo bo'ldi. Xalqning bunday ishonchi esa har sohada mo''jizalar yaratishga qodir.

Barcha ijobiy o'zgarishlar avvalo odamlar turmush tarzida, kundalik hayotida yuz ko'rsatadi. O'zingiz bir tasavvur etib ko'ring,  bundan olti-etti yil muqaddam  majburiy mehnat, paxta va g'allaga davlat buyurtmasini belgilash kabi eski tartiblardan mutlaqo voz kechishni tasavvur etib bo'larmidi? Yoki elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali bemalol naqd pulga aylantirish, xorijiy valyutalarni banklardan istagancha sotib olish, fuqarolikka ega bo'lish, O'zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro'yxatga qo'yishni-chi? Tasavvur etib ham bo'lmasdi. Ammo bugun ular amaldagi voqelikka aylandi, vaholanki, Yurtboshimiz so'zlari bilan aytganimizda “bu bilan osmon uzilib, erga tushgani yo'q. Aksincha, byurokratiya, vazifani suiiste'mol qilish, tamagirlik ko'rinishlari kamayib, jamiyatimiz hayoti erkinlashdi, odamlar engil nafas ola boshladi”.

Hayot erkinlashdi, odamlar engil nafas ola boshladi... SHu emasmi el manfaati yo'lida amalga oshirilgan islohotlarning asl mohiyat-mazmuni...

etirof etamiz, biz yaxshi yashay boshladik. Tabiiyki, shunga mutanosib ravishda iste'mol talabimiz va ehtiyojlarimiz ham muttasil ortib boradi. Yerimiz, suvimiz singari resurslarimiz esa o'z-o'zidan ko'payib qolmaydi. Nima qilish lozim? Prezidentimiz o'z interv`yusida zamonaviy tamaddunning eng muhim, eng ustuvor jihatini qayd etadi: “ Binobarin, biz endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz shart”.

Chindan ham, bilim va tajriba, tinimsiz o'qib-o'rganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, islohotlarni samarali olib borish evaziga YAngi O'zbekistonni jahon maydonida yanada kuchli salohiyat, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lgan, har tomonlama obod va farovon  mamlakatga aylantira olamiz.

Shuningdek, Prezidentimiz mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichida eng ustivor 6 ta vazifaga to'xtaldi. Shular ichida beshinchi ustvor vazifa sifatida “pandemiya davrida xalqimiznig sog'lig'i va hayotini asrash biz uchun eng muhim vazifa bo'lib qolmoqda” deb ta'kidlab, aynan shu maqsadda 2021-yil uchun davlat byudjetidan 3 trillion so'm zaxira shakllantirilganligi va ushbu mablag' hisobidan bugungi kunda tibbiyot sohasida juda ko'plab zarur chora tadbirlar amalga oshirilayotganligi atab o'tildi. Shuning bilan birga tibbiyot sohasida mavjud muammolar va ularning echimi bo'yicha o'z fikr mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo'g'inini kuchaytirish, sohani kadrlar bilan ta'minlash masalasi ham asosiy vazifalardan biri ekanligiga to'xtalib o'tildi. Ayniqsa, joylarda etishmayotgan gemodializ, tibbiy diagnostika va reablitatsiya xizmatlari bo'yicha shifoxonalar yetishmayotganligi sabab davlat-xususiy sherikchiligini amaliyotga keng joriy etish masalalari o'ta dolzarbdir.

Bir so'z bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur interv`yusiz barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi dasturiamal rejalarning kontseptual asoslari deya baxolashimiz mumkin. Bizning zimmamizga yuklangan ulug'vor tarixiy vazifa esa — Yangi O'zbekiston bunyodkorlari qatorida bo'lish mas'uliyati va sharafini aslo unutmasdan mehnat qilamiz.



 Zuxra IBRAGIMOVA,


Download 67,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish