Aniq nisbatdagi fe’llar harakatning ma’lum shaxs yoki predmet
tomonidan bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo‘shimchalari
bo‘lmaydi: o‘qidi, boryapti, uxlamoqchi.
Demak, aniq nisbatdagi fe’llarda zamon va shaxs-son
qo‘shimchalaridan boshqa qo‘shimcha, ya’ni fe’l nisbatlarini ko‘rsatuvchi
qo‘shimcha bo‘lmaydi: 1. Qor yog‘a boshladi. 2. Ukam bog‘chaga
bormoqchi emas. 3. She’rni baland ovozda o‘qidi.
O‘zlik nisbatidagi fe’llar ish-harakatning boshqa narsa-buyumga
o‘tmay, bajaruvchining o‘zida qolganini anglatadi.
O‘zlik nisbati fe’l o‘zagiga -n (-in), -l (il) qo‘shimchasini qo‘shish
bilan hosil bo‘ladi: tarandi, sevindi, sudraldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |