Anorgul atajonova



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

RAVISHDOSH 
 
131-mashq.  Matnni  o‘qing.  Ravishdoshlarni  topib,  gapdagi 
vazifasini  ayting.  Sumalak  taomining  yuzaga  kelish  tarixi  haqida  yana 
qanday rivoyatlarni bilasiz?  
  
Sumalak – ko‘klam mo‘jizasi 
 
Qadim zamonlarda bir kambag‘al ayol yashagan ekan. Uning Hasan-
Husan degan o‘g‘illari ham bo‘lib, ular hali juda ham yosh ekan. Ayolning 
topgan-tutgani  qishligiga  zo‘rg‘a  yetib,  bir  amallab  ko‘klamga  chiqib 
olibdilar.  Uylarida  yegulik  hech  narsalari  qolmabdi.  Ikki  norasidaning 
qorni  ochib,  non  so‘rab  zor-zor  yig‘lashlarini  ko‘rib,  onaizor  chidab 
turolmabdi. Ona bechora nima qilarini bilmay, o‘choq boshiga boribdi-da: 
– Bolalarim, birpasgina o‘ynab o‘tiringlar, men hozir sizlarga ovqat 
pishirib  beraman,  –  deb  qozonga  suv  solib,  tagiga  o‘t  qalabdi.  So‘ngra 
dalaga chiqib, o‘tgan yilgi bug‘doypoyadan bug‘doy tomirlarini, endigina 
nish ura boshlagan har xil o‘t-o‘lanlardan terib kelib, yaxshilab yuvibdi-da, 
qozonga  solibdi.  Suprasini  qoqishtirgan  ekan,  bir-ikki  kaft  un-urvoq 
chiqibdi, unni ham qozonga tashlab qaynataveribdi. Kovlayotganda ovozi 
chiqib, bilinib tursin uchun besh-oltita toshchalarni yuvib qozonga solibdi-
da, cho‘mich bilan aylantiraveribdi. Har aylantirganda toshchalar sharaqlab 
ovoz  chiqarar,  buni  eshitgan  Hasan  bilan  Husan  "onamiz  bizga  ovqat 
pishiryaptilar",  –  deb  suyunishib,  o‘ynay  boshlashibdi.  Tun  yarmidan 
oqqanda  bolalar  o‘ynay-o‘ynay  charchab,  oxiri  uxlab  qolibdilar.  Ona 
bo‘lsa,  qozonni  kovlashdan  to‘xtamay,  ko‘z  yoshi  shashqator  bo‘lib, 
tangriga iltijo qilibdi: 
–  "Ey  xudo.  Shu  pishirayotgan  ovqatimga  nazar  tashla.  Ikki 
norasidaning rizqini o‘zing etkaz, shirinligingni ato qilgin. Biz g‘ariblardan 
marhamatingni darig‘ tutma".  
Tongga yaqin ona ham kovlashdan charchab, qozonning qopqog‘ini 
yaxshilab  yopib,  dimlabdi-da,  bolalarining  yoniga  yonboshlab  uyquga 
ketibdi.  Ertalab  bolalarining  shovqinidan  uyg‘onib  qolib  qarasa,  Hasan-
Husanlari  qozonga  qo‘lchalarini  tiqib,  nimanidir  yalashayotganmish. 
Mo‘jiza  ro‘y  berganidan  ko‘zlariga  ishonmagan  onaizorning  o‘zi  ham 
jimjilogi bilan qozondagi taomdan yalab ko‘rsa, shirin narsa ekan. Shunda 
bolalari: 
– Ona, bu ovqatingizning nomi nima? – deb so‘rashibdi. Ona qozon 
to‘la qizg‘ish shirinlikni bolalari tez-tez yalayotganlariga qarab turib: 
–  Bolalarim,  bu  maloyikalarning  karomati  bilan  pishdi.  Uning  oti 
simalak, – debdi. 


 
141
Bu  so‘z  keyinchalik  "sumalak"  bo‘lib  o‘zgarib  ketgan  ekan.  Hatto 
hozir ham keksa onaxonlarimiz va piru badavlat otaxonlar sumalakni tatib 
ko‘rishdan  oldin  "qani,  Hasan-Husanlarning  taomidan  yalaylik",  –  deb 
avval  jimjiloqlari  bilan  yalashadi.  Sumalak  pishirish  udumi  ana  shundan 
kelib chiqqan ekan. 
("Navro‘z" to‘plamidan) 
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish