Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Ravish deb nimaga aytiladi?
2. Ravishlar ma’noga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
3. Payt ravishi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
4. O‘rin ravishi haqida gapiring.
5. Atayin, ataylab, jo‘rttaga, qasddan so‘zlari ravishning qaysi turiga
mansub?
6. Sabab ravishi haqida gapiring.
7. Holat ravishi qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi?
8. Daraja - miqdor ravishi haqida gapiring.
Test
1. Ravish qatnashgan gapni aniqlang.
A) Bu voqea hech qachon yodimdan ko‘tarilmaydi;
B) Nur sochib oy chiqadi, yerga boqqani;
C) Allaqaerda bo‘rilar uvillashi eshitiladi;
D) Sobirjon vazifani vijdonan bajardi.
2. Qaysi so‘z turkumi ish-harakat va holatning belgisini
darajalab ko‘rsata oladi?
A) ot;
B) sifat;
C) ravish;
D) olmosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |