Bilib oling! Antonimlar – bir-biriga zid ma’no bildiruvchi so‘zlar.
Zid ma’noli so‘zlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Luпg‘aviy zid ma’noli so‘zlar. Bu turdagi antonimlar so‘zlar
doirasida bo‘ladi: oq-qora, baland-past kabilar. Ular bir xil so‘z
turkumlariga oid bo‘ladi: novcha - pakana, saxiy - baxil, bo‘shang – olg‘ir
(sifat), yaxshilik - yomonlik (ot), tez - sekin (ravish), keldi - ketdi (fe’l).
2. Kontekstual (shartli) zid ma’noli so‘zlar. Bu turdagi zid ma’noli
so‘zlar nutqdan tashqari hech qanday zid ma’no anglatmay, faqat matnning
o‘zida antonimlik hosil qiladi. Masalan: O‘tga ham, suvga ham o‘zini
uradi. Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.
Bu matndagi o‘t - suv, achitib - kuldirib so‘zlari faqat matnda zid
ma’noli so‘zlardir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida antonim so‘zi o‘rnida "zid ma’noli
Do'stlaringiz bilan baham: |