Termiz aktinometrik stansiyasi. 3.1-rasmda Termiz aktinometrik stansiyasida perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining yillararo o‘zgarish grafigi keltirib o‘tilgan.
3.1-rasm. Termiz aktinometrik stansiyasida kuzatilgan
perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining
yillararo o‘zgarish grafigi
3.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, Termiz aktinometrik stansiyasida 1961 yildan 1979 yillar oraliqda sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan bo‘lsa, 1980 yildan 1983 yilgacha perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyaning keskin kamayishi qayd etilgan. 1984 yildan 1995 yilgacha to‘g‘ri quyosh radiatsiya ortib borib, keyingi yillarda perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyaning kamayishi qayd etilgan. Umuman, perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya 1961 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kichik miqdorga kamayishi kuzatilgan.
Ma’lumki, Butunjahon meteorologiya tashkiloti (BJMT) tomonidan 1961-1990 yillarni bazaviy iqlimiy davr, deb belgilangan. Shu nuqtai nazardan Termiz aktinometrik stansiyasida perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi bazaviy hamda joriy iqlimiy davrlardagi o‘zgarishlari tahlil qilindi (3.2-rasm). 3.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki bazaviy iqlimiy davrda (1961-1990 yy.) perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdori keskin kamaygan bo‘lsa, joriy iqlimiy davrning (1991-2015 yy.) dastlabki besh yil hisobiga perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining biroz kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
3.2-rasm. Bazaviy va joriy iqlimiy davrda Termiz aktinometrik stansiyasida kuzatilgan perpendikulyar yuzaga tushgan
to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining o‘zgarish grafigi
Farg‘ona aktinometrik stansiyasi. 3.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona aktinometrik stansiyasida 1961 yildan 1979 yillar oraliqda perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyaning keskin kamayishi, 1980 yildan 2006 yilgacha to‘g‘ri quyosh radiatsiya ortishi, keyingi yillarda perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyaning kamayishi qayd etilgan. 1961 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya ortishi kuzatilgan.
3.3-rasm. Farg‘ona aktinometrik stansiyasida kuzatilgan perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining yillararo o‘zgarish grafigi
Farg‘ona aktinometrik stansiyasida perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi bazaviy hamda joriy iqlimiy davrlardagi o‘zgarishlari 3.4-rasmda keltirilgan.
3.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bazaviy iqlimiy davrda perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdori keskin kamaygan bo‘lsa, joriy iqlimiy davrda perpendikulyar yuzaga tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining biroz ortganligini ko‘rishimiz mumkin.
3.4-rasm. Bazaviy va joriy iqlimiy davrda Termiz aktinometrik stansiyasida kuzatilgan perpendikulyar yuzaga tushgan
to‘g‘ri quyosh radiatsiya miqdorining o‘zgarish grafigi
Do'stlaringiz bilan baham: |