Anorgul atajonova


Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq 
 
1.  "O‘zbek  tili  sinonimlarining  qisqacha  lug‘ati"dan  mazali,  uyat 
so‘zlarning ma’nodoshlarini toping va o‘sha so‘zlar tafsilotini yozing. 
2.  "Katta"  so‘zining  ma’nodoshini  eslab,  ular  ishtirokida  gaplar 
tuzing. 
3.  Badiiy  asardan  30-40  so‘zdan  iborat  matn  tanlab,  undagi 
ma’nodosh so‘zlarni ajratib ko‘rsating. 
4. Mavzu yuzasidan 5 ta test tuzing. 
 
 
ZID MA’NOLI SO‘ZLAR 
 
50-mashq.  "Tabiatni  muhofaza  qilish  –  burchimiz"  mavzuida 
yozgan  matnni  o‘qing.  Zid  ma’noli  so‘zlarni  ajratib  ro‘parasida 
ekvivalentini  yozing.  Tabiatga  mehr-muhabbat  va  munosabatingizni 
yoningizda o‘tirgan o‘quvchi bilan birgalikda dialog tarzida izhor eting.  
Tabiat  va  inson  munosabati  –  g‘oyatda  qadimiy  hamda  doimiy 
jarayon. Inson dunyoga kelibdiki, tabiat bag‘rida yashaydi. Odam tabiatdan 
qancha  uzoqlashsa,  ruhan  undan  o‘shancha  yupunlashadi,  yovuzlik 
hislariga ko‘proq mag‘lub bo‘ladi. Tabiat bag‘ri inson uchun ham, hayvon 
uchun ham ochiq. 
Biroq  odam  qavmi  tabiatga  ba’zan  hayvon  ham  qilmaydigan 
yovuzliklarni  ravo  ko‘radi.  Bu  –  razolat.  Bu  Vatan,  xalq,  insoniyatga 
nisbatan  berahmlikdir.  Bular  to‘g‘risida  o‘ylarkansan,  xayol  beixtiyor 
zamonlar  qariga  etaklaydi.  O‘tmish  zamonlarda  odamlar  daraxtlarga 
sig‘inishgan. Bitta daraxtning kasallanishini ayrim qabila yoki elatlar katta 
fojiaday qabul etganlar. Ularning tasavvurida daraxtning shoxini sindirish - 
uning joniga qiynoq solish hisoblangan ... 
Demak,  bizning  qadimgi  ajdodlarimiz  uchun  tabiat  muqaddas 
hisoblangan. Ammo biz-chi? Biz unga qanday munosabatda bo‘layotirmiz? 
Albatta,  bu  savolga  bugungi  avlod  ijobiy  javob  bera  olmaydi.  Aks  holda 
asrlik  voqealarga  guvoh  chinorlarni  biz  mehribon  va  dono  bobolarimizni 
sevganday  suyub,  ularning  sirli  shivirlari  ma’nosini  chuqurroq  anglardik. 


 
44
Kallaklanayotgan  tutlar  oldidan  beparvo  o‘tib  ketavermasdik.  Kuzgi 
bog‘lar  holati  yuraklarni  boshqacha  iztiroblarga  to‘ldirardi.  Quriyotgan 
Orolning  dardini  artish  uchun  so‘z  bilangina  kurashmasdik.  Loqaydlik  – 
ma’naviy ko‘rlik ekanini teranroq tushunardik. 
"Tabiat  bilan  til  top,  shunda  hech  vaqt  kambag‘allashmaysan.  Seni 
odamlarning fikr-mulohazalari emas, tabiat badavlat qiladi", – deydi yunon 
faylasuflaridan biri. Chindan ham, tabiatga yaqinlik kishini ham jismonan, 
ham  ruhan  go‘zallashtiradi,  boyitadi.  Axir,  dili  tabiatga  bog‘lanmaganlar 
bag‘ri  tosh  kimsalar  emasmi?!  Hissiz  qalblarga  go‘zallik  ruhi  qanday 
singishi  mumkin?!  Bahorning  ko‘tarinki  ohanglari,  kuzning  hazin  va 
yupatuvchi  musiqasiga  loqayd  ko‘ngillarda  quvonch  va  dard  fayzi  nima 
qilinsin?! 
Tabiat – bizning uyimiz. Daraxtlar – birodarlarimiz. Biri – og‘a. Biri 
–  do‘st.  Uyi  vayron  bo‘lgan,  birodarlari  o‘lgan  kimsa  –  g‘arib,  notavon 
gado.  Uninng  kelajagi  yo‘q.  Uning  ertasi  tumanli,  xatarli.  O‘z  maskani 
haqida  qayg‘urish  –  ertangi  kundan  umidvor  har  bir  kishining  burchi. 
Demak,  bizning  burchimiz.  Ana  shu  buyuk  tuyg‘usi  butun  insoniyat 
qalbini  bezovta  qilib  turmog‘i  lozim.  Hayot,  tiriklik  manbai  bo‘lgan 
tabiatga nisbatan loqaydlik – jinoyat. Ana shunday jinoyatning oldini olish 
uchun  kurashish  esa  kelajakning  bezavolligi,  barkamolligiga  kafolatdir 
(N.Afoqovaning "Insho yozishni o‘rganing" kitobidan).  
  

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish