Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Qanday so‘zlar bir ma’noli so‘zlar deyiladi?
2. Ko‘p ma’noli so‘zlar deganda nimani tushunasiz?
3. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar bir-biridan qaysi jihatdan
farqlanadi?
4. Ko‘p ma’noli so‘zlar qanday ma’nolarni anglatadi?
5. Qanday so‘zlar faqat bir ma’noni bildiradi?
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar haqida boshqa kitoblarda
berilgan ma’lumotni o‘qing, nazariy ma’lumotni daftaringizga ko‘chirib
yozing.
2. 8 ta turli xil ma’noni bildiruvchi so‘z tanlang, ular ishtirokida gap
tuzing hamda ma’nolarini aniqlang.
3. Ikki-uch so‘z misolida omonim va ko‘p ma’noli so‘zlarning o‘zaro
farqini oydinlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |